Soʻgʻdiyona (futbol klubi)

Oʻzbekistonning Jizzax shahridagi futbol klubi From Wikipedia, the free encyclopedia

Soʻgʻdiyona (futbol klubi)
Remove ads

Soʻgʻdiyona professional futbol klubi (oʻzbekcha: "Сўғдиёна" Жиззах Футбол Клуби) Jizzax viloyati sharafini himoya qiluvchi futbol klub, Oʻzbekiston Superligasi vakili[1].

Qisqa faktlar Musobaqasi, Mavsumi ...
Remove ads

„Soʻgʻdiyona Jizzax“ futbol klubi 1970-yilda tashkil topgan boʻlib, u Soʻgʻdning qadimiy tarixiy hududi sharafiga nomlangan. Sovet davrida klub asosan SSSR chempionatining ikkinchi va birinchi ligalarida ishtirok etgan. 1979-yilda SSSR Ikkinchi ligasining „Markaziy Osiyo“ zonasi gʻolibi boʻldi. 1992-yilgi Oʻzbekiston Oliy ligasining debyut qur’asida „Soʻgʻdiyona“ shov-shuvli tarzda ushbu liganing bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari, ular uch marta Oʻzbekiston Birinchi ligasi (hozirgi Oʻzbekiston Pro-ligasi) gʻolibi, bir marta kumush medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Oʻzbekiston PFL kubogining ikki karra gʻolibi boʻlgan. Oʻzbekiston Superligasidagi eng yaxshi natijasi ikkinchi oʻrindir (2021).

Remove ads

Tarixi

1970-yilda „Jizzax“ nomi bilan tashkil etilgan (baʼzi manbalarda — DSK). Oʻsha yili u SSSR chempionatining „B“ toifasida debyut qildi va 17-oʻrinni egalladi.

1973-yildan jamoa Ikkinchi ligada qatnashadi. 1979-yildan 1985-yilgacha ushbu ligada oʻynab, Birinchi ligaga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Ammo, keyinchalik yana tushib ketganidan soʻng, u Ikkinchi ligada (SSSR parchalanib ketgunga qadar) oʻynaydi.

SSSR kubogida 1985/86-yilgi mavsumda 1/16 finalga chiqdi. Bundan tashqari, klub ayrim davrlarda Oʻzbekiston SSR chempionatida ishtirok etgan. Jamoa Sovet davrida armiya jamoasi sifatida faoliyat yuritgan.

1992-yilda Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1-mamlakat chempionati oʻtkazildi va „Soʻgʻdiyona“ Oʻzbekiston Oliy ligasida debyut qiladi.

Oʻsha mavsumda Jizzax jamoasi shov-shuvli tarzda bronza medallarini qoʻlga kiritdi (Toshkentning „Paxtakor“ va Fargʻonaning „Neftchi“ jamoalari bir xil ochkolar toʻplagani uchun chempionlikni boʻlishishdi, shu sababli kumush medallar hech kimga nasib etmadi).

„Soʻgʻdiyona“ 2002-yilgacha Oliy ligada oʻynab, oʻsha mavsum oxirgi, 16-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasiga tushib ketdi.

2003-yilgi mavsumda Birinchi liga turnirida gʻalaba qozonib, yana Oliy ligaga qaytdi, ammo 2006-yil oxirida  yana yuqori divizionni tark etdi.

Oradan bir mavsum oʻtib „Soʻgʻdiyona“ yana Oliy ligaga chiqishga muvaffaq boʻldi, ammo keyin yana ikki marta quyi ligaga tushib chiqib, mamlakat oliy divizioniga qaytdi va shu tariqa „lift klubi“ga aylandi. Shu bilan birga, 2011 va 2012-yillarda Oʻzbekiston PFL kubogini qoʻlga kiritgan.

2013-yilgi mavsumdan to hozirgacha Oliy ligada (hozirgi Oʻzbekiston Superligasi) ishtirok etib kelmoqda.

2021-yilda oʻz tarixida ilk bor Oʻzbekiston chempionatining kumush medallarini qoʻlga kiritdi. 2022-yilda Oʻzbekistonning „Nasaf“ klubi Osiyo Chempionlar Ligasi pley-offida gʻalaba qozonganidan soʻng, klub OFK kubogiga yoʻllanma oldi. Ushbu musobaqada 1/2 finalgacha yetib borgan.

Nomlar tarixi

Tarixda Soʻgʻdiyona futbol klubining bir necha bor nomi oʻzgargan.

Batafsil maʼlumot Muddat, Ism ...

Ichki chempionatlardagi ishtiroki

Batafsil maʼlumot Mavsum, Liga ...

Xalqaro Musobaqalar

Ma'lumotlar 2022-yil 5-oktyabrga oid[2]
Batafsil maʼlumot Musoboqa, Oʻyin ...
Batafsil maʼlumot Mavsum, Musoboqa ...
Remove ads

Tarkib

2023-2024-yillar[3]

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

U21

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

Batafsil maʼlumot R., Poz. ...

U19

Eslatma: Bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoalarni ifodalaydi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.

Batafsil maʼlumot R., Poz. ...
Remove ads

Stadion

Klubning uy stadioni Jizzax markaziy stadioni hisoblanadi, stadion 1970-yili qurilgan, sigʻimi 9,000 kishiga moʻljallangan.[4] 2012-yili stadion taʼmirlash uchun yopildi. 2013, 2014, 2015 va 2023-yilgi mavsumni Soʻgʻdiyona Zomin stadionida oʻtkazdi. Hozirda jamoa Soʻgʻdiyona stadionida oʻtkazmoqda. 2015-yilda yangilangan „Markaziy“ stadionining qurilish ishlari nihoyasiga yetdi. Stadion nomi „So‘g‘diyona“ sport majmuasiga o‘zgartirildi va 11 650 tomoshabinga mo‘ljallangan. 2015-yil 26-iyun kuni „So‘g‘diyona“ — „Qo‘qon-1912“ o‘rtasidagi liga o‘yini bilan stadion rasman ochildi, bu o‘yinda „So‘g‘diyona“ 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.[5]

Texnik xodimlar

Murabbiylar shtabi

15 July 2022
Batafsil maʼlumot Lavozim, Ism ...

Ayollar futboli

Asosiy maqola: Soʻgʻdiyona (ayollar futbol klubi)

Klub shuningdek, „Soʻgʻdiyona Jizzax“ deb nomlangan ayollar futbol jamoasini ham tashkil etilgan. 2022-yilgi ayollar klublari oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etmdi. Tarixda[6][7] ilk bor Oʻzbekiston nomidan finalda qatnashdi va chempionlikni qoʻlga kiritdi.[8]

Yutuqlari

Boshqaruv tarixi

Bosh murabbiylar

Remove ads

Yana qarang

Manbalar

Havolalar

Loading content...
Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads