From Wikipedia, the free encyclopedia
Munitsipalitet (nemischa: Munizipalität , fransuzcha: municipalité, lotincha: municipiumdan) — aniq belgilangan hududga va unda yashovchi aholisiga ega oʻzini-oʻzi boshqaruvchi maʼmuriy-hududiy birlik (odatda aholi punktlari guruhi, shahar, shahar tipidagi qishloq yoki qishloq). Ayrim mamlakatlarda (masalan, AQSH, Buyuk Britaniya) shahar boshqaruv organlarigina munitsipalitet deb ataladi. Moskva shahrida mahalliy oʻzini oʻzi boshqaruvchi organ munitsipalitet deb ataladi, u munitsipal yigʻilish va mahalliy maʼmuriyat boshligʻi (munitsipalitet rahbari)ni oʻz ichiga oladi. munitsipalitet tegishli maʼmuriyhududiy birlik aholisi tomonidan saylanadi va unga konstitutsiyaviy huquqda xalq-huquqiy korporatsiyalari sifatida qaraladi. Odatda, munitsipalitet mer, burgomistr va shahrik. boshchiligidagi saylab qoʻyiladigan rayosat hamda ijrochi mulozimlar devonidan iborat boʻladi. Munitsipalitet munitsipal korxonalar, turar joy fondi va boshqa mulklar egasi boʻlishi mumkin; u davlat maktablari, sanitariya xizmati idoralari, mahalliy politsiya, bir qancha mamlakatlarda esa tibbiy xizmat va ijtimoiy taʼminot boʻyicha turli muassasalarni boshqaradi. munitsipalitetning asosiy daromad manbai aholidan yigʻiladigan mahalliy soliqlardir.[1]
Vikilugʻatda munitsipalitet nomli maqola mavjud. |
Odatda, har xil davlatlarda ikki xildagi maʼmuriy birlikni munitsipalitet deb ataydilar:
Munitsipalitet quyidagi mamlakatlar maʼmuriy birligi hisoblanadi:
Munitsipal sifati shuningdek Rossiya, Ukraina va boshqa Sovet davridan keyingi mamlakatlarda davlat mulkchiligi obʼyektlariga nisbatan qoʻllanadi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.