Indonez tili
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Indonez tili (indonezcha: Bahasa Indonesia) — indonezlar tili. Indoneziya Respublikasining rasmiy tili. Malayyapolineziya tillari indonez shoxobchasi sumatra guruhiga kiradi. I. t. nomi Indoneziya Respublikasi tashkil topgandan sung malayya tili urnida qullana boshladi (1945). I. t. malayya tili asosida rivojlana boshlaydi va undan leksikasi hamda morfologiyasiga kura farq qiladi. Bu tilga oid qad. yodgorliklar (7-asr) Sumatra o. dan topilgan. 3-asr dan to 20-asr 30-y. larigacha malayya tili kabilala-raro va orollararo aloqa tili vazifasini utagan. Bu til oʻz tarixiy ta-raqqiyoti mobaynida turli alifbolardan tuzilgan yozuvga ega boʻlgan. 13-asr gacha devanagari alifbosidagi, 14— 19-asrlarda bir necha harf qoʻshib arab grafikasiga asoslangan alifbodagi yozuvdan foydalanilgan. 19-asr boshlaridan lotin grafikasiga asoslangan alifbodagi yozuvga ega. Rivojlanish jarayonida bu til lugʻati xitoy,,sanskrit, arab, golland va b. hamda qardosh (yava, sundan, minan-kuba va b.) tillardan oʻzlashtirilgan soʻzlar hisobiga boyib boradi. Fonetik tarkibi 6 unli, 4 diftong va 18 undoshdan iborat; undoshlar jarangli va jarangsizga boʻlinadi.[1]
Remove ads
Remove ads
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads