From Wikipedia, the free encyclopedia
Ivan Boškovich (1982-yil 1-yanvarda tugʻilgan) — chernogoriyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi[1][2] Hozirda „Soʻgʻdiyona“ klubi bosh murabbiyi
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ivan Boshkovich | ||
Tavallud sanasi | 1-yanvar 1982-yil | ||
Tavallud joyi |
Nikšić, Chernogoriya Yugoslaviya | ||
Boʻyi | 1.90 m (6 ft 3 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1999—2004 | Sutjeska | 78 | (27) |
2004—2005 | Budućnost | 10 | (3) |
2005—2006 | SCO Angers | 4 | (1) |
2006 | Budućnost | 18 | (5) |
2006—2007 | Vojvodina | 10 | (1) |
2007—2008 | Borac Čačak | 16 | (1) |
2008—2010 | Grbalj | 61 | (39) |
2011—2012 | Nasaf Qarshi | 51 | (20) |
2013—2014 | Chonburi | 10 | (3) |
2013—2014 | → Sriracha (Ijara) | 9 | (6) |
Milliy terma jamoa | |||
FR Yugoslavia U21 | |||
Boshqargan klublari | |||
2018 | Huai Thalaeng United (yoshlar murabbiyi) | ||
2019 | Lampang (Murabbiy assistenti) | ||
2020 | Bunyodkor (U19 jamoasi murabbiyi) | ||
2021-2022 | Bunyodkor-2 Bosh murabbiyi | ||
2022 | Bunyodkor Bosh murabbiyi | ||
2023 | Soʻgʻdiyona | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Chernogoriya SFR Yugoslaviya tarkibiga kiruvchi Podgoritsa shahrida tugʻilgan. 1999-yilda Ivan FK Sutjeska Nikshichga oʻtgan. 2004-yilning yozida Chernogoriyaning eng asosy jamoasi FK Budućnost Podgoritsa klubiga oʻtgan va oʻsha paytda Serbiya va Chernogoriya Birinchi ligasida oʻynagan. 2005-yil yanvar oyida qishki tanaffus paytida u Fransiyaga koʻchib oʻtgan va Liga 2 jamoasi SHHT Anje jamoasiga qoʻshildi va u yerda mavsumning qolgan qismini o'tkazgan va keyingi yozda Buduchnost klubiga qaytgan.
2006-yil yozida Serbiya va Chernogoriya ligalari ajralib chiqganidan so'ng Ivan Boshkovich Buduchnost jamoasini tark etgan va Superligada oʻynash uchun Serbiyaga koʻchib oʻtgan. 2006/2007-yilgi mavsumida FK Voyvodina bilan, keyin esa 2007/2008-yilgi mavsumda FK Borac Chachak jamoasi tarkibida toʻp surgan.
2008-yilning yozida u Chernogoriyaga qaytib keladi va Birinchi liga jamoasi OFK Grbalj[3] bilan shartnoma imzolagan. OFK Grbalj jamoasida keyingi uch mavsum davomida oʻynagan va 2010-yilda 28 gol bilan liganing eng yaxshi toʻpurari boʻlgan[4]. 2011-yilda Oʻzbekistonga koʻchib oʻtgan. Qarshining „Nasaf“ jamoasiga kelib, 2011-yilda OFK kubogini qoʻlga kiritgan va 10 ta gol bilan OFK kubogi toʻpurari boʻldi[5]. 2013-yil boshida u Tailandning „Chonburi“ klubi bilan shartnoma imzolagan[6]. „Chonburi“ tarkibida oʻn bitta oʻyin o'tkazib, beshta gol urgan. Mavsum oʻrtalarida Boskovich Tailandning yana bir Sriracha klubiga ijaraga berilgan. 2014-yil boshida Tailandning Nakhon Ratchasima klubi bilan shartnoma imzolagan.
2015-yilda Bošković Tailandning boshqa „Bek Tero Sasana“ klubi tarkibida ijara asosida oʻynagan. 2016-yildan Tailandning boshqa bir jamoasi, Sisaket klubi bilan shartnoma imzolagan. 2017-yil yanvar oyida u Chernogoriyaga qaytib kelgan va Sutjeska (Niksic) jamoasi tarkibiga qo'shilgan. 2018-yil 1-oktyabrda futbolchi sifatida butsalarini „mixga ilgan“ va faoliyatini yakunlagan. Uning muxlislar orasidagi oʻziga hos taxalluslari — „Boʻshkogoal“ va „Boshdagol“.
Murabbiyli faoliyatini Tailannda yoshlar murabbiyi sifatida boshladi. 2020-yil Oʻzbekistondan taklif tushdi va Toshkenting „Bunyodkor“ jamoasi taklifini qabul qilib,[7] U19 jamoasi bosh m urabbiyiga aylangan[8]. 2 yil davomida Bunyodkor tizimida yoshlar bilan[9] ishlagan Ivan 2022-yil 9-sentyabrdan Bunyodkor klubi bosh murabbiyi sifatida shartnoma imzolagan[10]. 2023-yilgi mavsum boshida Bunyodkor jamoasi bilan o'zaro kelishevga ko'ra shartnomasi bekor qilingan. 2023-yil 6-aprelda „Soʻgʻdiyona“ klubi bosh murabbiyiga aylangan[11]. 2023-yil 17-avgustda Jizzax jamoasi bilan shartnomasi 2026-yil dekabr oyiga qadar uzaytirgan[12].
Voyvodina
Nasaf
Sutyeska
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.