Ricardo Horta
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ricardo Jorge da Luz Horta (talaffuzi: Rikardo Xorxe da Luz Xorta) — portugaliyalik futbolchi, „Braga「 klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Ricardoning ukasi Andre, u ham professional futbolchi.
Ricardo Horta | |
---|---|
![]() | |
Umumiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Ricardo Jorge da Luz Horta |
Tugʻilgan |
15-sentabr 1994-yil (28 yosh) |
Fuqaroligi | |
Boʻyi |
173 sm |
Pozitsiyasi | |
Hozirgi jamoasi | |
Raqami |
21 |
Wikimedia Commonsdagi media fayllar |
Jamoalardagi faoliyati
Ricardo Horta futbol oʻynashni „Benfica「 akademiyasida boshlagan, 2011-yilda u „Vitoria Setúbal「ning yoshlar tizimiga oʻtgan. 2013-yilning 7-aprelida u Sangrish Ligada [1] Ricardo Horta „Ave「ga qarshi debyut qilgan. 9-dekabr kuni „Akademiklar「ga qarshi kechgan duelda Ricardo Horta yangi jamoasi safidagi ilk golini urgann[2].
2014-yilning yozida Ricardo Horta Ispaniyaning „Málaga「 jamoasiga oʻtdi[3]. 23-avgust kuni u La Ligadagi debyutini „Athletic Bilbao「 jamoasiga qarshi oʻtkazdi[4]. 2015-yilning 6-yanvarida „Levante「ga qarshi Ispaniya kubogi o『yinida Ricardo Horta „Málaga「 safidagi ilk golini urdi[5]. 28-fevral kuni „Getafe「ga qarshi oʻyinda u Ispaniya chempionatidagi ilk golini urdi[6].
Xalqaro karyerasi
2013-yilda Ricardo Horta 19 yoshgacha boʻlgan Portugaliya terma jamoasi tarkibida Litvada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi[7][8]. Turnirda u Ispaniya, Gollandiya, Litva va Serbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[9]. Gollandiyaliklarga qarshi kechgan duelda Ricardo Horta gol urdi[10].
2014-yil 7-sentyabrda Albaniyaga qarshi 2016-yilgi Yevropa chempionati saralash o『yinida Ricardo Horta Portugaliya terma jamoasi safida debyut qildi va ikkinchi bo『limda Uilyam Karvalyu o『rniga maydonga tushdi[11].
2017-yilda Portugaliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Ricardo Horta Polshada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi[12]. Turnirda u Ispaniya va Makedoniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi[13].
2022-yil may oyi oxirida u yana Fernando Santosdan UEFA Millatlar Ligasi 2022-2023 oʻyinlari uchun asosiy jamoaga chaqiruv oldi. 2-iyun kuni u Rafael Leau oʻrniga zaxiradan maydonga tushganidan 10 daqiqa oʻtib Ispaniya terma jamoasiga qarshi oʻyinda Xuan Kanseloning golli uzatmasi bilan Selesao darvozasini ishgʻol qildi.
Statistikasi
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubog | Liga kubogi | Yevropa kubogi | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | ||
Vitória Setúbal | 2012-2013 | 6 | 0 | — | — | — | — | 6 | 0 | ||||
2013-2014 | 28 | 7 | 2 | 0 | 5 | 0 | — | — | 35 | 7 | |||
Jami | 34 | 7 | 2 | 0 | 5 | 0 | — | — | 41 | 7 | |||
Málaga | 2014-2015 | 31 | 1 | 6 | 2 | — | — | — | 37 | 3 | |||
2015-2016 | 17 | 0 | 2 | 0 | — | — | — | 19 | 0 | ||||
Jami | 48 | 1 | 8 | 2 | — | — | — | 56 | 3 | ||||
Braga (ijara) | 2016-2017 | 32 | 6 | 2 | 0 | 5 | 2 | 5 | 1 | 0 | 0 | 44 | 9 |
Braga | 2017-2018 | 30 | 11 | 2 | 0 | 4 | 0 | 7 | 1 | — | 43 | 12 | |
2018-2019 | 34 | 8 | 6 | 0 | 2 | 0 | 2 | 2 | — | 44 | 10 | ||
2019-2020 | 33 | 12 | 3 | 2 | 5 | 4 | 11 | 6 | — | 52 | 24 | ||
2020-2021 | 32 | 9 | 6 | 3 | 3 | 0 | 7 | 3 | — | 48 | 15 | ||
2021-2022 | 32 | 19 | 2 | 0 | 2 | 0 | 12 | 4 | 1 | 0 | 49 | 23 | |
2022-2023 | 8 | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 3 | 1 | — | 11 | 6 | ||
Jami | 201 | 69 | 21 | 5 | 21 | 6 | 47 | 18 | 1 | 0 | 291 | 98 | |
Umumiy karyerasida | 280 | 77 | 31 | 7 | 26 | 6 | 47 | 18 | 1 | 0 | 385 | 108 |
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.