Xherdan Shaqiri
From Wikipedia, the free encyclopedia
Xherdan Shaqiri (1991-yil 10-oktabrda tugʻilgan) — Shveysariyalik professional futbolchi, Amerika Oliy Liga futbol klubi Chicago Fire va Shveysariya terma jamoasida vinger sifatida oʻynaydi.
![]() 2018-yil Shaqiri Shveysariya safida | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Xherdan Shaqiri[1] | ||
Tavallud sanasi | 10-oktyabr 1991-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Gjilan, SFR Yugoslavia | ||
Boʻyi | 1.69 m[3] | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Chicago Fire | ||
Raqami | 10 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1999-2001 | SV Augst | ||
2001-2009 | FC Basel | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2007-2009 | FC Basel II | 19 | (8) |
2009-2012 | FC Basel | 92 | (18) |
2012-2015 | Bayern Munich | 52 | (11) |
2015 | Inter Milan | 15 | (1) |
2015-2018 | Stoke City | 84 | (15) |
2018-2021 | Liverpool | 45 | (7) |
2021-2022 | |Lyon | 11 | (2) |
2022- | |Chicago Fire | 20 | (4) |
Milliy terma jamoa | |||
2007-2008 | Shveysariya U17 | 10 | (0) |
2008-2009 | Shveysariya U18 | 5 | (0) |
2009 | Shveysariya U19 | 5 | (3) |
2009-2011 | Shveysariya U21 | 7 | (1) |
2010- | Shveysariya | 106 | (26) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (7-avgust uchun) |
Yoshligi
Shaqiri SFR Yugoslaviyaning Gjilan shahrida, kosovalik alban oilasida tugʻilgan[4][5]. U 1992-yilda ota-onasi va uchta ukasi bilan Shveysariyaga koʻchib kelgan[6]. Uning akasi Arianit Shaqiri yoshlar futbol murabbiyi[7][8]. Ular Augstda, Basel-Country kantonidagi kichik shaharchada, Fransiya va Germaniya chegaralariga yaqin joyda yashashadi[9].
Klublardagi faoliyati
FC Basel
Shaqiri oʻz faoliyatini oʻz shahrining „SV Augst“ klubida boshlagan va sakkiz yoshida uni „Basel“ skautlari akademiyaga taklif etishgan[10]. „Basel“ yoshlar jamoasida oʻynab, u 15 yoshgacha boʻlgan Nike Cup 2007 musobaqasida qatnashdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bir nechta boshqa klublar uni qoʻlga kiritishga urinishiga qaramay, u „Basel“da qolishga qaror qildi. U yerda 2007-yildan 2009-yilgacha Shveysariya Liga 1da zaxira jamoada oʻynadi. Ikki yil oʻtgach, Shaqiri 2009-yilning 2-yanvarida „Basel“ bilan oʻzining birinchi professional faoliyatidagi shartnomasini imzoladi, yangi shartnomaga koʻra, u Baselda 2011-yilning dekabrigacha qoldi[11].
Bavariya
2012-yilning 9-fevralida Basel Shaqirini 2012-13-yilgi mavsum uchun Germaniya Bundesligasining „Bavariya“ klubiga oʻtishini eʼlon qildi[12]. Transfer narxi 11,6 million yevroga baholandi. Shaqiri nemis klubi bilan 2016-yilning 30-iyuniga qadar toʻrt yillik shartnoma imzoladi[13]. U yarim himoyadagi oʻrin uchun Franck Ribéry, Arjen Robben, Toni Kroos va Thomas Müller bilan raqobatlashdi[8].
Inter Milan
Shaqiri 2015-yilning 9-yanvarida Italiyaning „Inter“ klubiga 15 million yevro evaziga transfer qilindi[14] va toʻrt yarim yillik shartnoma imzoladi[15].
Shaqiri A Seriyadagi ilk golini 2015-yilning 15-fevralida „Atalanta“ klubiga qarshi safarda 4:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritdi[16].
Stoke City
2015-yil iyul oyida Stok Shaqiri uchun 12 million funt sterling taklif qildi ammo bu taklifni Inter rad etdi[17]. 11-avgust kuni Shaqiri uchun „Stok“ 14,5million yevro taklif qildi va bunga Inter rozi boʻldi[14]. Klub Shaqiri bilan besh yillik shartnoma boʻyicha kelishuvga erishdi[18][19].
Liverpul
2018-yilning 13-iyulida „Liverpul“ Shaqirini 13,5 million funt sterling evaziga oʻz safiga qoʻshib oldi va 5 yillik shartnoma imzolandi[20]. 12-avgust kuni oʻzining debyutida, „West Ham United“ ga qarshi mavsumning ochilish oʻyinida zaxiradan maydonga tushdi[21].
Lion
2021-yilning 23-avgustida Fransiyaning „Lion“ klubi Shaqirining transferini eʼlon qildi, „Liverpul“ bu transferdan 6 million yevro ishlab oldi va 2024-yilgacha shartnoma imzolandi[22].
Chicago Fire FC
2022-yilning 9-fevralida Shaqiri „Chicago Fire“ klubiga qoʻshildi. Uning transferi Chicago Fire tarixidagi eng qimmat transfer boʻldi (7,5 million dollar)[23][24].
Terma jamoadagi faoliyat
Shaqiri 2009-yilning 11-noyabrida 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralashida Turkiyaga qarshi oʻyinda (3:1) Shveysariya terma jamoasida debyut qilgan. U oʻzining birinchi golini 2011-yilning 11-iyunida 2011-yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionatining ochilish oʻyinida Daniyaga qarshi oʻyinda urdi[25].
Faoliyatidagi statistikasi
Klub
Klub | Mavsum | League | National Cup | League Cup | Continental | Boshqa | Umumiy | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Chempionat | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Basel II | 2007-08 | Swiss 1. Liga | 2 | 0 | — | — | — | — | 2 | 0 | ||||
2008-09 | Swiss 1. Liga | 17 | 8 | — | — | — | — | 17 | 8 | |||||
Jami | 19 | 8 | — | — | — | — | 19 | 8 | ||||||
Basel | 2009-10 | Swiss Super League | 32 | 4 | 5 | 1 | — | 10 | 2 | — | 47 | 7 | ||
2010-11 | Swiss Super League | 29 | 5 | 2 | 0 | — | 11 | 2 | — | 42 | 7 | |||
2011-12 | Swiss Super League | 31 | 9 | 4 | 0 | — | 6 | 0 | — | 41 | 9 | |||
Total | 92 | 18 | 11 | 1 | — | 27 | 4 | — | 130 | 23 | ||||
Bayern Munich | 2012-13 | Bundesliga | 26 | 4 | 5 | 3 | — | 7 | 1 | 1 | 0 | 39 | 8 | |
2013-14 | Bundesliga | 17 | 6 | 3 | 1 | — | 4 | 0 | 3 | 0 | 27 | 7 | ||
2014-15 | Bundesliga | 9 | 1 | 1 | 0 | — | 4 | 1 | 1 | 0 | 15 | 2 | ||
Jami | 52 | 11 | 9 | 4 | — | 15 | 2 | 5 | 0 | 81 | 17 | |||
Inter Milan | 2014-15 | Serie A | 15 | 1 | 2 | 1 | — | 3 | 1 | — | 20 | 3 | ||
Stoke City | 2015-16 | Premier League | 27 | 3 | 1 | 0 | 4 | 0 | — | — | 32 | 3 | ||
2016-17 | Premier League | 21 | 4 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | — | 22 | 4 | |||
2017-18 | Premier League | 36 | 8 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | — | 38 | 8 | |||
Jami | 84 | 15 | 3 | 0 | 5 | 0 | — | — | 92 | 15 | ||||
Liverpool | 2018-19 | Premier League | 24 | 6 | 1 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | — | 30 | 6 | |
2019-20 | Premier League | 7 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 3 | 0 | 11 | 1 | |
2020-21 | Premier League | 14 | 0 | 2 | 0 | 1 | 1 | 5 | 0 | 0 | 0 | 22 | 1 | |
Jami | 45 | 7 | 3 | 0 | 2 | 1 | 10 | 0 | 3 | 0 | 63 | 8 | ||
Lyon | 2021-22 | Ligue 1 | 11 | 2 | 0 | 0 | — | 5 | 0 | — | 16 | 2 | ||
Chicago Fire | 2022 | Major League Soccer | 20 | 4 | — | 0 | 0 | — | — | 20 | 4 | |||
Faoliyatidagi umumiy natija | 338 | 66 | 28 | 6 | 7 | 1 | 60 | 7 | 8 | 0 | 441 | 80 |
Terma jamoadagi faoliyat
Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Shveysariya | 2010-yil | 9 | 1 |
2011-yil | 8 | 3 | |
2012-yil | 7 | 3 | |
2013-yil | 6 | 1 | |
2014-yil | 12 | 7 | |
2015-yil | 9 | 2 | |
2016-yil | 8 | 1 | |
2017-yil | 9 | 2 | |
2018 | 12 | 2 | |
2019 | 2 | 0 | |
2020 | 4 | 0 | |
2021-yil | 14 | 4 | |
2022 | 6 | 0 | |
Jami | 106 | 26 |
Yutuqlar
Basel
Bavariya
- Bundesliga: 2012-13, 2013-14, 2014-15[28]
- DFB-Pokal: 2012-13,[29] 2013-14[30]
- DFL-Superkubogi: 2012[31]
- UEFA Chempionlar ligasi: 2012-13[32]
- UEFA Superkubogi: 2013[33]
- FIFA klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati: 2013[34]
Liverpul
- Premer liga: 2019-20[35]
- UEFA Chempionlar ligasi: 2018-19[36]
- UEFA Superkubogi: 2019[37]
- FIFA klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati: 2019[38]
- FA Community Shield 2-oʻrin sohibi: 2019[39]
Shveysariya U21
- 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining ikkinchi oʻrin sohibi: 2011[40]
Shaxsiy sovrinlar
- Shveysariyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2011, 2012[41]
- Shveysariya Golden Player mukofoti "SFAP Golden Player": 2012[42]
- Shveysariya Golden Player mukofoti "Eng yaxshi yosh futbolchi": 2012[43]
- UEFA Yevropa chempionati turniring eng chiroyli goli: 2016[44]
- UEFA Millatlar ligasi finali turniri ramziy jamoasi: 2019[45]
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.