From Wikipedia, the free encyclopedia
Madrid — Ispaniya poytaxti, Madrid provinsiyasining va Yangi Kastiliya tarixiy viloyatining bosh shahri. Mamlakatning asosiy siyosiy, iktisodiy va madaniy markazi. Mansanares daryosi (Taxo havzasi) boʻyida, Meseta platosida, 650 m balandlikda joylashgan. Iklimi quruq subtropik iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 4,9°, iyulniki 24,2°. Yillik yogʻin 420 mm. Transport yoʻli va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 2,8 mln. kishi (1998).
Madrid | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Tashkil qilinishi | VIII asr | ||||||
Viloyat | Madrid viloyati | ||||||
Aholi Zichlik |
3,228,359 (2005) 5,198 kishi/km² | ||||||
Ona tillari | Ispancha | ||||||
Shahar hokimi | Alberto Ruiz-Gallardón | ||||||
Web sayti | www.munimadrid.es |
M. ilk bor qoʻlyozmalarda 932 yilda qayd etilgan.M. oʻrnida Yu-asraa mavr-ush/jing Majirit nomli qalʼasi boʻlgan. 1083-yilda arablardan ozod etilgan va 1118-yildan erkin shahar huquqi berilgan. 14—15-asrlarda Kastiliya qirollari qarorgohi. 1561-yildan Ispaniyaning rasmiy poytaxti.
M. va uning atrofidagi korxonalar mamlakatda ishlab chiqariladigan mahsulotning 1/10 qismini beradi. Shahar sanoatining yetakchi tarmogʻi — mashinasozlik (avtomobilsozlik, samolyotsozlik, lokomotivsozlik), elektrotexnika (optika priborlari, radiotexnika va telefon jihozlari, qishloq xoʻjaligi qurollari ishlab chiqarish). Kime (jumladan, plastmassa ishlab chiqarish), qurilish materiallari, poligrafiya, kimyo-farmatsevtika, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, farfor-fayans va boshqa sa-noat korxonalari bor. Badiiy xunarmandchilik (kashta tikish, toʻr toʻqish, zargarlik buyumlari tayyorlash va boshqalar) rivojlangan. M.da yirik korxonalar boshqarmasi, banklar, sugʻurta kompaniyalari, savdo firmalari va birjalar joylashgan. M. — xalqaro turizm markazlaridan. Untlar, Mariya Kristina qirollik kollegiumi, konservatoriya, sanʼatshunoslik va boshqa oʻquv mu-assasalari, Qirollik akademiyasi, ilmiy tadqiqot institutlari, astronomiya rasadxonasi, botanika bogʻi, kutubxonalar, Prado muzeyi, Milliy arxeologiya, sanʼat va boshqa muzeylar bor. Metropoliten qurilgan. Meʼmoriy yodgorliklardan yepiskop ka-pellasi (1520), Pla sa Mayor ansambli (1619), Kirol saroyi (1738—64), cherkovlar, ratusha (17—18-asrlar) va boshqa saqlangan.[1]
Arxeologik izlanishlar Mansanares daryosining qirg'og'ida so'nggi paleolit davriga (tahminan 100 ming yil oldin) oid insoniyat izlari borligini isbotlab berdi. Madrid ilk bor solnomalarda eslanadi. Aytishlaricha shaharni Kordobaning amiri Muhammad I leonlar va kastillardan himoya qilgan. Shahar ilk bor Madjirit nomi bilan, milodiy 932-yilda atalgan.
Shahar tumanlari
|
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.