From Wikipedia, the free encyclopedia
Stefani Frappart (1983-yil 14-dekabrda tugʻilgan) — fransuz futbol hakami . U 2009-yildan beri FIFA xalqaro hakamlar ro‘yxatida[1] bo‘lib, bir qancha nufuzli o‘yinlarga hakamlik qilgan. U 2019-yilda asosiy erkaklar o‘rtasida o'tkazilgan Yevropa va Fransiya Liga 1 o‘yininida hakamlik qilgan va 2020-yilda o'tkazilgan UEFA Chempionlar Ligasi uchrashuvini boshqargan birinchi ayol bo‘lgan[2] 2021- yilda Frappart erkaklar o'rtasida o'tkazilgan Jahon Chempionati saralash o'yining nazoratini o'z zimmasiga olgan birinchi ayol edi.[3] 2022-yilda u erkaklar o‘rtasida o'tkazilgan Jahon Chempionatida hakamlik vazifasini o'tash uchun tanlangan uchta ayol hakamlardan biri edi[4], bundan oldin u barcha ayol hakamlardan iborat jamoa ichida erkaklar o‘rtasida bo'lib o'tgan Jahon Chempionatiga hakamlik qilgan birinchi ayol bo‘ldi.[5][6]
Frappart Herblay-sur-Seine shahrida voyaga yetgan va 13 yoshida yoshlar o'rtasida o'tkazilgan o'yinlarda hakamlik qila boshlagan[7] 19 ta milliy o'yinga hakamlik qilganida u 18 yoshda edi .[7] 2011-yilda Frappart Fransiyadagi erkaklar futbolining uchinchi divizioni, Championnat National musobaqasida o'yinlarni boshqara boshladi.[8] 2014-yilda Frappart Fransiyadagi professional erkaklar futbolining ikkinchi darajasi bo'lgan Liga 2da hakamlik qilgan birinchi ayol bo'ldi.[8] U 2015 yilda Kanadada bo'lib o'tgan ayollar o'rtasidagi Jahon chempionatida hakam sifatida ishlagan.[9][10]
2018-yil 3-dekabr kuni,Frappart 2019-yilda Fransiyada bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga hakamlik qilish uchun tayinlandi.[11] 16-tur yakunlanganidan keyin, Frappart turnirning qolgan qismida saqlanib qoladigan 11 nafar rasmiylardan biri sifatida tanlangani e'lon qilindi.[12] Frappart 2019-yil 7-iyul kuni AQSh va Gollandiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan turnirning finaliga hakam etib tayinlanadi.[13]
Uning 2019-yil aprel oyida Liga 1da[14] birinchi ayol hakam boʻlishi eʼlon qilindi va birinchi o'yinni boshqarishi SC Amiens va RC Strasbourg oʻrtasidagi 2019-yil 28-apreldagi o'yinida boʻldi.[15] Frappart UEFA Superkubogi-2019 "Liverpul " va " Chelsi" o'rtasidagi 2019-yil 2-avgustda bo'lib o'tgan o'yinni boshqarib boradigan hakam etib tayinlandi.[16][17] Shundan keyin u Yevropada o'tkazilgan erkaklar o‘rtasidagi yirik o‘yinda hakamlik qilgan birinchi ayol bo‘ldi.[18]Frappart Irlandiya Premer-divizioni ligasi g‘oliblari va NIFL Premer-ligasi o‘rtasidagi ilk Chempionlar Kubogi musobaqasining 2019-yil 11-noyabrda bo'lib o'tgan javob uchrashuvini boshqardi.[19] O'yinda Irlandiya Respublikasi chempioni " Dundalk" 6:0 hisobda Shimoliy Irlandiya chempioni "Linfild" ni mag'lub etdi,o'yinda Frappart ikkita sariq kartochka ko'rsatgan.[20]
2020-yilning 2-dekabrida “Yuventus” – “Dinamo Kiev” o'rtasida bo'lib o'tgan o'yindagi UEFA Chempionlar Ligasida birinchi ayol hakam bo‘ldi.[21] 2021-yil mart oyida UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi doirasidagi “Atletiko Madrid ” va “Chelsi” o‘rtasidagi javob o‘yini Frapport tomonidan boshqarilgan.[22] O'sha oyning oxirida u Gollandiya va Latviya o'rtasidagi o'yinda FIFA Jahon chempionati saralash bosqichini birinchilardan bo'lib boshqargan ayol bo'ldi.[23]
U 2022-yil 7-mayda o'tkazilgan Nitstsa va Nant o‘rtasidagi 2022-yilgi Fransiya kubogi finalida hakam vazifasini bajargan..[24]
U 2022-yil 19-mayda hakamlik qilish uchun 2022-yilgi FIFA Jahon chempionatida tanlangan.[25] U 2022-yil 1-dekabr kuni bo'lib o'tgan Kosta-Rika va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni boshqarib, erkaklar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘yiniga hakamlik qilgan birinchi ayol bo‘ldi.[26]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.