From Wikipedia, the free encyclopedia
Ispaniya (España), - Ispaniya Qirolligi (Reino de España) — Yevropaning janubi-gʻarbida, Pireney yarim orolda joylashgan davlat. Oʻrta dengizdagi Balear (shu jumladan Pitius), Atlantika okeanidagi Kanar orollari, Afrikaning shimoliy qirgʻogʻidagi Seuta va Melilya shaharlari va unga yondosh Veles-de-la-Gomera, Alusemas, Chafarinas orollari ham Ispaniyaga qaraydi. Maydoni 504,75 ming km2. Aholisi 47,27 mln. kishi (2012). Maʼmuriy jihatdan oʻz hukumati va parlamentiga ega boʻlgan 17 muxtor regionga, ular, oʻz navbatida, 50 viloyat (provincia)ra boʻlinadi. Poytaxti — Madrid shahri hisoblanadi.
Ispaniya Qirolligi Reino de España
| |
---|---|
Shior: Plus Ultra (Lotincha: Yana koʻproq) | |
Madhiya: Marcha Real | |
Poytaxt | Madrid |
Rasmiy til(lar) | Ispancha |
Hukumat | Konstitutsion Monarxiya |
• Qirol |
Qirol Felipe VI |
• Bosh vazir |
Pedro Sanchez |
Mustaqillik | |
Maydon | |
• Butun |
504,782 km2 (51-oʻrin) |
• Suv (%) |
1.04 |
Aholi | |
• 2021-yilgi roʻyxat |
47,432,805 (30-oʻrin) |
• Zichlik | 94,0/km2 |
YIM (XQT) | 2022-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$1,435,560 mil. (15-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$30,157 |
Pul birligi | Yevro (EUR) |
Vaqt mintaqasi | UTC+1 |
UTC+2 | |
Qisqartma | SP |
Telefon prefiksi | 34 |
Internet domeni | .es |
|
Ispaniya — parlamentli monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1978-yil 6-dekabrdagi milliy referendumda maʼqullangan, oʻsha yili 29-dekabrdan kuchga kirgan;
Ispaniya subtropik mintaqada. Qirgʻoq chizigʻining uzunligi orollar bilan birga 5 ming km dan koʻproq. Ispaniya hududining aksar qismi plato, oʻrtacha balandlikdagi tizmalar, yassitogʻliklar va pasttekisliklardan iborat. Platolarning balandligi shimoli-gʻarbda 800- 1000 m, janubi-sharqda 500-600 m. Ular oʻrtasida janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa yoʻnalgan Markaziy Kordilyera togʻ tizmalari bor. Ispaniyaning shimoli-gʻarbida Galisiya massivi va Leon togʻlari, Biskay qoʻltigʻi sohilida Kantabriya togʻlari bor. Ular sharqda Pireney togʻlariga ulanib ketadi. Janubiy va janubi-sharqida Andalusiya togʻlari, janubi-gʻarbida Andalusiya pasttekisligi bor. Syerra-Nevada tizmasidagi Mulasen togʻi (3478 m) Ispaniyadagi eng baland togʻdir. Ispaniyada uran, mis, simob, qoʻrgʻoshin, temir, volfram, qalay, oltin, kumush, margimush, marganets konlari bor. Toshkoʻmir, kaliy tuzi, kaolin, apatit ham qazib olinadi.
Iqlimi shimoliy va shimoli-gʻarbida moʻtadil okean iqlimi, qish yumshoq, yoz iliq. Yillik oʻrtacha yogʻin 1000-2000 mm. Sohilda yanvarning oʻrtacha temperaturasi 7— 9°, iyulniki 18—20°. Mamlakatning qolgan qismida Oʻrta dengizga xos subtropik iqlim, yoz quruq, issiq, qish yumshoq, seryogʻin. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Meseta platosida 4—5°, janubida 12—13°, iyulniki 23—29°. Ispaniyaning markazi, sharqi va janubi-sharqida yogʻin kam (300-500 mm).
Daryolari, asosan, yomgʻirdan toʻyinadi, yozda juda sayozlanib qoladi. Faqat shimoliy va shimoli-gʻarbidagi daryolar yil boʻyi sersuv. Yirik daryolari: Taxo, Ebro, Gvadalkvivir, Duero, Gvadiana va boshqa. Ulardan energiya olishda va sugʻorishda foydalaniladi. Ispaniyaning shimoliy va shimoli-gʻarbidagi togʻ-oʻrmon qoʻngʻir tuproqlarda qora qayin, dub, kashtan oʻrmonlari, tog yon bagʻirlaridagi togʻ podzol tuproqlarida qaragʻay oʻrmonlari bor. Pireney togʻlarida 2000 m dan balandda oʻtloq mintaqalari joylashgan. Ispaniyaning qolgan qismida doim yashil dublar, qaragʻay, sarv, kashtan, zarang, lipa va boshqa usadi. Ispaniyaning eng chekka janubida palmazorlar uchraydi. Hayvonlardan tulki, suvsar, qoʻngʻir ayiq, boʻrsiq, tog echkisi, serna, viverra, quyon, tipratikan bor. Gibraltar atrofida makaka maymun (Yevropada faqat shu yerda) uchraydi. Qushlarning 400 ga yaqin turi bor. Sudralib yuruvchilar koʻp. Tunets, sardina, treska baliklari va dengiz jonivorlari ovlanadi. Noyabr hayvonlar va tabiiy landshaftni saqlash maqsadida bir necha milliy bogʻ va qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Milliy bogʻlari: Ayguestortes-i-Lago-SanMaurisio, Kovadonza, Ordesa va boshqa.
Aholisining 3/4 qismi ispanlar, qolganlari — katalonlar, galisiylar, basklar va boshqa. Rasmiy til — ispan tili. Koʻpchilik dindorlar — katoliklar. Aholining 78,4% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Madrid, Barselona, Valensiya, Sevilya, Saragosa, Bilbao, Malaga.
Ispaniya hududida odam quyi paleolit davridan yashaydi. Leridadan Kadisgacha boʻlgan hududlarda mezolitga oid qoyatosh suratlari koʻp topilgan. Mil. av. 7-asrdan I.ning janubiy va sharqiy sohil boʻylari finikiyaliklar va yunonlar tomonidan oʻzlashtira boshlangan. Mil. av. 700—500 yillarda Oʻrta dengiz sohilida iberlar madaniyati paydo boʻldi. Mil. av. 5—3-asrlarda Pireney yarim orol orkali kelgan kelpiarnmt iberlar bilan qoʻshilib ketishi natijasida kelipiberlar shakllangan. Mil. av. 3-asr oxirlarida Ispaniya hududining koʻp qismi Karfagen qoʻl ostiga oʻtdi. Mil. av. 2-asr boshiga kelib rimliklar karfagenliklarni siqib chiqardi. Mil. av. 197 yilda Rim Ispaniya hududini 2 viloyat (Yaqin Ispaniya va Olis Ispaniya)ga boʻlib yubordi. Mil. 409 yil Ispaniyaga alanlar, svev va vandallar, 418 yildan vestgotlar kirib kela boshladi. 711—718 yillarda Pireney yarim orolning deyarli hammasini arablar bosib olib, 756 yil mustaqil davlat — Kordova amirligini, 929 yilda esa Kordova xalifaligini tuzdi. Kordovada sugʻoriladigan dehqonchilik paydo boʻldi, hunarmandchilik, savdosotiq, fan va madaniyat yuksaldi. 1031-yil xalifalik bir necha amirlikka boʻlindi. 8-asrdan boshlab mavrlar koʻl ostida boʻlgan yerlarni ispanlar kay-tarib ola boshladilar (Rekonkista dav-ri). Rekonkista davrida Kastiliya va Aragon qirolliklari vujudga keldi (11-asr). 12-asrda dvoryanlar, ruhoniylar, shaharliklar va yuqori tabaqa dehqonlardan iborat korteslar paydo boʻldi. Ular qirol hokimiyatini cheklab turdilar.
1479-yil Aragon bilan Kastiliya oʻrtasida tuzilgan sulola ittifoqi (aragonlik Ferdinand bilan kastiliyalik Iza-bellaning 1469-yilgi nikohi) natijasida I. yagona davlatga aylandi. 1480-yil absolyutizm quroli hisoblangan inkvizitsiya joriy qilinib, mavr va yahudiylar (asosan, dehqonlar-, hunarmandlar, savdogarlar) mamlakatdan quvildi. 1504-yil Ispaniyaga Neapol qirolligi (Janubiy Italiya) va Sitsiliya qoʻshib olindi. Ispaniya 1494—1559-yillarda Italiyaga qarshi urushlarda Shimoliy va Oʻrta Italiyaning qator yerlarini bosib oldi. Karl Ining taxtga oʻtirishi (1516) bilan Ispaniyada Gabsburglar sulolasi hukm sura boshladi. Shu yili Ispaniyaga Niderlandiya qoʻshib olindi.
16-asrning 1-yarmida Ispaniya Markaziy va Janubiy Amerikaning kup qismini, Filipp II davrida Filippin orollari (1563—73)ni bosib oldi va Portugaliya (1581)ni oʻziga qoʻshdi. Ispaniya qiroli Karl I Gabsburg „Muqaddas Rim im-periyasi“ning qiroli boʻlgach, Karl V nomini oldi. Bu paytda I. Yevropaning siyosiy reaksiya markaziga aylandi. Ispaniyaga qaram boʻlgan Niderlandiyada 1566-yil inqilobi boshlandi. 1581-yil Birlashgan viloyatlar respublikasining tashkil qilinishi bilan Shimoliy Niderlandiya Ispaniyadan ajralib chikdi. Ispaniya 16— 17-asrlarda Angliya bilan urushib, dengizdagi ma-vqeidan mahrum boʻldi („Yengilmas armada“ — ispan flotining 1588-yildagi halokati bunga yoʻl ochdi). Oʻttiz yillik urush (1618—48), Fransiya hamda Angliya bilan boʻlgan urushlar natijasida tuzilgan Vestfaliya (1648), Pireney (1659), Axen (1668) va Nimvegen (1678) sulxlariga binoan, Ispaniya Yevropada gegemonlik qilish huquqidan mah-rum boʻldi. Gabsburglarning soʻnggi vakili Karl II vafoti (1700) va ispan taxtining Burbonlarga oʻtishi munosabati bilan ispan merosi uchun Yevropada urush (1701 — 14) boshlandi. Natijada Ispaniya Italiya, Janubiy Niderlandiya va Gibraltardagi yerlaridan ajraldi. Karl III davri (1759—88)da maʼrifatli absolyutizm ruhidagi islohot oʻtkazildi.
1808-yil Fransiya Ispaniyani bosib olishga kirishdi. Ispan xalqining bosqinchilarga qarshi milliy harakati birinchi ispan inqilobi bilan qoʻshilib ket-di (1808—14). Ispaniyada boshlangan milliy ozodlik urushlari Amerikadagi ispan mustamlakalarida ozodlik harakatining (1810—26) avj olishiga turtki boʻldi. Natijada bir qancha mustamla-kalar mustaqillikka erishdi. Napoleon I yengilgach, Burbonlar taxtni qay-ta egallab, absolyutizmni tikladi. 1820-yil qoʻzgʻolon koʻtarilib, u inqilobga aylandi. Inqilob 1823-yil Muqaddas ittifoq tomonidan bostirildi.
1834—43 yillarda ishchilar qarakati avj oldi va utopik sotsializm goyalari tarqala boshladi. 1868-yil boshlangan inqilob natijasida respublika oʻrnatildi (1873). Respublika tarafdorlari oʻrtasida hamjihatlik yoʻqligi oqibatida demokratik kuchlar magʻlubiyatga uchrab, Burbonlar sulolasi qayta tiklandi (1874). Ispaniya-Amerika urushi (1898)da Ispaniya magʻlubiyatga uchrab, Kuba, Puertoriko, Guam va Filippindan mahrum boʻldi, ispan monarxiyasi za-iflashdi. Respublika tarafdorlari faollashdi va ishchilar harakati avj oldi.l-jahon urushi yillarida I. beta-raf turdi. 1921-yil ispan qoʻshinlari Marokashda magʻlu-biyatga uchragach, monarxiya inqirozi yanada kuchaydi. Choʻchib qolgan reaksiya 1923-yil sentabrda harbiy toʻntarish qilib, general M. Primo de Rivera harbiy hokimiyatini oʻrnatdi.
1931-yil 14-sentabrda boshlangan inqilob natijasida respublika eʼlon kilindi. 1936—39 yillardagi milliy-inqilobiy urushda demokratik kuchlar magʻlubiyatga uchrab, respublika agdarilgach, general F. Frankoning fashist diktaturasi (1939—75) oʻrnatildi. Respublika davri qonunlari bekor qilindi, fashistlarning I. falangasi deb atalgan partiyasidan tashkari barcha siyosiy partiyalar tarkatib yuborildi, inqilobchilar qatagʻonga uchradi, sinfiy kasaba uyushmalari tugatildi. Yarim millionga yakin ispanlar chet elga qochdi.
Ikkinchi jahon urushida Ispaniya betaraflik eʼlon qilgan boʻlsa ham, Germaniya va Italiyaga yordam berdi, frontga „zan-gori diviziyasi“ni yubordi. 1959-yilda Franko diktaturasiga qarshi tinch yoʻl bilan kurashish uchun Milliy antifashist fronti tuzila boshladi. Fashiz-mga qarshi kuchlar birlashdi. 1962-yilda Myunxen (GFR)da ispanlar umumdemok-ratik konferensiyasi oʻtkazildi, 26 viloyatda umumiy ish tashlashlar boʻldi, „vertikal sindikatlar“ga qaramaqarshi ishchi komissiyalari (kasaba uyushmalari) tuzildi. 1962—63 yillardagi ijtimoiy tanglik diktaturami juzʼiy „erkinliklar berish“ siyoʻsatiga oʻtishga majbur qildi, ammo u muxolifat kuchlarini bartaraf etolmadi. 1971-yil muxolifat kuchlari birgalikda harakat qilish haqida bitim imzoladilar. 1975-yilda F. Franko vafotidan soʻng qirol Xuan Karlos I davlat boshligʻi boʻldi. 1976-yildan koʻpchilik siyosiy partiya va kasaba uyushmalri oshkora faoliyat koʻrsata boshladi. 1977-yil Ispaniyada 1936-yildan keyingi birinchi parlament saylovi boʻldi. Unda 100 ta partiya va 18 ta koalitsiya qatnashdi.
Ispaniya 1956-yilda Shimoliy Marokash, 1968-yilda Ekvatorial Gvineya, 1976-yilda Gʻarbiy Sahroi Kabir kabi mustamlakalaridan mahrum boʻldi. 1982, 1986, 1989 va 1993-yillardagi parlament saylovlarida so-sialistik ishchi partiyasi gʻalaba qozondi. 1996 va 2000-yilgi saylovda esa Xalq partiyasi nisbiy koʻpchilik ovoz olib, hukumatni tuzish huquqini qoʻlga kiritdi.
Ispaniya — 1955-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 12-oktabr — Ispan Millati Kuni (1492). Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 17 martda oʻrnatgan.
Ispaniyada 500 dan koʻproq siyosiy partiya va jamoat tashkiloti roʻyxatga olingan. Asosiy partiyalari: Xalq partiyasi (1989-yil yanvargacha Xalq uyushmasi), 1976-yilda tuzilgan; I. sotsialistik ishchi partiyasi, 1879-yilda tuzilgan; I. kommunistik partiyasi, 1920-yilda tuzilgan; Basklarning millatparvar partiyasi, 1993-yilda tuzilgan; Kataloniya demokratik konvergensiyasi, 1974-yilda asos solingan; Valensiya ittifoqi. Kasaba uyushma birlashmalari: Mexnat-kashlar umumiy ittifoqi, 1888-yilda tuzilgan; Ishchilar kasaba uyushma birlashmasi, 1960-yilda asos solingan; Ishchi komissiyalari, 1956-yilda tuzilgan.[1]
Ispaniya industrial-agrar mamlakat. Sanoat ishlab chiqarish qajmi jihatidan Gʻarbiy Yevropada 5-oʻrinda, rivojlangan mamlakatlar oʻrtasida 8-oʻrinda turadi. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 23%, qishloq xoʻjaligi ulushi 3,5%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi esa 60% dan ortadi. Baʼzi subtropik va bogdorchilik mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishda dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi.
Sanoatida ogʻir sanoat yetakchi oʻrinda turadi. Mashinasozlik, avtomobil va kemasozlik, stanoksozlik, elektrotexnika, kimyo sanoati gʻoyat rivojlangan. Sanoatning eng qad. tarmogʻi — toʻqimachilik ham ravnaq topgan. Elektron sanoati tez surʼatlar bilan taraniy etmoqda. Ammo konchilik va metallurgiya tarmoqlaridagi ishlab chiqarish qisq-arib bormoqda. 100 turdagi foydali qazilmalardan 16 tasi qayta ishlanadi. Pirit, simob, temir, qoʻrgʻoshin-rux, uran rudalari va toshkoʻmir qazib olinadi. Qazib olinadigan neft I. ehtiyojining 10% ni krndiradi. Asosiy kemasozlik korxonalari Bilbao, Kartaxena, Barselonada, avtozavodlar Madrid, Barselona, Valyadolid, Vigo sh.da, qora metallurgiya korxonalari Biskayya, Santander, Asturiya, Valensiya viloyatlarida, rangli metallurgiya Kordova, Xaen, Mursiya, Ovyedo, Santander, Gipuskoa, Biskayya viloyatlarida, chetdan keltirilgan neftni qayta ishlovchi korxonalar Lakorunya, SantaKrus-de-Tenerife, Eskombre-ras va boshqa port shaharlarida, vinochilik sanoati Kataloniya, Aragon, Andalusiya va Yangi Kastiliya viloyatlarida joylashgan. Yiliga 155,7 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Elektr energiya, asosan, GES larda hosil qilinadi. 3 ta AES mavjud. Yoqilgʻi taqchilligi muqobil energiya manbalarini izlashni taqozo qiladi. Quyosh va geotermal styalardan keng miqyosda foydalaniladi. Asosiy sanoat markazlari — Barselona, Madrid, Bilbao, Ovyedo.
Asosiy tarmoq dehqonchilik, qishloq xoʻjaligi mahsuloti qiymatining yarmiga yaqini uning ulushiga toʻgʻri keladi. Mamlakat maydonining 71%da dehqonchilik qilinadi. Ispaniyada vino (dunyoda 3-oʻrin) tayyorlanadi, sitrus mevalar (apelsin hosili boʻyicha Yevropada 1-oʻrin, yiliga 3 mln. tonna), bugʻdoy (ekin maydonining 20%), sholi (dunyoda eng yuqori hosildorlik: ga dan 60—70 sentner), bodom, tamaki, paxta, qand lavlagi, sabzavot (ekin maydonining 69%), kungabokar yetishtiriladi. Oliy nav zaytun yogʻi ishlab chiqarishda dunyoda l-oʻrinda turadi (yiliga 400 ming t dan ziyod). Chorvachilik yaxshi rivojlangan: qoramol, choʻchqa, echki, qoʻy boqiladi. Baliq va dengiz joni-vorlari ovlash qamda qayta ishlashda dunyodagi oʻnlikka kiradi.[2]
Ispaniyada temir yoʻlillarning umumiy uzunligi — 14378 km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 324 ming km. Asosiy dengiz portlari: Kartaxena, Barselona, Bilbalo, Santa-Krusde-Tenerife. Madrid va Barselona shaharlaridagi aeroportlar mamlakatdagi eng yirik aeroportlardir. Chetga mashinasozlik (kema va avtomobillar), qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari (sitrus mevalar, meva-sabzavot konservalari, vino, zaytun yogʻi) chiqaradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Yevropa Ittifoqi mamlakatlari (import — 56%, eksport — 66%), AQSH (import — 8% va eksport 9,2%), Yaqin Sharq mamlakatlari (8,6% va 8,1%), Lotin Amerikasi mamlakatlari (6,1% va 4,2%). Chet el sayyohdigi — muqim daromad manbai. Har yili Ispaniyaga 52 mln. sayyoh kelib ketadi, bu soha 20 mlrd. dollargacha daromad beradi (AQSH dan keyin 2-oʻrin). Sayyohlarga 6 mln. kishi xizmat qiladi. Pul birligi — yevro
Davlat davolash muassasalari bilan bir katorda xususiy shifoxonalar ham bor. Koʻpgina shifokorlar xususiy qabulxonalar ochishgan. Oliy oʻquv yurtlarining 19 fakulteti shi-fokorlar tayyorlaydi. Mamlakatda, ayniqsa, uning dengiz sohillarida kurortlar kup. Ularning eng muhimlari San-Sebastyan, Valensiya, Barselonada.
6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 8 yillik majburiy taʼlim joriy etilgan. 4 yillik boshlangich, 7 yillik oʻrta maktablar bor. Kuchaytirilgan toifadagi hunar-texnika va tijorat maktablari ishlaydi. Boshlanrich maktab oʻqituvchilari 3 yillik pedagogika bilim yurtlarida, oʻrta maktab oʻqituvchilari universitetlarda tayyorlanadi. Mamlakatda 35 davlat universiteti, 4 katolik universitet, 3 ta politexnika instituti bor. Eng yiriklari: Salamanka (1218), Barselona (1430), Sevilya (1502), Madrid (1508) universitetlari, Sirtqi taʼlim universiteti (1972), Bilbao universiteti (1968), Va-lensiyadagi Politexnika universiteti, Santyago-dekompostela sh.dagi universitet. Mamlakatdagi ilmiy tadqiqot ishlarini 1939-yilda tuzilgan Ilmiy tadqiqotlar Oliy kengashi uyushtiradi va muvofiqlashtiradi. Akademiyalari: Madriddagi Ispan qirollik akademiyasi (1713), Huquqshunoslik va qonunchilik rollik akademiyasi (1730), Kirollik milliy tibbiyot akademiyasi (1732), Bar-selonadagi Fan va sanʼat qirollik akademiyasi (1764), Madriddagi Axlo-qiy va siyosiy fanlar kirollik akademiyasi (1857). Bir qator ilmiy tadqiqot institutlari mavjud. Ispaniyada 57 yirik kutubxona, jumladan, Madriddagi Milliy kutubxona (1712) va universitet ku-tubxonasi, Barselonadagi Kataloniya kutubxonasi bor. Ispaniyada 90 muzey boʻlib, yiriklari Madriddagi Prado muzeyi (1819), Milliy arxeologiya muzeyi (1867), Barselona, Kordova, Valensiya va Sevilyadagi badiiy muzeylardir.
Ispaniyada 120 ga yaqin gaz. va 900 jurnal nashr etiladi. Eng yiriklari: „Pays“ („Mamlakat“, kundalik gazeta, 1976-yildan), „Vanguardia“ („Ilgor“, kundalik gazeta, 1981-yildan), „Diario-16“ („Gazeta-16“, kundalik gazeta, 1976-yildan), „Levante“ („Sharq“, kundalik gazeta, 1939-yildan), „Kambio-16“ (haftalik jurnal, 1972-yildan), „Destino“ („Tak, dir“, haftalikjur., 1942-yildan). Ispaniya ax-borot agentligi — EFE 1939-yil 3-noyabrda tashkil etilgan. Ispaniyada radioeshittirish 1919-yildan, telekoʻrsatuvlar 1956-yildan olib boriladi. Ispaniya radiosi va te-lekoʻrsatuvi hukumat hamda siyosiy partiyalar vakillaridan iborat kengash tomonidan boshqariladi, radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarni nazorat qiladi. Ispaniya milliy radiosi va Ispaniya telekoʻrsatuvi davlat mahkamasi mavjud.
Adabiyoti ispan, bask, katalon tillarida va portugal tilining galisiy shevasida.
Ispan adabiyoti oʻrta asrlarda xalq ijodi, yunon, Rim va arab mada-niyatlarining taʼsirida shakllangan. Xalq baxshilari (xuchlar)ning ogʻzaki ijodiyoti ispan adabiyotining debochasi boʻlgan. Uning dastlabki yirik na-munasi — „Sid haqida doston“ (12-asr). Unda bosqinchilarga qarshi kurash qahramoni Rodrigo de Bikar (9-asr) jasorati madh etilgan. Bu davrda lo-tin, ispan tillaridagi diniy adabiyot alohida oʻrin oladi. 14-asr ispan adabiyotida „Apoloniya haqida kitob“ (12— 13-asrlar), „Aleksandr haqida kitob“ (13-asr oxiri), „Ritsar Sifar“ (13-asr) romanlari koʻzga tashlanadi. X. Manu-elning „Graf Lukanor“ (1328 — 35) kitobidagi insonparvarlik ohanglari ispan adabiyotida sezilarli vokea boʻldi. X. Ruis oʻrta asrlar adabiyotining soʻnggi isteʼdodli shoiri va Uygʻonish davrining darakchisidir. Uning „Saodatli muhabbat madhi“ kitobidagi realizm ruhi ispan adabiyoti keyingi taraqqiyotiga zoʻr taʼsir qildi. Bu davr adabiyoti italyan va fransuz Uygonish davri taʼsirida shakllandi, adabiyotning deyarli barcha asosiy janrlari rivojlandi. Lope de Vega xalqchil dra-malari bilan shuxrat qozondi. S. M. de Servantesning „Don Kixot“ asari va umuman uning ijodi I. Uygʻonish davrining gultoji boʻldi.
16-asrda boshlangan iqtisodiy, siyosiy inqiroz adabiyotga ham taʼsir etdi.
Fransuz klassitsizmiga taklidiy asarlar yaratildi. 18-asrda Yevropaning boshqa mamlakatlari kabi Ispaniyada ham maʼrifatparvarlik harakati avj oldi (B. Fleyxoo, G. M.de Xovelyanos va boshqa).
Napoleon istilosiga qarshi kurash inqilobiy romantizm oqimining rivoj topishiga, shoir X. de Espronseda ijodining shakllanishiga olib keldi. U sheʼr va dostonlarida burjua tuzumini har taraflama tanqid qildi. Re-aksion romantiklar (X. Sorrilya-i-Moral) monarxiya va feodal tuzumini koʻklarga koʻtarishga urindilar. Ispan tanqidiy realizmi 19-asr oʻrtalarida shakllandi. Uning yirik vakili — B. Peres Galdos (1843—1920)ning tarixiy romanlar turkumi („Milliy epi-zodlar“) vatanparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan. Naturalizmning nazariyotchisi va yirik vakili E. Pardo Basan (1852—1921) birinchi boʻlib „Xalq qizi“ romanida ishchilar hayotini tasvirladi.
20-asr I. tarixi va ispan madaniyati tarixidagi eng dramatik va sermahsul davrdir. Bu davrdagi soʻz sanʼatining ravnaqi prozaik va dramaturglar Xose Echegaray-i-Eysagirre, Migel de Unamuno, Ramon Mariya del Vals-Inklan, Pio Baroxii-Nesa, Xasinto Benaventei-Martines, shoirlar Anto-nio Machado, Xuan Ramon Ximenes, Federiko Garsia Lorka nomlari bilan bogʻliq. 30-yillarda inqilobiy adabiyot yaratildi. S. M. Arkonada, X. Arderius va boshqa adiblar ishchilar manfaatini himoya qilib, reaksiyani fosh etuvchi asarlar yaratdilar. Bu davrda shoirlar koʻproq romans janrida ijod etdilar.
Mamlakatda fashist rejimi oʻrnatilgach, ispan adabiyoti tushkunlikka uchradi, koʻp adiblar chet elga ketib krldilar. Kamillo Xose Selaning romanlari oʻsha davrning nisbatan yaxshi asarlaridir. Uning birinchi „Pasku-al Duartening oilasi“ (1942) romani 40—50-yillardagi ispan adabiyoti uchun harakterli boʻlgan tremendizm (isp. tremendo — dahshatli) oqimini boshlab berdi. Tremendist-yozuvchilar insonning du-nyoda chinakam yolgizligini, oʻlim, zoʻravonlik inson hayotining muqarrar bir qismi ekanini nazarda tutdilar. Yirik zamonaviy ispan prozaigiMigel Delibes ham ijodining boshlangʻich davrida shu oqim taʼsirida boʻlgan. Keyingi yillardaD. Medio, A. Matute hayotni haqqoniy tasvirlash bilan birga inson ruhiyatining nozik jihatlarini ochib berdilar. V. Aleyksandre oʻzining falsafiy lirikasida insonparvarlik gʻoyalarini qaror toptirishga intiladi.
Bask adabiyotining dastlabki namunasi B. Dechepare yozgan „Bask tilining ibtidosi“ (1545) nomli diniy va ishqiy sheʼrlar toʻplamidir. 17-asrda diniy (P. De Ashular va boshqa), 18-asrda maʼrifatchilik gʻoyalari (M. de Larramendi va boshqa) ilgari surildi. 19-asrning oʻrtalaridan romantizm yetakchi oqimga aylandi. Ayni vaqtda realistik asarlar ham paydo boʻldi (D. Agirrening „Dengiz suvlari“, „Qirqquloq“ romanlari). Hokimiyatga fashistlarning kelishi (1939) bask milliy madaniyati rivojiga jiddiy toʻsiq boʻldi. N. de Ormaecheaning vatanparvarlik ruxidagi „Bask“ dostoni, X. Echayde va X. A. Irasustaning realistik romanlari diqqatga sazovor.
Katalon adabiyoti Kataloniya va Valensiyada, Balear orollarida katalon tilida va uning shevalarida 9— 13-asrlarda ogʻzaki xalq sheʼriyati shaklida, 12-asr oxiridan esa yozma diniy adabiyot tarzida rivojlandi. Jaume I, B. Desklot va R. Muntaner proza janrida ijod qildilar. Raymund Lulliyning „Blankern haqida kitob“ asari katalon tilidagi birinchi roman edi. A. de Vilanov, F. Eshimenis kabi yozuvchilar didaktik asarlar yaratdilar. 15-asr boshidan katalon adabiyotida Uygonish davri goyalari aks etdi. A. Febrer, Sh. Fogassot, J. de Sant-Jorji Italiya poeziyasi taʼsirida asarlar yaratdilar. Shoir A. Mark (1397—1459) katalon adabiy tilining otasi hisoblanadi. 16—19-asrlardagi yozuvchilar orasida J. Roys, J. Gazul, A. Turmeda, A. Pineda, F. Garsia, A. Blaklar bor. 20-asrda shoirlardan S. Espriu, J. Sarsadenes, J. Serda, yozuvchilardan J. Es-pinas, B. Porsel, E. Torreslar mashhur.
Galisiy adabiyoti Pireney yarim orolning shimoli-gʻarbida yashovchi milliy ozchilikning portugal tili galisiy lahjasidagi adabiyotidir. 8—11-asrlarda bu lahjada rang-barang xalq laparlari toʻqilgan. 15-asr oxiridan 19-asr boshlarigacha galisiy adabiyotida ogʻzaki anʼanalar ustunlik qildi. F. Anon-i-Pas, X. M. Pintos, aka-uka Antonio kabi shoirlar yozma adabiyotni rivojlantirdilar. 20-asrda V. Matines Risko, A. Rodriges Kastelao, X. Vidal kabi yozuvchi va shoirlar ijtimoiy muammolarni koʻtarib chiqdilar. 1939-yilda Franko diktaturasi oʻrnatilgach, galisiy adabiyoti taqiqlandi. 1950-yildagina yana bu tilda kitoblar nashr etila boshladi. S. E. Ferreyro, U. Novoneyra, M. Mariya, K. Kasaresning vatanparvarlik ruhidagi sheʼr va romanlari bosilib chikdi. S. M. de Servantes, G. Lorka va boshqa yozuvchilarning asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Meʼmorligi — qad. I. hududida paleolit va neolit davrlariga oid madaniyat yodgorliklari, rimliklar hukmronligi davriga mansub teatr binolari, ehrom, koʻpriklar saqlangan. Arablar madaniyat yodgorliklaridan hashamatli masjidlar, saroylar qolgan (Kordovadagi masjid, 8-asr, Granadadagi Alhumro saroyi, 13—14-asrlar). Ispan qirolligi vujudga kelgach, Asturiyada San-Migel de Lino, Santa-Kristina de Lena va boshqa cherkovlar kurildi (9-asr). Jan.da qalʼa shaklidagi devorlar bunyod etildi. Avila sh.ning devorlari (11-asr), Toledodagi „Quyosh darvozasi“ (12-asr) shu davr meʼmorligining namunalaridan. Bu binolarda arab meʼmoriy uslubining taʼsiri koʻzga tashlanadi. 11-asrning 2-yarmidan meʼmorlik, asosan, roman uslubiyan (Santyagode-K.ompostela sh.dagi sobor), keyinroq Uygʻonish ruhida (Sa-ragosadagi La Seo sobori) rivojlandi. 13-asrdan shaharlar taraqqiy etishi munosabati bilan gotika uslubi ravnaq topdi (16-asr boshlarigacha). Burgos, Toledo, Leon shaharlarida eng yaxshi gotika soborlari qurildi. I. oʻrta asr meʼmorligida mavritan meʼmorligi va „mu-dehar uslubi“ oʻziga xosdir. „Mudehar“ uslubida gotika va arab uslublarining eng yaxshi tomonlari mujassamlantirilgan. Bu yerda sirlangan pishiq gʻishtdan qurilish va badiiy bezak ashyosi sifatida foydalanib, gilamsimon naqshlar yaratildi. Ganchkori oʻyma naq-shlar keng qoʻllandi. 16-asr 1-yarmi I. meʼmorligi italyan Uygʻonish davri meʼmorligi taʼsiri ostida boʻldi (Granadada Karl V saroyi, 1526-yil boshlangan, meʼmor P. Machuka). Bu davrda Amerikani bosib olgan ispanlar yuborib turgan asil metallar bilan asilzodalarning saroyini bezatish urf boʻldi. Hashamdor „plateresko uslubi“ ispan Uygʻonish davrining milliy meʼmoriy uslubiga aylandi. Cherkovlar ichini badiiy hunarmandchilik buyumlari bilan bezashga zoʻr berildi. Bino atroflari tilla suvi yugurtirilgan jimjimador panjaralar bilan oʻraldi. Oddiy turar joylarni esa odmigina qilib qurish davom etdi. 17—18-asrlarda barokko uslubi rivojlandi (meʼmor X. B. de Churrigera va boshqa). 18-asrning 2-yarmida fransuz va italyan sanʼati taʼsirida klassitsizm tarqaldi (meʼ-morlardan V. Rodriges, X. de Vilyanue-va). 19-asr meʼmorligida eklektika va modern uslubi ustun boʻldi. 20-asrda esa funksionalizm keng tarqaddi (Madriddagi universitet shaharchasi, ippodrom va boshqa).
Tasviriy sanʼatga oid qad. yodgorliklar Ispaniyada anchagina saqlangan. Bular Altamira va boshqa gʻorlarning devorlariga chizilgan hayvonlar tasvirlari (paleolit davriga oid), mamlakat sharqidagi gʻorlardan topilgan kulollik buyumlari va ov, urush manzaralari tasvirlari (neolit davriga oid), shuningdek, keltiberlarning haykallari, vestgotlarning zargarlik buyumlari va boshqa 8— 9-asrlardan ispan tasviriy sanʼati shakllandi. Qoʻlyozmalar uchun miniatyuralar, naqshlangan yogʻoch haykalchalar va sh.k. yaratildi. Roman va gotika uslublariga xos rasmlarda xalq ijodining taʼsiri namoyon boʻldi. 15-asr oʻrtalarida rassomlik (P. Berrugete, A. Fernandes) va haykaltaroshlik (X. de Siloe, D. Forment) oʻrta asr qoliplaridan chi-qib, haqqoniy timsollar bilan boyidi. 16-asr oxiri — 17-asr boshlarida realistik tamoyillar kuchaydi. F. Ribalta, F. Errera, D. el-Greko kabi rassomlar, A. Kano, P. de Mena, X. Martines Montanyes kabi haykaltaroshlar qirol saroyidan olisda yashab ijod qildilar va anʼanani yanada rivojlantirdilar. 17-asrda Ribera, F. Surbaran, D. Velaskes kabi buyuk rassomlarning ijodi tufayli ispan milliy rassomligi oʻzining yuqori choʻqqisiga koʻtarildi. F. Goyya asarlarida milliy realistik sanʼat, X. Madraso, X. Alvares ijodida ispan xalqining ozodlik uchun kurashi yorqin aks etdi. 19-asrda va 20-asr boshlarida realistik tamoyillar avj ola boshladi. 20-asr 1-yarmida for-malistik oqimlar (kubizm, syurrealizm va boshqa) tarqaldi (haykaltarosh P. Gorgalo, rassom S. Dali va boshqa). Ispan xalqining 1936—39 yillardagi ozodlik kurashi koʻpgina rassom va haykaltaroshlarni fashizmga karshi birlashtirdi. Bu kurashda P. Pikasso ham ishtirok etdi. Urush yillarida grafika va plakat tasviriy sanʼatda yetakchi oʻrinni egalladi. Zamonaviy ispan sanʼatida manzara janri keng tarqalgan. B. Palensiya, X. Vakero, A. Delgado kabi rassomlar va ularning izdoshlari ona yurt tabiatining nafis va real manzaralarini, uning mehnatkash kishilarining goʻzal qiyofalarini yaratdilar. Tasviriy sanʼatda demokratik tamoyillar kuchayib borayotir.
Musiqa uslublari koʻp va rang-barang Xalq musiqasida asosiy 5 ta mahalliy uslub ajratiladi: bask, galisiy, katalon, kastil va andalusiya Ispan raqslari ohangdorligi, taʼsirchanligi, shaklining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bolero, xota, fandango, segidilya, kachucha kabi xalq raqslari mashhur. Cholgʻu asboblari: gitara, skripka kabi torli, tamburin, tun-tun va pandereta, kastenyeta kabi urma sozlar, flyuviol fleytasi va boshqa 6—7-asrlarda diniy madhiya (gimn) janri rivoj topdi. 8-asrdan boshlab Ispaniyada arab musiqasi anʼanalariga asoslangan yangi uslub taraqqiy etdi (Ziryob mak-tabi, 9-asr). 12-asrda romans janri yuzaga keldi. 14-asrda trubadur (sayyor shoir, qoʻshiqchi)lar musiqasi ravnaq topdi — kantiga, albada, pastural, retroen-sa janrlari maromiga yetkazildi. Musiqali teatrning dunyoviy shakllari vujudga keldi. 15—16-asrlarda milliy sanʼat ravnaq topdi. B. Ramos de Pare-xa, F. Salinas va boshqa musiqa nazariyasi va estetikasiga oid asarlar yaratdilar. 17-asrda Ispaniyaga xos opera janri — sarsuela, 18-asrda lirik musiqali komediya — tonadilya janri shakllanib, milliy ilgʻor gʻoyalar targʻib qilindi. 19-asr 1-yarmida Madrid va Barselonada konservatoriya, opera teatrlari ochildi. 19-asr oxiridan F. Pedrel va uning izdoshlari I. Albenis, E. Granados, M. de Falya yangi milliy musiqa maktabiga asos soldi. Ularning ijodi ispan mu-siqasining choʻqqisi, 20-asr Gʻarbiy Yevropa klassik musiqasining namunasiga aylandi. 20-asrda ijrochilik sanʼati yuksak pogʻonaga koʻtarildi. Milliy ozodlik urushi yillarida S. Bakari-se, E. K. Chapi, K. Palasioning ommaviy inqilobiy vatanparvarlik qoʻshiqlari keng tarqaldi. Franko rejimi oʻrnatilgach, koʻp musiqachilar chet ellarga ketishga majbur boʻldi. Zamonaviy kompozitorlar — O. Espla Triay, E. va K. Alfterlar, G. Pitaluga, P. Sorosabal va boshqa.
Teatri qadim zamonlardan I. xalqi turmushining, urf-odati va karnavallarining tarkibiy qismi boʻlgan. Oʻrta asrlarda u boshqa mamlakatlardagi singari diniy va xalq teatri yoʻnalishida rivojlandi. 14—15-asrlarda birinchi saroy teatrlari yuzaga keldi. 16-asrda professional va yarim professional truppalar tashkil topdi. Dramaturg va aktyor Lope de Rueda bu ishga boshchilik qildi. 16-asr 2-yarmidan Madrid, Sevilya, Valensiya, Barselona, Granada va boshqa yirik shaharlarda doimiy xalq teatrlari — korralilar ochildi. Ularda S. M. Servantes, Lope de Vega, Tirso de Molina va boshqa dramaturglarningasarlari sahnalashtirildi. 17-asrda A. de Sisneros, N. de los Rios, A. de Vilyegas va boshqa rahbarligidagi truppalar shuxrat qozondi. 18-asrda fransuz klassitsizmi, estetikasini meros qilib olgan saroy teatrlarida musiqali spektakllar mashhur boʻldi. 1708-yil „Kinos del Peral“ nomli opera teatri tashkil boʻldi. Sarsuela, say-net, tonadilya kabi kichik janrlarda klassik davr anʼanalari saqlanib qoldi. 19-asrda romantik dramaturgiya va realistik komediya rivojlandi. 1849-yil Madridda „Espanol“ teatri ochildi, 1847-yil Barselonada „Liseo“ opera teatri ish boshladi. 20-asr boshlarida tan-K.IDIY realizm karor topdi. 1931-yildan soʻng teatrda ilgʻor islohotlar oʻtkazildi. G. Lorka va A. Kasoni I. teatrini demokratlashtirishga harakat qildi.
Hokimiyat Franko qoʻliga oʻtgach, ilgʻor islohrtlar bekor qilindi, sahnada koʻngilochar spektakllar qoʻyildi. 50-yillardan yirik shaharlarda yana klassik asarlar sahnalashtirila boshladi. I. teatrlarining keyingi yillardagi repertuaridan B. Brext, J. B. Pristli, A. Miller, G. Lorka va boshqa dramaturglarning oʻtkir ijtimoiytanqidiy pye-salari oʻrin oldi. Madridda 20 dan ortiq teatr bor. Aktyorlar Madrid va Barselona konservatoriyalarining sahna maqorati boʻlimlarida hamda Mad-riddagi drama sanʼati maktabida tayyorlanadi.[3]
Birinchi kinofilm 1896-yil namoyish etilgan. Keyinchalik „Qahvaxonadagi janjal“ (1898), „Doroteya“ (1898), „Tekin pivo“ (1906) kabi fil-mlar ishlandi. 1905-yil Ispaniyada A. Kuesto suratga olgan birinchi badiiy film yuzaga keldi. 1906-yilda Barselonada birinchi kinofirma — „Ispano films“ ga asos solindi. Birinchi ovozli film („Tuproqdagi suv“) 1934-yil yaratildi. Ispaniyadagi milliy inqilobiy urushni aks ettiruvchi badiiy va hujjatli fil-mlar orasida „Gʻallasiz yer“ kinosi ijtimoiy masalaga bagʻishlangan. Ispaniyada Franko rejimi davrida koʻngil ochar filmlar ishlab chiqarila boshladi. 50-yillarda „Xush kelibsiz, janob Marshal!“ (1953), „Velosipedchining oʻli-mi“ (1955), „Shoh koʻcha“ (1956), „Jallod“ (1963), „Ov“ (1965), „Qargʻalarni bok“ (1975), „Yanvarda yetti kun“ (1979), „Milliy boylik“ (1981) kabi ijti-moiytanqidiy ruxdagi filmlar yaratildi. L. Byunyuelning „Viridiana“ (1961) kinofilmi butun dunyoga tanildi. X. L. Lopes Vaskes, F. Rey, A. Ferrandis, A. Molina, A. Landa, X. Mistral, F. Rabal va boshqa I. kinosining mashhur aktyorlari, M. Pikaso, L. Byunyuel, X. Kamino, M. Aragon kabilar yetakchi rejissorlaridir. Ispaniyada Milliy kinematografiya instituti va Milliy filmoteka bor. San-Sebastyan, Val-yadolid va Barselonada Xalqaro kinofestival oʻtkazib turiladi. Yiliga 100 dan ortiq film ishlab chikariladi.[4]
Ispaniya (toʻliq rasmiy nomi: Ispaniya Qirolligi (Reino de España). Janubi-gʻarbiy Yevropada joylashgan davlat. Poytaxti — Madrid shahri. BMT aʼzosi.
Ispaniya 17 avtonom jamoat va 2 avtonom shaharga maʼmuriy boʻlingan. Jamoatlar oʻz navbatida provinsiyalarga boʻlingan, provinsiyalar 50 ta. Provinsiyalar qator munisipalitetlardan iborat.
Ispaniya futbol boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinlarda turadi. Ispaniya milliy terma jamoasi 2010-yilgi Afrika jahon chempionati, 2012-yilgi EVRo kuboklari sohibi. Dunyo ahli tan olgan yirik futbol jamoalari mavjud. Real Madrid, Barselona, Valensiya kabi dunyoga mashxur jamoalari bor.
Wikimedia Commonsda Spain mavzusiga oid fayllar bor. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.