Oʻzbekiston Professional futbol ligasi
Oʻzbekiston futbol turnirlarini boshqaruvchi tashkilot From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekiston futbol turnirlarini boshqaruvchi tashkilot From Wikipedia, the free encyclopedia
41°16′49.789199999989″N 69°12′42.933600000019″E
![]() | |
Davlat | Oʻzbekiston, Toshkent |
---|---|
Konfederatsiya | Osiyo Futbol Konfederatsiyasi |
Tashkil etilgan | 20-iyun, 2008-yil |
Yuqori liga |
Oʻzbekiston Superligasi Oʻzbekiston Pro-ligasi Oʻzbekiston Birinchi Ligasi |
Xalqaro musobaqalar |
Osiyo Chempionlar ligasi OFK kubogi |
Veb-sayt | pfl.uz |
Bosh direktor | Diyor Imomxoʻjayev |
Kuboklar |
Oʻzbekiston kubogi Liga kubogi |
Homiylar |
Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan Artel Uzcard Apex Insurance BMB Holding |
![]() |
Oʻzbekiston professional futbol ligasi, qisqacha OʻzPFL (Ўзбекистон профессионал футбол лигаси, ЎзПФЛ) – Oʻzbekiston hududida futbol jamoalari oʻrtasida tegishli ravishda professional futbol musobaqalari oʻtkazishni muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshiruvchi tashkilot . 2008-yilda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tavsiyasiga muvofiq, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasidan alohida tashkilot sifatida ajratildi .
Superliga , Oʻzbekiston Pro ligasi , Birinchi liga , Oʻzbekiston Kubogi , Liga Kubogi , Oʻzbekiston Superkubogi , Oʻzbekiston U19 va Oʻzbekiston U21 chempionatlari, boshqa shu kabi professional futbol musobaqalarini oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtiradi. Futbol klublari oʻrtasida musobaqalar tashkil etish va oʻtkazish, ularning sport va tashkiliy-boshqaruv faoliyati hamda oʻzaro munosabatlari boʻyicha yoʻl-yoʻriq berib borish ishlarini amalga oshiruvchi tashkilot hisoblanadi.
Oʻzbekistondagi vazirlik, idora, korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda turli darajadagi futbol musobaqalarini oʻtkazish ishiga koʻmaklashadi
.Litsenziyalash boʻyicha Osiyo qitʼasida yetakchi ligalardan biri sanaladi .
2024-yil mart oyi holatiga koʻra, Oʻzbekistondagi beshta shirkat liganing rasmiy homiysi hisoblanadi
.1992-yilda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi tashkiliy tuzilmasining bir qismi boʻlgan va Oʻzbekistonda professional futbol musobaqalarini oʻtkazishga mas’ul boʻlinma edi. 2008-yil boshlarida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Oʻzbekiston Futbol federatsiyasiga Professional futbol ligasini alohida tashkilot sifatida ajratishni tavsiya qildi. 2008-yil 20-iyunda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va futbol klublarining Umumiy yigʻilishida tashkil etildi hamda 2-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi[1].
2008—2018-yillarda futbol boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar birinchiligi musobaqalarini oʻtkazgan. 2019-yildan 2023-yilgacha ayollar futboli (Oliy liga, birinchi liga, kubok, superkubok), 2017-yildan 2025-yilgacha futzal (Oliy liga, kubok va boshqa) musobaqalari oʻtkazilishini nazorat qilgan[2].
2023-yilning 10-yanvar kuni Jahon Professional futbol ligalari assotsiatsiyasi aʼzosiga aylandi[3][4].
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida futbol jamoalari oʻrtasida tegishli ravishda futbol boʻyicha Superliga, Pro liga, Birinchi liga, Kubok, Superkubok, PFL Kubogi, Oʻzbekiston barcha yosh toifalaridagi va boshqa shu kabi professional futbol musobaqalari oʻtkazishni muvofiqlashtiradi. Futbol klublari oʻrtasida musobaqalar tashkil etish va oʻtkazish, ularning sport, tashkiliy-boshqaruv faoliyati hamda oʻzaro munosabatlari boʻyicha yoʻl-yoʻriq berib boradi[5].
Har oyda Oʻzbekiston Superligasidagi eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi hakam, eng yaxshi gol nominatsiyalari boʻyicha, ekspertlar ovoziga koʻra gʻoliblarni aniqlaydi va ularni taqdirlash ishlarini tashkillashtiradi[6]. Yil yakunida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda taqdirlash marosimini oʻtkazadi[7][8].
Tashkilotning ilk rahbari sifatida 2008—2017-yillar mobaynida Farhod Magometov faoliyat olib borgan. 2017-yilning sentyabridan 2019-yilgacha Omon Gʻofurov tashkilotga rahbarlik qilgan. Keyinchalik, 2019—2020-yillarda tashkilotga Davron Shoqurbonov rahbarlik qilgan. 2020-yildan 2022-yilgacha Bosh direktor vazifasini vaqtincha bajarib kelgan Diyor Imomxoʻjayev 2022-yilda tashkilot Bosh direktori etib tayinlandi.
Ismi | Tayinlangan | Boʻshatilgan |
---|---|---|
Farhod Magometov[9][10] | 04.09.2008 | 04.09.2017 |
Omon G‘ofurov[11] | 04.09.2017 | 17.06.2019 |
Davron Shoqurbonov[12] | 17.06.2019 | 26.05.2020 |
Diyor Imomxoʻjayev[13] | 26.05.2020 | hozirgacha |
Diyor Imomxoʻjayev, Bosh direktor[14].
Odil Ahmedov, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti[14].
To‘labek Akramov, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Lokomotiv-Toshkent futbol klubi vitse-prezidenti[14].
Bahodir Mirzayev, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, AGMK futbol klubi bosh direktori[14].
Alisher Yusupov, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Nasaf futbol klubi bosh direktori[14].
Oybekxon Ibrohimxonov, Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Oʻzbekiston Professional futbol ligasi yurist-konsultanti[14].
Oʻzbekiston Superligasi – Professional futbol klublari ishtirok etadigan, O‘zbekiston futbol musobaqalari tizimidagi eng yuqori divizion. 1992-yilda Oliy Liga nomi bilan tashkil etilgan[15]. Chempionat mart-noyabr oylarida oʻtkaziladi va har bir jamoa 26ta turda bittadan uchrashuv oʻtkazadi. 2018-yilgacha musobaqa rasman Oliy liga deb nomlangan. 2019-yildan titul homiy ishtirokida dastlab Pepsi Superligasi, keyinchalik, 2020-yildan Coca Cola Superligasi, 2024-yildan Artel Superligasi deb nomlanadi. Oʻzbekiston chempionatlari tarixida jami 45ta klub ishtirok etgan va ulardan faqatgina 8ta klub chempionlik shohsupasiga erishgan: „Paxtakor“ – 16 marta, „Neftchi“ – 5 marta, „Bunyodkor“ – 5 marta, „Lokomotiv“ – 3 marta, „Doʻstlik“ – 2 marta, MHSK – 1 marta, „Navbahor“ – 1 marta, „Nasaf“ – 1 marta. Turli yillarda Oʻzbekiston chempionatida jamoalar soni turlicha boʻlgan. Dastlabki yillarda chempionat bahslarida 16ta jamoa ishtirok etgan boʻlsa, keyinchalik turli yillarda jamoalar soni 14, 18 va 20ta boʻlgan. 2018-yilda bir marta chempionat jamoalari soni 12tani tashkil qilgan. 2025-yildan boshlab 16ta jamoa qatnashadi[16].
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan tashkillashtiriladigan futbol boʻyicha milliy kubok musobaqasidir. Oʻzbekiston Kubogi bahslari 1992-yildan beri tashkil etib kelinadi. Musobaqaning ilk gʻolibi Namanganning „Navbahor“ klubi hisoblanadi. Oʻzbeksiton Kubogi gʻoliblari OFK Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi[17].
Oʻzbekiston kubogini eng koʻp qoʻlga kiritgan futbol klubi – Paxtakor (13 marta) hisoblanadi. Bunyodkor va Nasaf klublari 4 martadan, Navbahor va Lokomotiv klublari 3 martadan, Neftchi klubi 2 marta, AGMK, Doʻstlik va Andijon klublari 1 martadan qoʻlga kiritgan[18].
Oʻzbekiston Liga kubogi – erkaklar oʻrtasidagi futboli boʻyicha har yili oʻtkaziladigan futbol musobaqasi. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 2010-yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan musobaqa 2016-2018-yillarda oʻtkazilmagan. Oʻzbekiston Liga kubogi – 2019-yilda ilk marta tashkil etilgan. Unda asosan Oʻzbekiston klublari, shuningdek OʻzPFL taklifiga koʻra Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Qozogʻiston futbol klublari ham qatnashadi. Musobaqaning ilk gʻolibi – Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi[19].
Ushbu turnir 1 ta oʻyindan iborat boʻlib, unda: oʻtgan mavsumdagi Oʻzbekiston Kubogi sohibi va Superliga chempioni toʻqnashadi. Agarda Kubok va Chempionatni bitta jamoa yutgan boʻlsa, unda Chempionatda 2-oʻrinni egallagan klub, Chempionga qarshi oʻynaydi[20].
2017-yil 21-noyabr kuni PFL rahbariyati qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Birinchi ligasi 2018-yilgi mavsumdan boshlab rasman Oʻzbekiston Pro ligasi deb oʻzgartirildi. Liga 18 tadan 16 ta jamoaga qisqartirildi[21].
2010-yildan boshlab faoliyat olib boradi. 2010-yilgi mavsumdan eʼtiboran birinchi liga musobaqalari ikki mintaqaga boʻlingan holda olib boriladi: sharq mintaqasi va gʻarb mintaqasi. Sharq mintaqasi jamoalari Andijon, Namangan, Fargʻona va Toshkent viloyati futbol klublaridan tashkil topgan. Gʻarb mintaqasi jamoalari Sirdaryo, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi futbol klublaridan tashkil topgan. Har bir mintaqada qatnashadigan jamoalar soni: 14 ta[22].
Oʻzbekiston Birinchi ligasi ilgari futbol tizimida ikkinchi toifali musobaqa vazifasini bajarib kelgan. 2018-yilda Pro ligaga asos solinganidan keyin, 2020-yildan eʼtiboran Birinchi liga qayta tashkil qilindi va endilikda mamlakatda uchinchi darajali musobaqa sanaladi.
Oʻzbekiston futboli tizimida Superliga jamoalarining yoshlar tarkiblari oʻynaydigan musobaqa. Unda OʻzPFL reglamentiga muvofiq 21 yosh va undan kichik futbolchilar ishtirok etadi. U21 chempionati uchrashuvlari asosiy tarkiblar uchrashuvidan bir kun keyin tashkil etiladi[23].
19 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi futbol boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati (U20), 19 yoshgacha boʻlgan (U19) Osiyo chempionati va boshqa turnirlarda Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. Superliga va Pro liga klublarining 19 yoshgacha boʻlgan tarkiblari oʻrtasida oʻtkaziladigan musobaqa. U19 chempionatiga 2021-yilda asos solingan. Unda ikki yuqori divizionning barcha klublari oʻz tarbiyalanuvchilari bilan gʻoliblik uchun kurash olib boradi. Superliga va Pro liga klublarining 19 yoshgacha boʻlgan tarkiblari oʻrtasida oʻtkaziladigan musobaqa. U19 chempionatiga 2021-yilda asos solingan. Unda ikki yuqori divizionning barcha klublari oʻz tarbiyalanuvchilari bilan gʻoliblik uchun kurash olib boradi[24].
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, sport vazirligi, yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda DXX kubogi musobaqalarini oʻtkazadi[25].
Shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, ichki ishlar vazirligi, futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda talabalar kubogi musobaqalarini oʻtkazadi[26].
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi 2018—2019-yillarda Pepsi shirkati bilan hamkorlik qilgan. 2019-yildan boshlab esa Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan kompaniyasi Oʻzbekiston Kubogiga titul homiy vazifasini bajarib kelmoqda[27]. 2020-yilda „Apex Insurance“ sugʻurta shirkati bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Shirkat ligada roʻyxatdan oʻtgan 1500 nafardan oshiq professional futbolchilar salomatligi sug‘urtalanishini taʼminlab beradi[28]. 2021-yildan 2022-yilgacha Epsilon shirkati, Madad Invest Bank aksiyadorlik jamiyati, Turon Eco Cement va Jizzax akkumulyator zavodlari homiy boʻlishgan[29]. 2023-yil 16-mart kuni „BMB Holding“ shirkati Superliganing rasmiy homiysi boʻldi[30][31]. Shuningdek, 2023-yil davomida Olcha.uz axborot portali va Centrum Air xususiy aviakompaniyasi Oʻzbekiston Professional futbol ligasining hamkorlari boʻlishgan. 2024-yil 28-fevral kuni Oʻzbekiston maishiy texnika bozoridagi eng yirik brend hisoblangan „Artel“ shirkati 2026-yil oxirigacha Superliganing titul homiysiga aylandi[32][33]. Shu yil 12-mart kuni Uzcard shirkati Oʻzbekiston Professional futbol ligasining rasmiy hamkori boʻldi[34][35].
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Osiyo qitʼasida litsenziyalash boʻyicha yetakchilardan biri sanaladi. 2021-yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekistonning 12 ta klubi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi litsenziyasini qoʻlga kiritdi va bu qitʼada 3-eng yaxshi natija sifatida qayd etildi. 2021-yilda ayollar jamoalari oʻrtasida ham Oʻzbekistonning 2 ta klubi Osiyoda birinchilaridan boʻlib litsenziyalashdan muvaffaqiyatli oʻtdi[36].
OʻzPFL Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston nodavlat-notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan 2021-yil yakunlariga koʻra „Eng shaffof nodavlat-notijorat tashkilotlari TOP-20“ roʻyxatidan oʻrin olgan[36].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.