From Wikipedia, the free encyclopedia
Anvarjon Soliyev (1978-yil 5-fevralda tugʻilgan) — nafaqadagi oʻzbekistonlik futbol hujumchisi va futbol murabbiyi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Anvarjon Ahmadjonovich Soliev | ||
Tavallud sanasi | 5-fevral 1978-yil | ||
Tavallud joyi | Namangan, USSR, SSSR | ||
Boʻyi | 1.85 m (6 ft 1 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Navbahor (Yordamchi murabbiyi) | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1996—2000 | Navbahor | 85 | (29) |
2001—2007 | Paxtakor Toshkent | 115 | (60) |
2008—2010 | Bunyodkor | 52 | (22) |
2010 | → Nasaf Qarshi | 11 | (3) |
2011—2013 | Bunyodkor | 44 | (15) |
2013—2016 | Paxtakor Toshkent | 42 | (6) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2001—2009 | Oʻzbekiston | 48 | (8) |
Boshqargan klublari | |||
2016 | Paxtakor-2 (Yordamchi murabbiyi) | ||
2016 | Navbahor (Yordamchi murabbiyi) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2016-yil 23-noyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2013-yil 10-noyabr uchun) |
Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon shahrida tugʻilgan.
Dastlab „Yoshlik“ futbol jamoasida oʻynagan. Keyin esa Namanganning Navbahor jamoasida oʻz futbolchilik faoliyatini davom ettirgan. 1998-yilda „Navbahor“ bilan Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritgan. 2001-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubiga oʻtgan.
Soliyev 2008-yilda poytaxtning „Quruvchi“ klubiga oʻtganidan soʻng „Paxtakor“ skautlari nazariga tushgan. „Paxtakor“ bilan shartnomadan keyin yetti mavsum davomida jamoada oʻynagan. „Paxtakor“ safida u klubni tark etgunga qadar 6 karra Oʻzbekiston chempioni va 5 marta Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritgan.
Soliyev „Bunyodkor“ safidagi ilk mavsumidayoq chempionat oʻyinlarida 12 ta gol urgan. U 2012-yil 21-noyabr holatiga koʻra 46 ta gol bilan Oʻzbekiston ligasida klubning eng yaxshi toʻpurari boʻlib turibdi, Rivaldo va Server Jeparovlar ikkinchi oʻrinda. Soliyev 16 ta gol bilan OChL tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlardan biri boʻlib, shulardan 8 tasini „Bunyodkor“ jamoasi tarkibida kiritgan.
2013-yil 18-iyul kuni yana Toshkentning „Paxtakor“ klubiga koʻchib oʻtgan[1][2].
2015-yilgi Oʻzbekiston ligasi mavsumi yakuniga koʻra u „Paxtakor“ bilan sakkizinchi chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan. 12 marta Oʻzbekiston Ligasi chempionligi va toʻqqizta Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻlgan Soliyev oʻzbekistonlik futbolchilar orasida eng koʻp sovrinni yutgan futbolchi hisoblanadi. Soliyev uchta klub safida oʻynab, Oʻzbekiston chempioni unvonini qoʻlga kiritgan yagona futbolchi.
U Gennadiy Krasnitskiy nomidagi oʻzbek toʻpurarlari klubi aʼzosi boʻlib, 100 dan ortiq gol urgan (2015-yil 22-noyabr holatiga koʻra) liga, kubogi, OChL va milliy terma jamoa safida rasmiy oʻyinlarda 228 ta gol urgan.
2016-yil oʻrtalarida futbolchilik faoliyatini yakunlagan va „Paxtakor-2“ da bosh murabbiy yordamchisi sifatida ish boshlagan. 2016-yilning dekabr oyidan Namanganning „Navbahor“ klubida Ilhom Moʻminjonov boshchiligidagi murabbiylar shtabiga ishga qabul qilingan.
U futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynagan va 2001-yilgi debyutidan soʻng 48 ta oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urgan[3].
№ | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 20.08.2003 | Riga, Latviya | Latviya | 0-3 | Gʻalaba | Oʻrtoqlik |
2 | 06.11.2003 | Toshkent, Oʻzbekiston | Hong Kong | 4-1 | Gʻalaba | 2004-yilgi Osiyo kubogi saralashi |
3 | 18.02.2004 | Toshkent, Oʻzbekiston | Iroq | 1-1 | Durang | 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
4 | 09.02.2005 | Toshkent, Oʻzbekiston | Saudiya Arabistoni | 1-1 | Durang | 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi[4] |
5 | 17.08.2005 | Toshkent, Oʻzbekiston | Quvayt | 3-2 | Gʻalaba | 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
6 | 16.08.2006 | Toshkent, Oʻzbekiston | Hong Kong | 2-2 | Durang | 2007-yilgi Osiyo kubogi saralashi |
7 | 09.03.2007 | Chimkent, Qozogʻiston | Qirgʻiziston | 6-0 | Gʻalaba | Oʻrtoqlik |
8 | 28.03.2009 | Toshkent, Oʻzbekiston | Qatar | 4-0 | Gʻalaba | 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.