2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati (arabcha: 2022 كأس العالم لكرة القدم, inglizcha: 2022 FIFA World Cup) 2022-yilda Qatar maydonlarida oʻtkaziladigan Futbol boʻyicha jahon chempionati tartib boʻyichi 22-turnir hisoblanadi. Ushbu musobaqa 2022-yilning 20-noyabridan 18-dekabriga qadar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bu arab dunyosida oʻtkaziladigan birinchi jahon chempionati hisoblanadi[2]. Bundan tashqari 2002-yilda Janubiy Koreya va Yaponiyada oʻtkazilgan turnirdan keyin Osiyoda oʻtkazilgan ikkinchi Jahon chempionati boʻladi. Ushbu turnir 32 ta jamoa ishtirokidagi oxirgi jahon chempionati boʻlib, 2026-yilda AQSh, Meksika va Kanadada oʻtkaziladigan 23- turnirda ishtirokchilar soni 48 taga koʻpayishi rejalashtirilgan. Qatarda yoz jazirama issiq boʻlganligi sababli, bu jahon chempionati noyabr oyining oxiridan dekabr oyining oʻrtalariga qadar oʻtkaziladi, bu esa may, iyun yoki iyul oylarida oʻtkazilmaydigan birinchi turnir hisoblanadi[3]. Turnirdagi dastlabki oʻyin Al-Xordagi Al Bayt stadionida Qatar va Ekvador terma jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtadi. Final oʻyini 2022-yilning 18-dekabrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Jahon chempionatining amaldagi chempioni Fransiya terma jamoasi[4].
كأس العالم لكرة القدم 2022 Kaʾs al-ʿālam li-kurat al-qadam 2022 | |
---|---|
الآن هو كل شيء Al-ʾāna huwa kullu šayʾ "Now Is All" "Hozir hammasi" (Endi boʻldi)[1] | |
Umumiy maʼlumotlar | |
Mezbon davlat | Qatar |
Sana | 20-noyabr – 18-dekabr |
Jamoalar | 32 (5 ta konfederatsiyadan) |
Bellashuv joylari | 8 (5 ta shaharda) |
Yakuniy natijalar | |
Chempionlar | Argentina |
2-oʻrin | Fransiya |
3-oʻrin | Xorvatiya |
4-oʻrin | Marokash |
Statistika | |
Oʻyinlar soni | 59 |
Gollar soni | 155 (har oʻyinda oʻrtacha 2.63 ta) |
Muxlislar soni | 2 868 668 (har oʻyinda oʻrtacha 48 621 ta) |
Toʻpurar(lar) | Kylian Mbappé (8 ta gol) |
← 2018 2026 → |
2011-yilning may oyida FIFAda faoliyat yuritadigan mansabdor shaxslarida Qatar qanday qilib jahon chempionatini oʻtkazish huquqini qoʻlga kiritgani bilan bogʻliq savollar paydo boʻlgan. FIFAning ichki tekshiruvi jahon chempionatini oʻtkazish huquqi Qatar davlatiga berilishida xech qanday korrupsion holat aniqlanmaganini eʼlon qilgan[5]. 2015-yilning 27-mayida Shveysariya federal prokurorlari 2018 va 2022-yilgi jahon chempionatlarini oʻtkazish uchun arizalar bilan bogʻliq korrupsion holatlari boʻyicha tergov boshlagan[6][7]. 2018-yil 6-avgust kuni FIFAning sobiq prezidenti Zepp Blatter Qatar „qora amaliyot“ qoʻllaganini daʼvo qilib, taklif qoʻmitasi mezbonlik huquqini qoʻlga kiritish uchun aldaganini taxmin qildi.[8]
Bundan tashqari, Qatar Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrishda ishtirok etgan chet ellik ishchilarga nisbatan munosabati tufayli qattiq tanqidga uchradi[9][10]. The Guardian gazetasi tomonidan olib borilgan tergovga koʻra, koʻplab ishchilarga oziq-ovqat va suv berilmagan, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar olib qoʻyilgan va ularga oʻz vaqtida yoki umuman ish haqi berilmagan[11].
Mezbonni tanlash
2018 va 2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatlarini oʻtkazish boʻyicha tender jarayoni 2009-yil yanvar oyida boshlangan va milliy futbol assotsiatsiyalari 2009-yil 2-fevralgacha oʻz takliflarini kiritishlari kerak edi[12]. Dastlab, 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun oʻn bitta taklif qabul qilingan, biroq Meksika keyinchalik oʻz taklifidan voz kechgan[13][14]. Indoneziya futbol assotsiatsiyasi xavfsizlik boʻyicha kafolat xatini taqdim eta olmaganidan keyin 2010-yil fevral oyida Indoneziyaning taklifi FIFA tomonidan rad etilgan[15]. Tender jarayonida UEFAga aʼzo boʻlmagan barcha davlatlar 2018-yilgi takliflarini qaytarib olishgan va shu tariqa UEFAga aʼzo boʻlgan davlatlardan biri 2018-yilgi turnirni oʻtkazishi kafolatlandi. Shu tariqa UEFA davlatlari 2022-yilgi tenderda qatnashish huquqidan mahrum boʻlishgan.
Yakunda 2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati uchun beshta taklif qolgan: Avstraliya, Yaponiya, Qatar, Janubiy Koreya va AQSh. Yigirma ikki aʼzodan iborat FIFA Ijroiya qoʻmitasi 2010-yil 2-dekabr kuni Syurixda har ikkala turnir mezbonlarini tanlash uchun yigʻilishgan[16]. Ovoz berishdan oldin FIFA ijroiya qoʻmitasining ikki aʼzosi oʻz ovozlari bilan bogʻliq korruptsiya ayblovlari tufayli ishdan chetlatilgan[17].
Ovoz berish natijalari quyidagicha koʻrinish olgan[18]
Strana | Birinchi bosqich | Ikkinchi bosqich | Uchinchi bosqich | Toʻrtinchi bosqich |
---|---|---|---|---|
Qatar | 11 | 10 | 11 | 14 |
AQSh | 3 | 5 | 6 | 8 |
Koreya Respublikasi | 4 | 5 | 5 | Rad etildi |
Yaponiya | 3 | 2 | Rad etildi | |
Avstraliya | 1 | Rad etildi |
FIFA ijroiya qoʻmitasi aʼzolari ishtirokidagi ovoz berish jarayonida poraxoʻrlik va korrupsiya holatlari boʻyicha ayblovlar boʻlgan. Ushbu ayblovlar FIFA tomonidan tekshirilmoqda.
Qatar futbol boʻyicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan eng kichik davlat hisoblanadi.
Jamoalar
Saralash
FIFAning oltita qitʼa konfederatsiyasi oʻz saralash musobaqalarini tashkil qilgan. Ayni paytda FIFAga aʼzo barcha assotsiatsiyalar soni 211 ta boʻlgan saralashda ularning barchasi qatnashish huquqiga ega. Qatar mezbon sifatida avtomatik tarzda turnirga yoʻllanma olgan. Biroq OFK Qatarni Osiyo saralash bosqichida ishtirok etishga majbur qilgan, chunki dastlabki ikki tur 2023-yilgi Osiyo Kubogiga saralash vazifasini ham bajarib berishi kerak[19]. Qatar oʻz guruhida gʻolib sifatida final bosqichiga chiqqani uchun uning oʻrniga beshinchi eng yaxshi ikkinchi oʻrinni egallagan Livan terma jamoasi keyingi bosqichga oʻtgan[20]. Jahon chempionatining amaldagi chempioni Fransiya ham odatdagidek toʻgʻridan toʻgʻri musobaqaga yoʻl olgan[21]. Shimoliy Koreya COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyat tufayli saralash bosqichida qatnashmagan.
2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan 32 mamlakatdan 24 tasi 2018-yilgi oldingi turnirda ham ishtirok etishgan. Qatar futbol boʻyicha jahon chempionatida debyut qilgan yagona jamoa boʻlib, 1934-yilda Italiyadan beri turnirda debyut qilgan birinchi mezbonga aylanadi..Gollandiya, Ekvador, Gana, Kamerun va Qoʻshma Shtatlar 2018-yilgi turnirni oʻtkazib yuborishgan 2022-yilgi turnirga esa yoʻllanmani qoʻlga kiritishgan. Kanada 36 yildan keyin mundialga qaytdi, ularning oxirgi jahon chempionatidagi ishtiroklari 1986-yilda boʻlgan[22]. Uels 64 yil ichida birinchi marta jahon chempionatida qatnashadi. Uelsliklarning turnirdagi oxirgi ishtiroki 1958-yilda boʻlgan[23].
Toʻrt karra jahon chempioni va amaldagi Yevropa chempioni Italiya oʻz tarixida birinchi marta ketma-ket ikkinchi jahon chempionatiga chiqa olmadi[24]. Italiyaliklar saralashdan oʻta olmagan yagona sobiq chempion jamoaga aylanishdi. Italiya tarixda 1978-yilda Chexoslovakiya, 1994-yilda Daniya va 2006 yilda Gretsiyadan keyin oldingi Yevropa chempionatida gʻalaba qozonib, Jahon chempionatiga yoʻllanma olmagan toʻrtinchi jamoa boʻldi[25][26]. Oldingi Jahon chempionati mezbonlari Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi sababli musobaqalardan chetlatilgan[27]. Chili, 2015 va 2016-yilgi Amerika kubogi gʻolibi boʻlib ham ketma-ket ikkinchi marta saralashdan keyingi bosqichga oʻta olmadi. JCH-2018 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan Misr, Panama, Kolumbiya, Peru, Islandiya va Shvetsiya ham 2022-yilgi mundialda ishtirok eta olmaydi.
Osiyo (6) CAF (5) |
CONCACAF (4)
CONMEBOL (4) OFC (0)
|
UEFA (13) |
|
Qur’a
Yakuniy qura tashlash marosimi 2022-yil 1-aprelda[28] Doha vaqti bilan 19:00 da[29] anjumanlar markazida boʻlib oʻtgan. Konfederatsiyalararo pley-offning ikki gʻolibi va UEFA pley-off bosqichining A yoʻnalishi gʻolibi qur’a tashlash vaqtida hali aniqlanmagan edi[30].
Qur’a uchun 32 ta jamoa FIFA tomonidan 2022-yil 31-martdagi Jahon reytingi asosida toʻrtta savatga ajratilgan[31]. Birinchi savatda mezbon Qatar (avtomatik ravishda A1 pozitsiyasiga tayinlangan) va eng yaxshi yettita jamoa joylashgan edi. Ikkinchi savatda keyingi eng yaxshi sakkizta jamoa, keyingi savatda eng yaxshi sakkizta jamoa joylashgan. 4-savatda eng past reytingdagi beshta jamoa hamda konfederatsiyalararo pley-offning ikkita gʻolibi va UEFA A yoʻnalishining pley-off gʻolibi joy olgan. Bitta konfederatsiya jamoalari bitta guruhga kiritilmagan, UEFA jamoalaridan tashqari albatta. Qur’a 1-savatdan boshlanib va 4-savat bilan yakunlangan[32][33].
1-savat | 2-savat | 3-savat | 4-savat |
---|---|---|---|
Qatar (mezbon 51) Braziliya (1) Belgiya (2) Fransiya (3) Argentina (4) Angliya (5) Ispaniya (7) Portugaliya (8) |
Meksika (9) Niderlandiya (10) Daniya (11) Germaniya (12) Urugvay (13) Shveysariya (14) Amerika Qoʻshma Shtatlari (15) Xorvatiya (16) |
Senegal (20) Eron (21) Yaponiya (23) Marokash (24) Serbiya (25) Polsha (26) Janubiy Koreya (29) Tunis (35) |
Kamerun (37) Kanada (38) Ekvador (46) Saudiya Arabistoni (49) Gana (60) Uels (18) Avstraliya (42) Kosta-Rika (31) |
Qur’a natijalari
Hakamlar
2022-yil 19-may kuni FIFA turnirda qatnashadigan 36 nafar bosh hakam, 69 nafar yordamchi va 24 nafar videoyordamchi hakamlar roʻyxatini eʼlon qilgan. Argentina, Braziliya, Angliya va Fransiyadan ikki nafardan hakam JCH 2022 faoliyat yuritadi[34][35]. JCH 2022da ayol hakamlar birinchi marta erkaklar oʻrtasidagi yirik turnirdagi oʻyinlarni boshqaradi.
Fransiyalik Stephani Frappart, Ruandalik Salima Mukansanga va Yaponiyalik Yoshimi Yamashita erkaklar oʻrtasidagi jahon chempionatiga tayinlangan birinchi ayol hakamlar boʻlishdi[36]. Ularga uchta ayol yordamchi hakamlar qoʻshilgan. Frappart 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalini boshqargan[37]. Ung yon qanotlarda Gambiyalik hakam Bakari Gassama va argentinalik hakam Xuan Pablo Belatti yordam beradi. Belatti 2018-yilgi finalda yordamchi hakam boʻlgan[38][39][40]. Yana hakamlar orasida mundialga qaytgan meksikalik hakamlar Sezar Arturo Ramos va zambiyalik Janni Sikazve hamda eronlik yordamchi hakam Muhammadriza Mansuri ham bor[41][42][43].
|
|
|
Stadionlar
Jahon chempionati uchun tavsiya etilgan dastlabki beshta satdion 2010-yil mart oyi boshida eʼlon qilingan[44]. Stadionlar sovutish tizimlari bilan jihozlangan boʻlib, ular stadion ichidagi haroratni 20 °C (36 °F) darajagacha sovutish imkoniyatiga ega, ammo bu ochiq stadionlarda ishlaydimi yoki yoʻqmi hali nomaʼlum[45][46]. Beshta stadion loyihasining barchasi nemis arxitektori Albert Speer & Partners tomonidan ishlab chiqilgan[47]. „Al Bayt“ stadioni foydalaniladigan sakkizta stadion ichida yagona yopiq stadion hisoblanadi[48].
2010-yil 9-dekabrda eʼlon qilingan hisobotda FIFA prezidenti Zepp Blatterning soʻzlariga koʻra, jahon chempionati vaqtida boshqa davlatlar ham baʼzi oʻyinlarni oʻtkazishi mumkin. Biroq hisobotda aniq bir davlat nomi aytilmagan[49]. Blatterning qoʻshimcha qilishicha, har qanday bunday qaror avval Qatar tomonidan qabul qilinishi, keyin esa FIFA ijroiya qoʻmitasi tomonidan maʼqullanishi kerak[50]. Iordaniya shahzodasi Ali bin Al Husayn Avstraliyaning Associated Press agentligiga Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistonida oʻyinlarni oʻtkazish mintaqa aholisini turnir davomida birlashtirishga yordam berishini aytib oʻtgan[51].
Bloomberg.com xabariga koʻra, Qatar oʻyin oʻtkaziladigan satdionlar sonini dastlab rejalashtirilgan oʻn ikkitadan sakkiz yoki toʻqqiztaga qisqartirgan[52].
Lokatsiya
Lusail | Al Khor | Doha | |
---|---|---|---|
Lusail Iconic Stadium | Al Bayt Stadium | Stadium 974 | Al Thumama Stadium |
Sigʻimi: 80,000[53][54] | Sigʻimi: 60,000[55][56] | Sigʻimi: 40,000[57][58] | Sigʻimi: 40,000[59][60] |
Host cities in Qatar |
Stadiums in Doha area | ||
Al Rayyan | Al Wakrah | ||
Halifa xalqaro stadioni | Education City Stadium | Ahmad bin Ali Stadium (Al Rayan Stadium) |
Al Janoub Stadium |
Sigʻimi: 40,000[61][62] | Sigʻimi: 40,000[63][64] | Capacity: 40,000[65][66] |
Sigʻimi: 40,000[67][68] |
Taqvim
Odatda iyun va iyul oylarida oʻtkaziladigan avvalgi FIFA Jahon Chempionatlaridan farqli oʻlaroq, 2022-yilgi Jahon chempionati Qatarning yozgi jaziramasining oldini olish uchun noyabr va dekabr oylarida oʻtkaziladi.
Oʻyin taqvimi FIFA tomonidan 2020-yil 15-iyulda tasdiqlangan[69]. Guruh bosqichining oʻtkaziladigan joyi va vaqti tasdiqlangan yagona uchrashuv mezbon Qatar ishtirokidagi ochilish kuni boʻlib, 2022-yil 20-noyabr kuni „Al Bayt“ stadionida boʻlib oʻtadi[70]. Guruh bosqichida har kuni toʻrtta oʻyin boʻlib oʻtadi.iUchinchi oʻrin uchun oʻyin 2022-yil 17-dekabr kuni „Xalifa“ xalqaro stadionida, final esa 2022-yil 18-dekabr kuni „ Lusail Iconic“ stadionida oʻtkaziladi. Har ikkalasi ham soat 18:00da boshlanishi rejalashitilgan[71].
Har bir stadionda oʻyin oʻtkazadigan jamoalar maʼlum. Bu oʻyin maydonchalarining jamoalar joylashgan mehmonhonaga yaqinligi bilan bogʻliq[69]. Har bir guruh uchun guruh bosqichi oʻyinlari quyidagi stadionlarga taqsimlangan[71].
- A, B, E, F guruhlari: Al Bayt Stadioni, Xalifa xalqaro Stadioni, Al Thumama Stadioni, Ahmad bin Ali Stadioni
- C, D, G, H guruhlari: Lusail Iconic Stadioni, 974-stadion, Education City Stadioni, Al Janoub stadioni
FIFA 2022-yil 1-aprelda qur’a tashlash marosimidan soʻng guruh bosqichi oʻtkaziladigan joy va boshlanish vaqtini tasdiqlagan[72][73]. 10-avgust kuni FIFA Qatarning Ekvadorga qarshi dastlabki oʻyinini avvaldan rejalashtirilganidan bir kun oldin, 20-noyabrga koʻchirish taklifini kiritgan[74] Ikki kundan soʻng Qatarning birinchi oʻyinini koʻchirish haqidagi qaror FIFA tomonidan rasman tasdiqlangan[75].
Guruh bosqichi mezoni
Guruh oʻyinlarining mezonlari |
---|
Guruh bosqichidagi jamoalar reytingi quyidagicha aniqlanadi[76]
|
Pley-off bosqichi mezoni
Pley-off bosqichida, agar asosiy oʻyin vaqtida hisob teng boʻlsa, qoʻshimcha vaqt oʻynaladi (har biri 15 daqiqadan ikki taym) va kerak boʻlsa, gʻoliblarni aniqlash uchun penaltilar seriyasi oʻtkaziladi[76].
Ramzlari
Tumor
Turnirning rasmiy tumori 2022-yil 1-aprelda, guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimida taqdim etilgan. Uning nomi Laʼeeb ((arabcha: لعيب), romiylashtirilgan: Laʿīb), bu arabcha soʻz boʻlib, „oʻta mahoratli oʻyinchi“ degan maʼnoni anglatadi. FIFA rasmiy veb-saytida shunday deyilgan: „Laʼeeb oʻzining yoshlik ruhi bilan mashhur boʻladi; u qayerda boʻlmasin quvonch va ishonchni ulashadi“[77].
Logotip
Rasmiy emblema Lissabonda joylashgan Brandia Central brending agentligi tomonidan ishlab chiqilgan va 2019-yil 3-sentyabr kuni Doha minorasi, Katara madaniy qishloq amfiteatri, Dohaning Msheireb markazidagi tadbirlarda taqdim etilgan. U turnir kubogi, cheksizlik ramzi va „8“ raqamiga oʻxshab yaratilgan boʻlib, „bir-biriga bogʻlangan“ voqea va sakkizta mezbon stadionni aks ettiradi. Shuningdek, u turnirning qishki taqvimini bildirish uchun roʻmollar tasviri bilan ham boyitilgan. Yana choʻlni nazarda tutuvchi.qumtepalarga oʻxshash toʻlqinlarni oʻz ichiga olgan[78][79][80].
Toʻplar
Rasmiy oʻyin toʻpi „Al Rihla“ 2022-yil 30-martda taqdim etilgan. U asosan Qatar madaniyati, meʼmorchiligi, ramziy qayiqlari va bayrogʻidan ilhomlangan. Arab tilida Al Rihla soʻzi „sayohat“ degan maʼnoni anglatadi.
„Oʻyin tezlashmoqda“ va „tezlashmoqda“ Adidas tezlikni taʼminlash va toʻpning aniqligini oshirish imkonini beruvchi baʼzi yangi xususiyatlardan foydalangan.[81]
Rasmiy albom
Albomning birinchi qoʻshigʻi Trinidad Kardona, Davido va AISHA tomonidan ijro etilgan „Hayya Hayya (Birgalikda yaxshiroq)“ boʻlib, 2022-yil 1-aprelda klip bilan birga chiqgan[82].
Ikkinchi qoʻshiq Gims va Ozuna tomonidan ijro etilgan „Arhbo“ qoʻshigʻi 2022-yil 19-avgustda klip bilan birga chiqarilgan[83].
Translatsiya huquqi
Guruh bosqichi
A Guruhi
Oʻrin | Jamoa | Oʻyn | Gʻ | Dur | M | GU | GOʻ | GF | O | Kvalifikatsiya |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Niderlandiya | 3 | 2 | 1 | 0 | 5 | 1 | +4 | 7 | Play-offga chiqqanlar |
2 | Senegal | 3 | 2 | 0 | 1 | 5 | 4 | +1 | 6 | |
3 | Ekvador | 3 | 1 | 1 | 1 | 4 | 3 | +1 | 4 | |
4 | Qatar (H) | 3 | 0 | 0 | 3 | 1 | 7 | −6 | 0 |
20-noyabr, 2022-yil 19:00 |
Qatar | 0–2 | Ekvador | Al Bayt Stadium, Al Khor Tomoshabinlar: 67,372 Hakam: Daniele Orsato (Italy) |
---|---|---|---|---|
Manba pdf |
21-noyabr, 2022-yil 19:00 |
Senegal | 0–2 | Niderlandiya | Al Thumama Stadium, Doha Tomoshabinlar: 41,721 Hakam: Wilton Sampaio (Braziliya) |
---|---|---|---|---|
Hisobot |
25-noyabr, 2022-yil 19:00 |
Niderlandiya | 1–1 | Ekvador | Khalifa International Stadium, Al Rayyan Tomoshabinlar: 44,833 Hakam: Mustapha Ghorbal (Jazoir) |
---|---|---|---|---|
|
Hisobot |
|
29-noyabr, 2022-yil 18:00 |
Ekvador | Match 35 | Senegal | Khalifa International Stadium, Al Rayyan |
---|---|---|---|---|
Hisobot |
29-noyabr, 2022-yil 18:00 |
Niderlandiya | Match 36 | Qatar | Al Bayt Stadium, Al Khor |
---|---|---|---|---|
Hisobot |
B Guruhi
Oʻrin | Jamoa | Oʻyn | Gʻ | Dur | M | GU | GOʻ | GF | O | Kvalifikatsiya |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Angliya | 3 | 2 | 1 | 0 | 9 | 2 | +7 | 7 | Play-offga chiqqanlar |
2 | AQSh | 3 | 1 | 2 | 0 | 2 | 1 | +1 | 5 | |
3 | Eron | 3 | 1 | 0 | 2 | 4 | 7 | −3 | 3 | |
4 | Uels | 3 | 0 | 1 | 2 | 1 | 6 | −5 | 1 |
21-noyabr, 2022-yil 22:00 |
AQSh | 1—1 | Uels | Ahmad ibn Ali stadioni, Al Rayyan Tomoshabinlar: 43 418 Hakam: Abdulrahman Al-Jassim (Qatar) |
---|---|---|---|---|
|
manba |
C Guruhi
Oʻrin | Jamoa | Oʻyn | Gʻ | Dur | M | GU | GOʻ | GF | O | Kvalifikatsiya |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Argentina | 3 | 2 | 0 | 1 | 5 | 2 | +3 | 6 | Play-offga chiqqanlar |
2 | Polsha | 3 | 1 | 1 | 1 | 2 | 2 | 0 | 4 | |
3 | Meksika | 3 | 1 | 1 | 1 | 2 | 3 | −1 | 4 | |
4 | Saudiya Arabistoni | 3 | 1 | 0 | 2 | 3 | 5 | −2 | 3 |
2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati C guruhi
2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati C guruhi
2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati C guruhi
2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati C guruhi
2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati C guruhi
2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati C guruhi
D Guruhi
Oʻrin | Jamoa | Oʻyn | Gʻ | Dur | M | GU | GOʻ | GF | O | Kvalifikatsiya |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Fransiya | 3 | 2 | 0 | 1 | 6 | 3 | +3 | 6 | Play-offga chiqqanlar |
2 | Avstraliya | 3 | 2 | 0 | 1 | 3 | 4 | −1 | 6 | |
3 | Tunis | 3 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 0 | 4 | |
4 | Daniya | 3 | 0 | 1 | 2 | 1 | 3 | −2 | 1 |
22-noyabr, 2022-yil 22:00 |
Fransiya | 4–1 | Avstraliya | Al Janoub Stadium, Al Wakrah Tomoshabinlar: 40,875 Hakam: Victor Gomes (South Africa) |
---|---|---|---|---|
Hisobot |
|
26-noyabr, 2022-yil 13:00 |
Tunis | 0–1 | Avstraliya | Al Janoub Stadium, Al Wakrah Tomoshabinlar: 41,823 Hakam: Daniel Siebert (Germany) |
---|---|---|---|---|
Hisobot |
|
26-noyabr, 2022-yil 19:00 |
Fransiya | 2–1 | Daniya | Stadium 974, Doha Tomoshabinlar: 42,860 Hakam: Szymon Marciniak (Poland) |
---|---|---|---|---|
|
Hisobot |
|
30-noyabr, 2022-yil 18:00 |
Avstraliya | Match 37 | Daniya | Al Janoub Stadium, Al Wakrah |
---|---|---|---|---|
Hisobot |
E Guruhi
Oʻrin | Jamoa | Oʻyn | Gʻ | Dur | M | GU | GOʻ | GF | O | Kvalifikatsiya |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Yaponiya | 3 | 2 | 0 | 1 | 4 | 3 | +1 | 6 | Play-offga chiqqanlar |
2 | Ispaniya | 3 | 1 | 1 | 1 | 9 | 3 | +6 | 4 | |
3 | Germaniya | 3 | 1 | 1 | 1 | 6 | 5 | +1 | 4 | |
4 | Kosta Rika | 3 | 1 | 0 | 2 | 3 | 11 | −8 | 3 |
27-noyabr, 2022-yil 13:00 |
Yaponiya | Match 25 | Kosta Rika | Ahmad bin Ali Stadium, Al Rayyan |
---|---|---|---|---|
Hisobot |
1-dekabr, 2022-yil 22:00 |
Kosta Rika | Match 44 | Germaniya | Al Bayt Stadium, Al Khor |
---|---|---|---|---|
Hisobot |
F Guruhi
Oʻrin | Jamoa | Oʻyn | Gʻ | Dur | M | GU | GOʻ | GF | O | Kvalifikatsiya |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Marokash | 3 | 2 | 1 | 0 | 4 | 1 | +3 | 7 | Play-offga chiqqanlar |
2 | Xorvatiya | 3 | 1 | 2 | 0 | 4 | 1 | +3 | 5 | |
3 | Belgiya | 3 | 1 | 1 | 1 | 1 | 2 | −1 | 4 | |
4 | Kanada | 3 | 0 | 0 | 3 | 2 | 7 | −5 | 0 |
G Guruhi
Oʻrin | Jamoa | Oʻyn | Gʻ | Dur | M | GU | GOʻ | GF | O | Kvalifikatsiya |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Braziliya | 3 | 2 | 0 | 1 | 3 | 1 | +2 | 6 | Play-offga chiqqanlar |
2 | Shveysariya | 3 | 2 | 0 | 1 | 4 | 3 | +1 | 6 | |
3 | Kamerun | 3 | 1 | 1 | 1 | 4 | 4 | 0 | 4 | |
4 | Serbiya | 3 | 0 | 1 | 2 | 5 | 8 | −3 | 1 |
24-noyabr, 2022-yil 13:00 |
Shveysariya | 1–0 | Kamerun | Al Janoub Stadium, Al Wakrah Tomoshabinlar: 39,089 Hakam: Facundo Tello (Argentina) |
---|---|---|---|---|
|
Hisobot |
24-noyabr, 2022-yil 22:00 |
Braziliya | 2–0 | Serbiya | Lusail Iconic Stadium, Lusail Tomoshabinlar: 88,103 Hakam: Alireza Faghani (Eron) |
---|---|---|---|---|
|
Hisobot |
28-noyabr, 2022-yil 13:00 |
Kamerun | 3–3 | Serbiya | Al Janoub Stadium, Al Wakrah Tomoshabinlar: 39,789 Hakam: Mohammed Abdulla (BAA) |
---|---|---|---|---|
|
Hisobot |
|
28-noyabr, 2022-yil 19:00 |
Braziliya | 1–0 | Shveysariya | Stadium 974, Doha Tomoshabinlar: 43,649 Hakam: Iván Barton (El Salvador) |
---|---|---|---|---|
|
Hisobot |
2-dekabr, 2022-yil 22:00 |
Serbiya | 2–3 | Shveysariya | Stadium 974, Doha Tomoshabinlar: 41,378 Hakam: Fernando Rapallini (Argentina) |
---|---|---|---|---|
|
Hisobot |
H Guruhi
Oʻrin | Jamoa | Oʻyn | Gʻ | Dur | M | GU | GOʻ | GF | O | Kvalifikatsiya |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Portugaliya | 3 | 2 | 0 | 1 | 6 | 4 | +2 | 6 | Play-offga chiqqanlar |
2 | Janubiy Koreya | 3 | 1 | 1 | 1 | 4 | 4 | 0 | 4 | |
3 | Urugvay | 3 | 1 | 1 | 1 | 2 | 2 | 0 | 4 | |
4 | Gana | 3 | 1 | 0 | 2 | 5 | 7 | −2 | 3 |
Pley-off
Jadval
1/8 | 1/4 | 1/2 | Final | |||||||||||
3-Dekabr – Al Rayyan (Khalifa) | ||||||||||||||
Niderlandiya | 3 | |||||||||||||
9-Dekabr — Lusail | ||||||||||||||
AQSh | 1 | |||||||||||||
Niderlandiya | 2 (3) | |||||||||||||
3-Dekabr — Al Rayyan (Ahmad bin Ali) | ||||||||||||||
Argentina | 2 (4) | |||||||||||||
Argentina | 2 | |||||||||||||
13-Dekabr — Lusail | ||||||||||||||
Avstraliya | 1 | |||||||||||||
Argentina | 3 | |||||||||||||
5-Dekabr — Al Wakrah | ||||||||||||||
Xorvatiya | 0 | |||||||||||||
Yaponiya | 1 (1) | |||||||||||||
9-Dekabr — Al Rayyan (Education) | ||||||||||||||
Xorvatiya (p) | 1 (3) | |||||||||||||
Xorvatiya | 1 (4) | |||||||||||||
5-Dekabr — Doha (974) | ||||||||||||||
Braziliya | 1 (2) | |||||||||||||
Braziliya | 4 | |||||||||||||
18-Dekabr — Lusail | ||||||||||||||
Janubiy Koreya | 1 | |||||||||||||
Argentina | ||||||||||||||
4-Dekabr — Al Khor | ||||||||||||||
Winners Match 62 | ||||||||||||||
Angliya | 3 | |||||||||||||
10-Dekabr — Al Khor | ||||||||||||||
Senegal | 0 | |||||||||||||
Angliya | 1 | |||||||||||||
4-Dekabr — Doha (Al Thumama) | ||||||||||||||
Fransiya | 2 | |||||||||||||
Fransiya | 3 | |||||||||||||
14-Dekabr — Al Khor | ||||||||||||||
Polsha | 1 | |||||||||||||
Fransiya | ||||||||||||||
6-Dekabr — Al Rayyan (Education) | ||||||||||||||
Marokash | Uchinchi oʻrin | |||||||||||||
Marokash (p) | 0 (3) | |||||||||||||
10-Dekabr — Doha (Al Thumama) | 17-Dekabr — Al Rayyan (Khalifa) | |||||||||||||
Ispaniya | 0 (0) | |||||||||||||
Marokash | 1 | Xorvatiya | ||||||||||||
6-Dekabr — Lusail | ||||||||||||||
Portugaliya | 0 | Losers Match 62 | ||||||||||||
Portugaliya | 6 | |||||||||||||
Shveysariya | 1 | |||||||||||||
Nimchorak final
3-dekabr, 2022-yil 18:00 |
Niderlandiya | 3–1 | AQSh | Khalifa International Stadium, Al Rayyan Tomoshabinlar: 44,846 Hakam: Wilton Sampaio (Braziliya) |
---|---|---|---|---|
|
Hisobot |
|
5-dekabr, 2022-yil 22:00 |
Braziliya | 4–1 | Janubiy Koreya | Stadium 974, Doha Tomoshabinlar: 43,847 Hakam: Clément Turpin (Fransiya) |
---|---|---|---|---|
|
Hisobot |
|
6-dekabr, 2022-yil 22:00 |
Portugaliya | 6–1 | Shveysariya | Lusail Iconic Stadium, Lusail Tomoshabinlar: 83,720 Hakam: César Arturo Ramos (Meksika) |
---|---|---|---|---|
Hisobot |
|
Chorak final
9-dekabr, 2022-yil 22:00 |
Niderlandiya | 2–2 (q.v) | Argentina | Lusail Iconic Stadium, Lusail Tomoshabinlar: 88,235 Hakam: Antonio Mateu Lahoz (Spain) |
---|---|---|---|---|
|
Hisobot | |||
Penaltilar | ||||
*Van Dijk
|
3–4 | * Messi |
Chorak final
Gol mualliflari
Turnirda were 172 ta gollar scored, bu har bir oʻyin uchun oʻrtacha 64 tadan gol.
8 ta gollar
7 ta gollar
4 ta gollar
3 ta gollar
2 ta gollar
- Neymar
- Vincent Aboubakar
- Andrej Kramarić
- Harry Kane
- Niclas Füllkrug
- Kai Havertz
- Mohammed Kudus
- Mehdi Taremi
- Ritsu Dōan
- Youssef En-Nesyri
- Wout Weghorst
- Robert Lewandowski
- Bruno Fernandes
- Rafael Leão
- Salem Al-Dawsari
- Aleksandar Mitrović
- Cho Gue-sung
- Ferran Torres
- Breel Embolo
- Giorgian de Arrascaeta
1 ta gol
- Ángel Di María
- Enzo Fernández
- Alexis Mac Allister
- Nahuel Molina
- Mitchell Duke
- Craig Goodwin
- Mathew Leckie
- Michy Batshuayi
- Casemiro
- Lucas Paquetá
- Vinícius Júnior
- Jean-Charles Castelletto
- Eric Maxim Choupo-Moting
- Alphonso Davies
- Keysher Fuller
- Yeltsin Tejeda
- Juan Pablo Vargas
- Joško Gvardiol
- Marko Livaja
- Lovro Majer
- Mislav Oršić
- Ivan Perišić
- Bruno Petković
- Andreas Christensen
- Moisés Caicedo
- Jude Bellingham
- Phil Foden
- Jack Grealish
- Jordan Henderson
- Raheem Sterling
- Théo Hernandez
- Randal Kolo Muani
- Adrien Rabiot
- Aurélien Tchouaméni
- Serge Gnabry
- İlkay Gündoğan
- André Ayew
- Osman Bukari
- Mohammed Salisu
- Rouzbeh Cheshmi
- Ramin Rezaeian
- Takuma Asano
- Daizen Maeda
- Ao Tanaka
- Luis Chávez
- Henry Martín
- Zakaria Aboukhlal
- Achraf Dari
- Romain Saïss
- Hakim Ziyech
- Daley Blind
- Memphis Depay
- Denzel Dumfries
- Frenkie de Jong
- Davy Klaassen
- Piotr Zieliński
- João Félix
- Raphaël Guerreiro
- Ricardo Horta
- Pepe
- Cristiano Ronaldo
- Mohammed Muntari
- Saleh Al-Shehri
- Boulaye Dia
- Famara Diédhiou
- Bamba Dieng
- Kalidou Koulibaly
- Ismaïla Sarr
- Sergej Milinković-Savić
- Strahinja Pavlović
- Dušan Vlahović
- Hwang Hee-chan
- Kim Young-gwon
- Paik Seung-ho
- Marco Asensio
- Gavi
- Dani Olmo
- Carlos Soler
- Manuel Akanji
- Remo Freuler
- Xherdan Shaqiri
- Wahbi Khazri
- Christian Pulisic
- Timothy Weah
- Haji Wright
- Gareth Bale
1 ta avto gol
- Enzo Fernández (against Australia)
- Nayef Aguerd (against Canada)
Homiylar
FIFA hamkorlari | FIFA Jahon chempionati homiylari | Afrika va Yaqin Sharqdan hamkorlar | Shimoliy Amerikadan hamkorlar | Janubiy Amerikadan hamkorlar |
---|---|---|---|---|
Manbalar
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.