From Wikipedia, the free encyclopedia
Buxoro — 1989-yilda Buxoro shahrida tashkil topgan oʻzbek futbol klubi. Mamlakatning ikkinchi muhim futbol divizioni — Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi.
Nurafshon[1] | |||
Toʻliq nomi | Buxoro professional futbol klubi | ||
Laqabi | Buxoroliklar Amir klubi Cho‘l jangchilari Koʻhna shaharliklar | ||
Asos solingan | 1989-yili | ||
Stadion | Buxoro Sport Majmuasi | ||
Stadion hajmi | 21 000 | ||
Prezidenti | Ali Orziyev | ||
Direktori | Usmon Toshev | ||
Murabbiyi | Ulugʻbek Baqoyev | ||
Vebsayt | http://www.pfcbuxoro.com/ | ||
Musobaqasi | Oliy liga | ||
2023 | Superligada 14-o‘rin | ||
|
1960-yilda tashkil etilgan, ammo bir yil avval tarqatib yuborilgan „Buxoro“ jamoasi oʻrniga 1989-yilda „Nurafshon“ futbol klubi sifatida tashkil etilgan. 1989-yilgi debyut mavsumida „Nurafshon“ O‘zbekiston SSR chempionligini qoʻlga kiritdi, shuningdek, Oʻzbekiston SSR kubogida ham ishtirok etdi. 1990-yilda klub SSSR chempionati Ikkinchi kichik ligasining 9-divizioni gʻolibi boʻldi va Ikkinchi ligaga yoʻllanma oldi. 1991-yilgi SSSR tarixidagi soʻnggi chempionatda „Nurafshon“ mavsum yakuniga koʻra Ikkinchi liganing „Sharqiy“ zonasida 4-oʻrinni (22 ta jamoa orasida) egallagan. 1992-yildan Oʻzbekiston milliy chempionatida ishtirok eta boshladi. Oʻzbekiston chempionatining ilk mavsumida mamlakatning qolgan 16 jamoasi qatori „Nurafshon“ ham Oliy ligadan joy oldi. 1992-yilgi mavsum yakunlariga koʻra, Buxoro klubi sensatsion tarzda bronza medali sohibi Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasidan atigi 1 ochkoga ortda qolib, 4-oʻrinni egalladi. 1993-yilda „Nurafshon“ 5-oʻrinni egallagan boʻlsa, 1994-yilgi mavsumda kumush medal sohibiga aylandi: amaldagi chempion — Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasidan 7 ochkoga ortda qoldi va bronza medali sohibi — Namanganlik „Navbahor“dan 4 ochkoga oldinga chiqib oldi.
Klub 1996-yilgacha „Nurafshon“ deb atalgan boʻlsa, 1997-yildan boshlab oʻzining asl nomi — „Buxoro“ga oʻzgartirilgan. 2009-yilgacha jamoa uzluksiz Oʻzbekiston Oliy ligasida oʻynagan.
Bu davrda Buxoro klubi mavsum yakunlariga koʻra, asosan turnir jadvalining oʻrtalarida yoki oxiridagi (5-oʻrindan 15-oʻringacha) oʻrinlarni egallagan.
2009-yilgi mavsumda „Buxoro“ soʻnggidan oldingi 15-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasiga tushib ketdi.
2010-yilda „Buxoro“ Birinchi liga gʻolibiga aylanib, „Soʻgʻdiyona“dan 8 ochkoga oʻzib, Oliy ligada oʻynash huquqini qaytarib oldi.
2011-yilgi mavsumdan boshlab „Buxoro“ yana Oliy liganing doimiy ishtirokchisi boʻlib, 2018-yildan buyon Oʻzbekiston Superligasi nomini olgan.
2020-yilgi mavsum yakuniga koʻra, Oʻzbekistonning eng yuqori reytingdagi „Superliga“sida 12 ta klub orasida soʻnggi oʻrinni egallab, „Proliga“ga yoʻl olgan. 2021-yil 19-martda Buxoro klubi ramzi o'zgartirildi[2]. 2021-yil 13-iyulda yana Nurafshon professional futbol klubi deb nomlandi[3][4]. 2022-yil „Buxoro“ klubi Pro ligada Andijonning „Andijon“ klubidan 7 ochko ortda qoldi va 2-oʻrin bilan Oʻzbekiston Superligasiga yoʻl oldi.[5][6]
Mavsum | Liga | Oʻzbekiston Kubogi | Eng yaxshi toʻpurar | Bosh murabbiy | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Pozitsiya | Oʻyin | Yutuq | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar |
Qaytarilgan gollar |
P | Ism | Liga | |||
1991 | SSL | 4th | 42 | 20 | 9 | 13 | 72 | 45 | 49 | Valeriy Chervyakov | 11 | Stanislav Kaminskiy | |
1992 | 1st | 4th | 32 | 20 | 7 | 5 | 59 | 23 | 47 | R32 | Yuriy Ageyev | 15 | Stanislav Kaminskiy |
1993 | 1st | 5th | 30 | 15 | 5 | 10 | 46 | 32 | 35 | R32 | Mihail Fomin | 9 | Boris Lavrov |
1994 | 1st | 2nd | 30 | 20 | 4 | 6 | 63 | 31 | 44 | Quarter-final | Olim Tillayev | 19 | Aleksandr Ivankov |
1995 | 1st | 5th | 30 | 13 | 1 | 16 | 39 | 26 | 40 | Quarter-final | Yuriy Ageyev | 12 | Mustafa Belyalov |
1996 | 1st | 5th | 30 | 15 | 5 | 10 | 52 | 39 | 50 | Quarter-final | Rustam Asqarov | 12 | Islom Ahmedov |
1997 | 1st | 7th | 34 | 16 | 5 | 13 | 57 | 55 | 53 | Quarter-final | Rustam Asqarov | 14 | Stanislav Kaminskiy |
1998 | 1st | 6th | 30 | 13 | 4 | 13 | 51 | 50 | 43 | Quarter-final | Vyacheslav Koloda | 10 | Stanislav Kaminskiy |
1999 | 1st | 9th | 30 | 10 | 7 | 13 | 44 | 50 | 37 | - | Nikolay Sergiyenko | 8 | Hakim Fuzaylov |
2000 | 1st | 6th | 38 | 20 | 5 | 13 | 73 | 60 | 65 | R32 | Ulugʻbek Baqoyev | 21 | Usmon Toshev |
2001 | 1st | 8th | 34 | 15 | 3 | 16 | 57 | 58 | 48 | Semi-final | Ilhom Umarov | 14 | Usmon Toshev |
2002 | 1st | 7th | 30 | 12 | 5 | 13 | 37 | 53 | 41 | R16 | Eldor Qosimov | 12 | Usmon Toshev |
2003 | 1st | 12th | 30 | 10 | 2 | 18 | 48 | 56 | 32 | Quarter-final | Ilyos Qurbonov | 13 | Usmon Toshev |
2004 | 1st | 7th | 26 | 10 | 3 | 13 | 31 | 45 | 30[lower-alpha 1] | Chorak final | Muhammad Inogamov | 8 | Usmon Toshev |
2005 | 1st | 12th | 26 | 9 | 2 | 15 | 37 | 59 | 29 | Yarim final | Alisher Xoliqov | 6 | Usmon Toshev |
2006 | 1st | 11th | 30 | 9 | 7 | 14 | 35 | 34 | 34 | Chorak final | Alisher Xoliqov | 9 | Usmon Toshev |
2007 | 1st | 9th | 30 | 11 | 3 | 16 | 29 | 43 | 36 | 1/8 final | Anvar Rajabov | 8 | Usmon Toshev |
2008 | 1st | 15th | 30 | 7 | 5 | 18 | 25 | 44 | 26 | Quarter-final | Lochinbek Soliyev | 8 | Usmon Toshev |
2009 | 1st | 15th | 30 | 6 | 6 | 18 | 40 | 59 | 24 | Chorak final | Lochinbek Soliyev | 15 | Rauf Inileyev |
2010 | 2nd | 1st | 30 | 24 | 2 | 4 | 71 | 21 | 74 | R32 | Abdulatif Joʻrayev | 27 | Rauf Inileyev |
2011 | 1st | 9th | 26 | 8 | 7 | 11 | 23 | 38 | 31 | R32 | Suhrob Neʼmatov | 7 | Gennadiy Kochnev |
2012 | 1st | 7th | 26 | 10 | 5 | 11 | 24 | 31 | 35 | Semi-final | Vohid Shodiyev | 5 | Jamshid Saidov |
2013 | 1st | 6th | 26 | 10 | 3 | 13 | 33 | 44 | 33 | R16 | Vohid Shodiyev | 12 | Toshmurod Ogʻamurodov |
2014 | 1st | 12th | 26 | 6 | 7 | 13 | 22 | 42 | 25 | R32 | Suhrob Neʼmatov | 3 | Edgar Gess
Said Seyidov (interim) |
2015 | 1st | 14th | 30 | 7 | 5 | 18 | 31 | 53 | 26 | R16 | Aziz Ibragimov | 6 | Aleksandr Mochinov |
2016 | 1st | 4th | 30 | 17 | 7 | 6 | 42 | 27 | 58 | Semi-final | Aziz Ibragimov | 10 | Jamshid Saidov |
2017 | 1st | 6th | 30 | 13 | 7 | 10 | 42 | 20 | 46 | Quarter-final | Ivan Nagayev | 10 | Ulugʻbek Baqoyev |
2018 | 1st | 6th | 20 | 3 | 1 | 16 | 14 | 41 | 10 | R32 | Arslonmurat Amanov | 5 | Ulugʻbek Baqoyev |
2019 | 1st | 12th | 26 | 5 | 9 | 12 | 18 | 37 | 24 | R32 | Doston Ibragimov | 3 | Baxtiyor Ashurmatov |
2020[7] | 1st | 15th | 26 | 1 | 11 | 14 | 19 | 50 | 14 | R16 | Izzatilla Abdullayev | 3 | Muhsin Muhamadiyev |
2021 | 2 | Davron Isoqov | 9 | ||||||||||
2022[8] | 2 | 2-oʻrin | 26 | 14 | 8 | 4 | 46 | 26 | 50 | Guruh bosqichi | Roʻzimboy Axmedov | Hakim Fuzaylov | |
2023 | 1st | 14 | 26 | 4 | 3 | 19 | 12 | 35 | 15 | Guruh bosqichi | Aleksandar Stanisavljević | 2 | Hakim Fuzaylov |
„Buxoro“ oʻz uy uchrashuvlarini yirik „Buxoro“ sport majmuasi tarkibiga kiruvchi "Buxoro Arena" (Buxoro nomi bilan ham mashhur) stadionida oʻtkazadi.
Stadion 22 700 tomoshabinga moʻljallangan boʻlib, Buxoro va Buxoro viloyatidagi eng yirik stadion hisoblanadi. „Buxoro Arena“ Oʻzbekiston chempionatining eng koʻp tashrif buyuradigan stadionlaridan biri hisoblanadi. „Buxoro“ PFKning har bir oʻyinida stadion muxlislar bilan toʻlib ketadi.
Oʻzbekiston chempionati
SSSR chempionati
|
|
2024-yilgi mavsum uchun murabbiylar shtabi.
Yillar | Murabbiy |
---|---|
1989 | ma‘lumot yoʻq |
1990 | Oleg Bugayev |
1991—1992 | Stanislav Kaminskiy |
1993 | Boris Lavrov |
1994 | Aleksandr Ivankov |
1995 | Mustafo Belyalov |
1996 | Islom Axmedov |
1997 | Igor Plyugin |
1997—1998 | Stanislav Kaminskiy |
1998—1999 | Hakim Fuzaylov |
2000—2008 | Usmon Toshev |
2008 | Yuriy Ageyev |
2009 | Rauf Inileyev |
2010 — 2011 | Gennadiy Kochnev |
2011 — 2012 | Jamshid Saidov |
2012 | Vladimir Utkin |
2012 — 2013 | Toshmurod Ogʻamurodov[10] |
2014 | / Edgar Gess |
2014 | Said Seyidov |
2015 | Aleksandr Mochinov |
2015 | Shuhrat Fayziyev |
2015 — 2017 | Jamshid Saidov |
2017 — 2018 | Ulugʻbek Baqoyev[11] |
2018 | Shuhrat Fayziyev[12] |
2018 — 2019 | Baxtiyor Ashurmatov[13][14] |
2019 | Mirislom Hasanov (vaqtincha)[15] |
2019 — 2020 | Muhsin Muhammadiyev[16][17][18][19] |
2020 — 2021 | Jamshid Saidov[20] |
2021 | Davron Fayziyev[21][22] |
2021 | Anvar Berdiyev[23][22][24][25] |
2021 | Mirislom Hasanov (vaqtincha)[26] |
2021 | Usmon Toshev[27] |
2021 | Mirislom Hasanov (vaqtincha) |
2022 — 2023 | Hakim Fuzaylov[28] |
2023 — h.v. | Ulugʻbek Baqoyev[29] |
„Buxoro“ O‘zbekistondagi eng yirik muxlislar armiyasidan biriga ega. Deyarli har bir oʻyinda "Buxoro Arena" tribunalari muxlislar bilan toʻlib ketadi.
„Buxoro“ning asosiy raqibi qoʻshni Samarqand viloyati poytaxti boʻlgan Samarqandning „Dinamo“ jamoasi hisoblanadi. „Buxoro“ va „Dinamo“ muxlislari oʻrtasida doʻstona munosabatlar mavjud boʻlib, agar oʻyinda mamlakatning boshqa klublari ularning klublariga raqib boʻlib qolishsa, muxlislar har ikki jamoani ham qoʻllab-quvvatlaydilar.
„Qadimiy shaharlar derbisi“ deb ataluvchi musoba mamlakatimizda juda mashhur boʻlib, uning ishtirokchilari boʻlib „Buxoro“ va Samarqandning „Dinamo“ jamoalari hisoblanadi. Har ikki klub ham Oʻzbekiston va dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir.
Vaqti-vaqti bilan „Buxoro“, „Spartak“ (Buxoro), qoʻshni Gʻijduvon va Vobkent shaharlarining „Gʻijduvon“ yoki „Vobkent“ klublari oʻzaro oʻynasa, „Buxoro derbisi“ boʻlib turadi.
„Buxoro“ klubining koʻplab taxalluslari bor: „Buxoroliklar“; „Choʻl jangchilari“ — markazida Buxoro shahri joylashgan butun Buxoro vohasi choʻl bilan oʻralganligiga ishora beradi; „Koʻhna shaharliklar“ — Buxoroning qadimiyligi tufayli; „Amir klubi“ — 1920-yilgacha mavjud boʻlgan Buxoro amirligi va uning boshligʻi — amir sharafiga.
Turnirlar vaqtida klubning faol aʼzosi boʻlgan „Buxoro“ futbolchilari koʻrsatilgan.
Turnir Ishtirokchi
Osiyo Kubogi — 2019 — Arslonmurod Amanov
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.