Dinamo (Kiyev futbol klubi)
From Wikipedia, the free encyclopedia
"Dinamo" (ukraincha: «Динамо») — Kiyev shahridagi Ukrainaning professional futbol klubi. „Dinamo“ Ukraina futbol chempionatlarining doimiy ishtirokchisi boʻlgan. SSSR va Ukrainadagi eng nomdor futbol klubi hisoblangan[2][3].



![]() | ||||
Toʻliq nomi |
Футбольний клуб «Динамо» Київ Football Club Dynamo Kyiv | |||
---|---|---|---|---|
Laqabi | Біло-сині (The Blue & Whites) | |||
Asos solingan | 13-may, 1927-yil | |||
NSC Olimpiyskiy | ||||
Sigʻimi | 70,050 | |||
Owner |
Ihor Surkis (63.71%)[1] Investment Fund „Sports Capital“ (23%)[1] Alutsiana Commercial Ltd (Cyprus) (11.26%)[1] Dynamo (.66%)[1] Leonid Kravchuk (.66%)[1] Svitlana Lobanovska (.72%)[1] | |||
President | Ihor Surkis[1] | |||
Head coach | Oleksandr Shovkovskyi | |||
Liga | Ukrainian Premier League | |||
Oʻrni | Ukrainian Premier League, 4th of 16 | |||
Vebsayti | Klub sayti | |||
| ||||
Klub 1927-yil 13-mayda tashkil topgan[4]. Dinamoning ilk oʻyini 1928-yil 17-iyulda Odessaning „Dinamo“ jamoasiga qarshi boʻlib oʻtgan hamda 2:2 hisobida durang qayd etilgan. Sovet davrida klub 13 marta SSSR chempionati, 9 marta SSSR kubogi, 3 marta SSSR Superkubogini qoʻlga kiritgan. Oliy divizionda barcha SSSR chempionatlarida qatnashgan ikkita futbol klublaridan biri. SSSR chempionligini qoʻlga kiritgan birinchi Moskvadan boshqa futbol klubi deb qaralgan.
Xalqaro maydonda u 2 karra UEFA Kubok egalari kubogi (1975, 1986) va UEFA Superkubogi (1975) sovrindori. Yevropa kubogini qoʻlga kiritgan birinchi sovet klubi.
Mustaqil Ukraina davrida u milliy chempionatda 16 marta, mamlakat kubogida 13 marta, Ukraina Superkubogida 9 marta zafar quchgan.
Klubning uy stadioni „NSC Olimpiyskiy“ (sobiq „Respublika“) 1923-yilda foydalanishga topshirilgan va Ukrainadagi eng yirik futbol stadioni hisoblanadi. Ushbu yirik stadion 70 000 dan ortiq muxlislarni oʻz bagʻriga sigʻdirish imkoniga ega.
Kiyening „Dinamo“ klubi „kicker“ jurnali talqiniga koʻra 20-asrda dunyoning eng yaxshi klublari roʻyxatida 8-oʻrinni, shuningdek, „IFFHS“ boʻyicha XX asrning eng yaxsh Yevropa klublari roʻyxatida 16-oʻrinni band etgan[5][6][7]. „France-Presse“ maʼlumotlariga koʻra, XX asrning Sharqiy Yevropadagi eng yaxshi klubi deb qaralgan (2000-yil). „CK“ tahliliy agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2011-yil natijalariga koʻra, „Dinamo“ haqiqiy muxlislar miqdori boʻyicha Ukrainadagi birinchi, Yevropada esa 19-yirik futbol klubi deb qaralgan.
„Dinamo“ faqat 1928-yil 1-iyulda oʻzining ilk rasmiy oʻyinini oʻtkazgan.
„Dinamo“ ilk rasmiy oʻyinini Bila Tserkvada shu shahar jamoasiga qarshi oʻtkazgan. „Dinamo“ 5-daqiqadayoq hisobni ochishga erishgan, ammo 1:2 hisobida magʻlubiyatga uchragan.
Keyingi oʻyin 1928-yil 17-iyulda Odessaning „Dinamo“ klubiga qarshi oʻtkazgan. Oʻyin shiddatli qizgʻin va keyinchalik past sur’atda oʻtgan hamda uchrashuv 2:2 hisobida yakunlangan. Ushbu oʻyindan soʻng darhol Barminskiy oʻzining eski doʻsti Lazar Koenni „Odessa“dan „Dinamo“ga taklif qilgan.
1928-yil 1-sentabrda kiyevliklar oʻrtoqlik oʻyinida Moskva chempioni — „Dinamo“ (Moskva)ni qabul qilishdi. Mehmonlar Ukraina klubini 6:2 hisobida magʻlub qilishgan.

Futbolchilar
Birinchi jamoa tarkibi
Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.
|
|
U-19 jamoasi
Asosiy maqola: Dynamo Kyiv junior squads and Academy
Ijaraga berilgan futbolchilar
Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.
|
|
Alohida saqlangan raqamlar
Asosiy maqola: List of retired numbers in association football
12 — Club Supporters (the 12th Man)
SSSR yilning eng yaxshi futbolchilari
Quyidagi oʻyinchilar SSSRda yilning eng yaxshi oʻyinchilari boʻlishgan:
- Andrey Biba — 1966-yil
- Vladimir Muntyan — 1969-yil
- Yevgeniy Rudakov — 1971-yil
- Oleg Bloxin — 1973, 1974, 1975-yillar
- Anatoliy Demyanenko — 1985-yil
- Aleksandr Zavarov — 1986-yil
- Aleksey Mixaylichenko — 1988-yil
SSSR chempionatining eng yaxshi toʻpurarlari
Quyidagi futbolchilar SSSR chempionatining eng yaxshi toʻpurarlari boʻlishgan:
- Makar Goncharenko — 1938 yil
- Andrey Zazroev — 1952-yil
- Oleg Bloxin — 1972, 1973, 1974, 1975, 1977
- Oleg Protasov — 1990-yil
SSSRda yilning eng yaxshi darvozaboni
Quyidagi oʻyinchilar SSSRda yilning eng yaxshi darvozabonlari boʻlishgan:
- Viktor Bannikov — 1964-yil
- Yevgeniy Rudakov — 1969, 1971, 1972-yillar
- Viktor Chanov — 1986-yil
Futbolchilar rekordalari
Eng yaxshi toʻpurarlar
- 2023-yil 21-avgust[12]
№ | Ism | Yillar | Liga | Kubok | Yevropa | Boshqa | Jami |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | ![]() | 1969-1987 | 211 | 29 | 26 | 0 | 266 |
2 | ![]() | 1992-2000 2005-2007 | 113 | 19 | 31 | 0 | 163 |
3 | ![]() | 1999-2008 | 97 | 22 | 23 | 0 | 142 |
4 | ![]() | 2007-2017
2023- |
102 | 19 | 19 | 0 | 140 |
5 | ![]() | 1994-1999 2009-2012 | 83 | 16 | 25 | 0 | 124 |
6 | ![]() | 2003-2016 2017-2018 | 57 | 15 | 22 | 2 | 96 |
7 | ![]() | 2016-2023 | 77 | 4 | 13 | 0 | 94 |
8 | ![]() | 2002-2013 | 57 | 11 | 16 | 3 | 87 |
9 | ![]() | 1973-1984 | 56 | 12 | 14 | 0 | 82 |
10 | ![]() | 1971-1981 | 62 | 11 | 8 | 0 | 81 |
- Boshqa — mamlakat Superkubogi
Eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchilari
- 2018-yil 19-may[13]
№ | Ism | Yillar | Liga | Kubok | Yevropa | Boshqa | Jami |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | ![]() | 1993-2016 | 426 | 58 | 144 | 9 | 637 |
2 | ![]() | 1969-1987 | 432 | 67 | 79 | 3 | 581 |
3 | ![]() | 2003-2016 2017-2018 | 295 | 43 | 98 | 6 | 442 |
4 | ![]() | 1979-1990 1992-1993 | 347 | 47 | 43 | 2 | 439 |
5 | ![]() | 1973-1984 | 304 | 52 | 51 | 2 | 409 |
6 | ![]() | 1968-1982 | 310 | 45 | 44 | 2 | 401 |
7 | ![]() | 1965-1977 | 302 | 34 | 35 | 0 | 371 |
8 | ![]() | 1976-1990 | 278 | 48 | 39 | 3 | 368 |
9 | ![]() | 1992-2000 2005-2007 | 242 | 44 | 72 | 2 | 360 |
10 | ![]() | 1993-2002 2005-2008 | 253 | 41 | 62 | 0 | 356 |
- Boshqa — mamlakat Superkubogi
Yana qarang
- FC Dynamo-2 Kyiv
- FC Dynamo-3 Kyiv
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.