Oʻzbekiston Superligasi (sobiq nomi – Oliy liga) – Oʻzbekiston professional futbol klublarining oliy toifali musobaqasi. Homiylik nuqtai nazaridan Coca-Cola Superligasi deb ham yuritiladi. Oʻzbekiston Superligasi Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan oʻtkaziladi. Superligada ishtirokchi jamoalari soni ayni paytda 14tani tashkil etadi. Mavsum yakuniga koʻra, Superligada soʻnggi ikki pogʻonani egallaydigan klublar Pro ligaga tushib ketadi. Superliga yakunida 12-oʻrinni qoʻlga kiritadigan jamoa esa Pro liganing 3-oʻrindagi klubiga qarshi Oʻtish uchrashuvida ishtirok etadi. Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi kelgusi mavsumda Osiyo Chempionlar ligasida qatnashish huquqiga, shuningdek Oʻzbekiston Superkubogida mamlakat kubogi sohibiga qarshi oʻynash imkoniyatiga ega boʻladi.

Qisqa faktlar Toʻliq nomi, Davlat ...
Oʻzbekiston Superligasi
Thumb
Toʻliq nomi Oʻzbekiston Superligasi
Davlat Oʻzbekiston
Konfederatsiya Osiyo Futbol
Konfederatsiyasi
Oʻtkazuvchi tashkilot Oʻzbekiston Professional
futbol ligasi
Futbol tuzilmasidagi oʻrni 1
Asos solingan sana 1992-yil
Xalqaro musobaqalar Osiyo Chempionlar ligasi
Klublar soni 14 ta
Quyi divizion Pro liga
Ichki kuboklar O'zbekiston kubogi
Liga kubogi
Eng kuchli jamoa Paxtakor (14 marta)
Eng yaxshi toʻpurar Anvar Berdiyev (225ta gol)
Eng koʻp oʻyin
oʻtkazgan futbolchi
Asror Aliqulov (520ta oʻyin)
Sayt Rasmiy sayti
Yopish

Musobaqa formati

Musobaqalarni boshqarish, tashkil etish va oʻtkazilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan amalga oshiriladi. Superliga odatiy ikki davrali formatda tashkil etiladi. Chempionat har yili fevral oyi soʻnggida start oladi va noyabrga qadar davom etadi. Mavsum davomida har bir klub boshqa klublar bilan ikki marta, bir marta uyda va bir marta mehmonda — jami 26 ta oʻyin oʻtkazadi. Jamoalar gʻalaba uchun uch ochko oladi, durang uchun bir ochko, magʻlubiyat uchun ochko berilmaydi. Jamoalar umumiy ochkolar boʻyicha tartiblangan, mavsum oxirida eng yuqori oʻrinni egallagan klub chempion boʻladi. Superligada asosiy jamoa uchrashuvidan bir kun keyin U21 chempionati oʻyini ham oʻtkaziladi.

Tarixi

Oʻzbekistonda futbol boʻyicha mamlakat chempionati 1992-yildan boshlab oʻtkazib kelinadi. Ilk bora tashkil etilgan chempionatda „Paxtakor“ va „Neftchi“ bir xil ochko jamgʻarib, yakunda qoʻshchempionlikni tantana qilishgan. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati yuqori divizioni dastlab Oliy liga deb nomlangan. Milliy chempionat 1992—2017-yillar mavsumlarida Oliy liga nomi ostida tashkil etilgan. 2018-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Professional futbol ligasi ichki chempionatda islohotlar amalga oshirib, yuqori divizionni Oʻzbekiston Superligasiga aylantirdi[1].

Klublar

Oʻzbekiston klublari ichida eng koʻp sovrindor jamoa – Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi sanaladi. „Paxtakor“ hozirga qadar 15 marta Oʻzbekiston chempionatida oltin medalga ega chiqqan. Oʻzbekiston Superligasining sovrindor klublari Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etishadi. Xususan, Oʻzbekiston chempioni va Oʻzbekiston Kubogi sohibi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida toʻgʻridan-toʻgʻri qatnashsa, Superliganing kumush va bronza medallari gʻoliblari saralash bahslari orqali Chempionlar ligasiga yoʻl olishadi. Hozirga qadar Superliga jamoalarining qitʼa Chempionlar ligasidagi eng yaxshi natijasi yarim final boʻlib qolmoqda. Ayrim yillarda Oʻzbekiston klublari Osiyoda nufuz jihatidan ikkinchi oʻrindagi OFK kubogi musobaqasida ham ishtirok etgan. Xususan, „Nasaf“ 2011-yilda OFK kubogi finalida gʻalaba qozongan.

Superligada legionerlar limiti

OʻzPFL musobaqalari uchun klub 5 nafargacha xorijlik futbolchini legioner sifatida roʻyxatdan oʻtkazish mumkin. Bunda ulardan biri (yoki hammasi) Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga aʼzo mamlakat fuqarosi boʻlishi shart, yaʼni Oʻzbekistonda 4+1 limiti amal qiladi. OFKga aʼzo davlatdan legioner mavjud boʻlmagan taqdirda klub ariza varaqasiga 4 nafardan ortiq chet ellik futbolchini kirita olmaydi (farm klub safida roʻyxatdan oʻtgan futbolchi ham shunga qoʻshib hisoblanadi).

Superliga futbolchilarining rekordlari

Oʻzbekiston Superligasida mahalliy va xorijlik bir qator mashhur futbolchilar faoliyat olib borishgan. Xususan, braziliyalik Rivaldo 2008—2010-yillar mobaynida „Bunyodkor“ sharafini himoya qilgan. 2009-yilda 20 ta gol bilan Rivaldo Oʻzbekiston chempionati toʻpurariga aylangan. Superligada toʻpurarlik boʻyicha rekordchi – Anvar Berdiyev sanaladi. „Neftchi“ jamoasi safida uzoq vaqt barqaror oʻynagan futbolchi Oʻzbekiston chempionatlari tarixida 225 ta gol kiritishga erishgan. Oʻtkazgan oʻyinlari soni boʻyicha rekordchi esa – Asror Aliqulov hisoblanadi. Yaqin oʻtmishning taniqli himoyachisi umumiy hisobda 520 ta oʻyinda maydonga tushgan[2][3].

Mavsumlardagi sovrindorlar

Har mavsum yakunida Superliganing uchta sovrindor jamoasi va quyi oʻrinni egallab Oʻzbekiston Pro ligasiga tushib ketadigan jamoalari nomi aniqlanadi[4].

Sovrindor klublar

„Paxtakor“dan keyingi eng koʻp sovringa ega chiqqan jamoalar – „Neftchi“ hamda „Bunyodkor“ sanaladi. Har ikkala jamoa ham oʻz tarixida 5 martadan Oʻzbekiston chempionati oltin medallarini qoʻlga kiritgan[5].

Liganing barcha davrlardagi jadvali, 1992—2023-yilgi mavsum[6]

1-dekabr 2023 boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra
Batafsil maʼlumot Pos, Jamoa ...
Pos Jamoa Mavsum Ochko Oʻyin Gʻal Dur Magʻ U.G. Oʻ.G. 1 2 3 Eng yaxshi
1Paxtakor322020942640154148208678316621
2Neftchi Fargʻona29162986449315022116359185911
3Navbahor Namangan3214639424391993041514108311101
4Nasaf Qarshi271442790428168194136382904112
5Buxoro291121864325146393112813140102
6Soʻgʻdiyona Jizzax281004830281161388103313120112
7Bunyodkor17974482292102908433975311
8Andijon27915792250165377103012830005
9Metallurg-Bekobod2690775625015734990311390005
10Qizilqum-Zarafshon248906962461522988369880013
11Dinamo Samarqand2486373224413135787710810004
12Lokomotiv-Toshkent168564602491091548085893411
13Mashal-Muborak197445382141022236737250112
14Qoʻqon 191217634516180942526708720005
15Olmaliq16622452175971766386210023
16Traktor-Tashkent16621490178872256848140004
17Doʻstlik11559346169521256695322001
18Surxon-Termiz17536504148922535749140006
19Shoʻrtan-Gʻuzor12381340109541773935660004
20MHSK736221610644664203351111
21Xorazm823024862441422815180007
22Zarafshon Navoiy62171966037992363550009
23Yangiyer Sirdaryo7205216563712326638500010
24Orol Nukus515516444239717132900011
25Kosonsoy Namangan51451564025911713050008
26Guliston Sirdaryo5119154341710314234000014
27Atlaschi Margʻilon41181243416741492800007
28Chirchiq410312226257113024000014
29Toʻpalang-Sariosiyo396862812461031460009
30Kimyogar-Chirchiq39610425215811319300014
31Olimpik Toshkent2665215211657600006
32Akademiya Toshkent159341611772450005
33Semurgʻ Angren257721512459920000012
34Turon Yaypan2335261531328800013
35Sementchi-Quvasoy131308715396400015
36Chilonzor-Toshkent130348620517000016
37Shahrixon128327718256700015
38Obod Toshkent124306618255100014
39Vobkent Buxoro115303621237000016
40Uz-Dong-Ju Andijon113302721176500016
Yopish
Oʻzbekiston Superligasi 2023 ning jamoalari
Joriy yildagi Oʻzbekiston Pro ligasi 2023 ligasida oʻynagan jamoalar
Klub faoliyati tugatilgan

Superliga futbolchilarining rekordlari

Batafsil maʼlumot Ismi, Yillari ...
Yopish

Mavsumlardagi sovrindorlar oʻrni va toʻpurarlar roʻyxati

Oʻzbekiston chempionatining ilk mavsumida Valeriy Kechinov 24 ta gol bilan toʻpurar nomiga ega chiqqan. 2000-yilgi mavsumda „Doʻstlik“ jamoasi safida Jaʼfar Irismetov 45 ta gol kiritib mavsum toʻpurariga aylangan va ushbu natija hozirga qadar bir mavsum uchun rekord sanaladi[9].

Batafsil maʼlumot Mavsum, Chempion ...
Mavsum Chempion Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin
1992 1 Paxtakor
Neftchi Fargʻona
Soʻgʻdiyona
1993 Neftchi Fargʻona Paxtakor Navbahor Namangan
1994 Neftchi Fargʻona Nurafshon Buxoro Navbahor Namangan
1995 Neftchi-Fargʻona MHSK Navbahor-Namangan
1996 Navbahor Namangan Neftchi Fargʻona MHSK
1997 MHSK Neftchi Fargʻona Navbahor Namangan
1998 Paxtakor Neftchi Fargʻona Navbahor Namangan
1999 Doʻstlik Neftchi Fargʻona Navbahor Namangan
2000 Doʻstlik Neftchi Fargʻona Nasaf Qarshi
2001 Neftchi Fargʻona Paxtakor Nasaf Qarshi
2002 Paxtakor Neftchi Fargʻona Qizilqum Zarafshon
2003 Paxtakor Neftchi Fargʻona Navbahor Namangan
2004 Paxtakor Neftchi Fargʻona Navbahor Namangan
2005 Paxtakor Mash’al Mubarak Nasaf Qarshi
2006 Paxtakor Neftchi Fargʻona Nasaf Qarshi
2007 Paxtakor Kuruvchi Mash’al Mubarak
2008 2 Bunyodkor Paxtakor Neftchi Fargʻona
2009 Bunyodkor Paxtakor Nasaf Qarshi
2010 Bunyodkor Paxtakor Nasaf Qarshi
2011 Bunyodkor Nasaf Qarshi Paxtakor
2012 Paxtakor Bunyodkor Lokomotiv Tashkent
2013 Bunyodkor Lokomotiv Toshkent Nasaf Qarshi
2014 Paxtakor Lokomotiv Tashkent Nasaf Qarshi
2015[10] Paxtakor Lokomotiv Tashkent Nasaf Qarshi
2016[11] Lokomotiv Tashkent Nasaf Qarshi Bunyodkor
2017[12] Lokomotiv Tashkent Nasaf Qarshi Paxtakor
2018 Lokomotiv Tashkent Paxtakor Navbahor Namangan
2019 Paxtakor Lokomotiv Tashkent Bunyodkor
2020 Paxtakor Nasaf Qarshi AGMK
2021 Paxtakor Soʻgʻdiyona AGMK
2022 Paxtakor[13] Navbahor Namangan Nasaf Qarshi
2023 Paxtakor Nasaf Qarshi Navbahor Namangan
1Oliy Liga turniri

2Oʻzbekiston Professional futbol ligasi turniri

3Superliga turniri

Yopish

Sovrindor klublar

Klublar Gʻolib Kumush Bronza
Soni Yil Soni Yil Soni Yil
Paxtakor (Toshkent) 16 1992, 1998, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2012, 2014, 2015, 2019, 2020, 2021, 2022, 2023[13] 6 1993, 2001, 2008, 2009, 2010, 2018 2 2011, 2017
Neftchi (Fargʻona) 5 1992, 1993, 1994, 1995, 2001 9 1996, 1997, 1998, 1999, 2000, 2002, 2003, 2004, 2006 1 2008
Bunyodkor 5 2008, 2009, 2010, 2011, 2013 2 2007, 2012, 2016 2 2016, 2019
Lokomotiv (Toshkent) 3 2016, 2017, 2018 4 2013, 2014, 2015, 2019 1 2012
Doʻstlik (Toshkent viloyati) 2 1999, 2000
MHSK 1 1997 1 1995 1 1996
Navbahor (Namangan) 1 1996 1 2022 10 1993, 1994, 1995, 1997, 1998, 1999, 2003, 2004, 2018,

2023

Nasaf (Qarshi) 4 2011, 2017, 2020, 2023 11 2000, 2001, 2005, 2006, 2009, 2010, 2013, 2014, 2015, 2016, 2022
Mashʼal (Muborak) 1 2005 1 2007
Nurafshon (Buxoro) 1 1992
Soʻgʻdiyona (Jizzax) 1 2021 1 1992
AGMK (Olmaliq) 2 2020, 2021
Qizilqum (Zarafshon) 1 2002

Toʻpurarlar

Yil boʻyicha

Batafsil maʼlumot Mavsum, Klub ...
Mavsum Oʻyinchi Klub Gollar
1992 Valeriy Kechinov Paxtakor (Toshkent) 24
1993 Rustam Doʻrmonov Neftchi (Fargʻona) 24
1994 Ravshan Bozorov Neftchi (Fargʻona) 26
1995 Oleg Shatskix Navbahor (Namangan) 26
1996 Jaʼfar Irismetov Doʻstlik (Toshkent viloyati) 23
1997 Oleg Shatskix Navbahor (Namangan) 34
Jaʼfar Irismetov Doʻstlik (Toshkent viloyati)
1998 Igor Shkvirin Paxtakor (Toshkent) 22
Mirjalol Qosimov
1999 Umid Isoqov Neftchi (Fargʻona) 24
Baxtiyor Hamidullayev Andijon
2000 Jaʼfar Irismetov Doʻstlik (Toshkent viloyati) 45
2001 Umid Isoqov Neftchi (Fargʻona) 28
2002 Baxtiyor Hamidullayev Andijon 22
2003 Marsel Idiatulin Qizilqum 26
Shuhrat Mirxoldorshoyev Navbahor (Namangan)
2004 Shuhrat Mirxoldorshoyev Navbahor (Namangan) 31
2005 Anvar Soliyev Paxtakor (Toshkent) 29
2006 Pavel Solomin Traktor (Toshkent) 21
2007 Ilhom Moʻminjonov Bunyodkor 21
2008 Server Jeparov Bunyodkor PFK 19
2009 Rivaldo Bunyodkor (Toshkent) 20
2010 Alisher Xoliqov Neftchi (Fargʻona) 13
Nosir Otaqoʻziyev AGMK
2011 Miloš Trifunović Bunyodkor 17
2012 Anvar Berdiyev Neftchi (Fargʻona) 19
2013 Oleksandr Pishchur Bunyodkor 19
2014 Artur Gevorkyan Nasaf (Qarshi) 18
2015 Igor Sergeyev Paxtakor (Toshkent) 24
2016 Temirxoʻja Abduxoliqov Lokomotiv (Toshkent) 22
2017 Marat Bikmayev Lokomotiv (Toshkent) 27
2018 Tiago Bezerra Paxtakor (Toshkent) 17
2019 Dragan Ceran Paxtakor (Toshkent) 23
2020 Dragan Ceran Paxtakor (Toshkent) 21
2021 Dragan Ceran Paxtakor (Toshkent) 16
2022 Dragan Ceran[14] Paxtakor (Toshkent) 20
2023 Dragan Ceran Paxtakor (Toshkent) 13
Yopish

Homiylar

Dastlabki yillarda Oʻzbekiston chempionatining titul homiysi boʻlmagan. OʻzPFL 2017-yildan boshlab bu borada jiddiy ish olib bora boshladi va 2018-yilgi mavsumda Pepsi shirkati Oʻzbekiston Superligasiga titul homiy boʻldi. OʻzPFL 2019-yildan boshlab asosiy homiy sifatida Coca-Cola bilan ishlab kelmoqda. Oʻzbekiston chempionati yuqori divizioni shu sababli Coca-Cola Superliga deb yuritilgan. 2024-yil 28-fevral kuni Oʻzbekiston maishiy texnika bozoridagi eng yirik brend hisoblangan „Artel“ shirkati 2026-yil oxirigacha Superliganing titul homiysiga aylandi[15][16].

Mukofotlar

Kubok

Superligada ikkita kubok mavjud – haqiqiy kubok (amaldagi chempionlar qoʻlida) va zaxira nusxasi. Mavsumning soʻnggi kunida ikkita klub haligacha Ligada gʻalaba qozonish imkoniyatiga ega boʻlgan taqdirda, sovrinni qoʻlga kiritgandan keyin bir necha daqiqa ichida topshirish uchun ikkita kubok oʻtkaziladi. Mavsumning soʻnggi kunida ikkitadan ortiq klub chempionlik uchun kurashayotgan kamdan-kam hollarda, avvalgi klub yutgan nusxadan foydalaniladi.

Yana qarang

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.