Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tarkibiga kiruvchi, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlaridan biri.
Maqsadi | Xavfsizlik |
---|---|
Ishga tushgan sanasi |
1991-yil 26-sentyabr 2018-yil 29-martda qayta nomlandi |
Rais |
General-polkovnik Bahodir Qurbonov |
Hamkor tashkilotlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati |
Tarixi
1991-yil 26-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning farmoniga binoan OʻzSSR Davlat xavfsizligi qoʻmitasi (KGB) — Milliy xavfsizlik xizmatiga aylantirilgan[1]. Davlat xavfsizligi qoʻmitasi(DXQ)ning MXXga aylantirilishi borasidagi Vazirlar Mahkamasi qarori sal keyinroq — 2-noyabrda qabul qilingan. Qarorda Davlat xavfsizligi qoʻmitasining tugatilgan alohida boʻlinmalarini hisobga olgan holda, uning xodimlari soni 25 foizga qisqartirilishi qayd etilgan[2].
2018-yil 14-martda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev MXX organlarini isloh qilish haqida farmon chiqargan[3]. Unga koʻra, 2018-yil 29-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan tashkilot nomi Davlat xavfsizlik xizmati deb oʻzgartirildi[4]. 5-aprel sanasi xizmat xodimlarining kasb bayrami etib belgilangan edi.[5] 2021-yil 24-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qarori bilan, DXX kasb bayrami 26-sentyabrga koʻchirildi[6].
Vazifalari
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilangan.
Xizmat Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiladi.
Mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish boʻyicha faoliyat olib boradi.
Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish boʻyicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qoʻriqlaydi va himoya qiladi.
Terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarogʻ, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish; davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib etishga qaratilgan buzgʻunchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish boʻyicha faoliyat olib boradi.
Iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini taʼminlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi xalqining tarixiy-madaniy va boy maʼnaviy merosini himoya qiladi.
Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish, telekommunikatsiya va transport sohasida davlat xavfsizligini taʼminlash, favqulodda holatlarni yuzaga keltiruvchi omillarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish boʻyicha kurash olib boradi.
Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat sirlari saqlanishi, maxsus aloqa xavfsizligining taʼminlanishi hamda axborotlarni kriptografik himoya qilishni tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beradigan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish kabi vazifalarni bajaradi.
Xizmat raislari
- OʻzSSR davlat xavfsizlik qoʻmitasi raislari
- Bizov Aleksey Petrovich (20-aprel 1954 — 11-fevral 1960);
- Naymushin Georgiy Fedorovich (26-fevral 1960 — 14-dekabr 1963);
- Kiselev Sergey Ivanovich (14-dekabr 1963 — 25-oktabr 1969);
- Beschastnov Aleksey Dmitriyevich (25-oktabr 1969 — 25-oktabr 1974);
- Nordman Eduard Boleslavovich (25-oktabr 1974 — 2-mart 1978);
- Melkumov Levon Nikolayevich (2-mart 1978 — 24-avgust 1983);
- Golovin Vladimir Aleksandrovich (24-avgust 1983 — 27-yanvar 1989);
- Morgasov Anatoliy Sergeevich (23-fevral 1989 — 12-iyun 1991);
- Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raislari
- Aliyev Gulam Aliyevich (12-iyun 1991 — 27-iyun 1995);[7]
- Inoyatov Rustam Rasulevich (27-iyun 1995 — 31-yanvar 2018);
- Davlat xavfsizlik xizmati raislari
- Abdullayev Ixtiyor Baxtiyorovich (31-yanvar 2018 — 11-fevral 2019);
- Azizov Abdusalom Abdumavlonovich (11-fevral 2019 — 23-noyabr 2024);
- Qurbonov Bahodir Nizomovich (2024-yildan hozirgacha).
Yana qarang
- Davlat xavfsizlik organlari
- Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni
- Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
- Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
- Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
- Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
- Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
- Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Manbalar
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.