From Wikipedia, the free encyclopedia
Igor Anatolyevich Shkvirin (ruscha: Игорь Анатольевич Шквырин; 1963-yil 29-aprelda tugʻilgan) – sovet va oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 29-aprel 1963-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston SSR | ||
Boʻyi | 174 cm (5 ft 8 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Mukofotlari | |||
Raqami | 9 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1980—1983 | Yangiyer | 79 | (11) |
1983—1985 | Paxtakor FK | 66 | (13) |
1986—1987 | Lvov Karpati | 46 | (11) |
1988—1989 | Dnepr | 14 | (2) |
1988—1992 | Paxtakor FK | 92 | (27) |
1992 | Spartak Vladikavkaz | 10 | (5) |
1992—1993 | Hapoel Tel-Aviv | 39 | (16) |
1993—1994 | Makkabi Netanya | 32 | (13) |
1995 | Shri Pahang | 18 | (15) |
1995—1996 | Bnei Yehuda Tel-Aviv | 18 | (5) |
1996 | Makkabi Petah Tikva | 2 | (0) |
1996—1997 | Makkabi Gertsliya | 21 | (1) |
1997—1998 | Makkabi Yaffa | - | (3) |
1998—1999 | Paxtakor FK | - | (3) |
1999—2000 | Mohun Bagan AC | - | (11) |
2000 | Paxtakor FK | 33 | (20) |
2000—2001 | Cherchill Brothers | - | (12) |
2001 | Paxtakor FK | 26 | (7) |
Total | 394 | (219) | |
Milliy terma jamoa | |||
1992—2000 | Oʻzbekiston | 31 | (20) |
Boshqargan klublari | |||
2003—2004 |
Krilya Sovetov Samara yordamchi murabbiy | ||
2005—2007 | Qizilqum | ||
2007 |
Oʻzbekiston U23 yordamchi murabbiy | ||
2008—2010 | Oʻzbekiston yordamchi murabbiy | ||
2008—2016 | Olmaliq | ||
2021 | Turon | ||
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Igor Shkvirin Toshkentda tugʻilgan. Shkvirin bolaligida askar boʻlishni orzu qilgan. Bezoriligi uchun harbiy qoʻmitaning tibbiy komissiyasida shu asosda uni Suvorov nomidagi harbiy maktabga qabul qilish rad etilgan[1]. Olti yoshida suv sportiga qatnasha boshlagan, keyinroq sambo bilan shugʻullangan[2], ammo bu sport turlari uning uzoq muddatli qiziqishini uygʻotmagan. Oxir-oqibat futbolni tanlagan. Futbolchilik faoliyatini viloyat chempionati futbol oʻyinlardan boshlagan. Shkvirin 17 yoshidayoq Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining „Yangiyer“ klubi tarkibida sovet ikkinchi ligasida oʻynay boshlagan. 18 yoshida uning maoshi (700 sovet rubli) hamshira boʻlib ishlagan onasining maoshidan (90 rubl) sezilarli darajada oshib ketgan edi[3]. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida taʼlim olgan.
1983-yilda yosh hujumchi Toshkentning „Paxtakor“ jamoasining oʻsha paytdagi bosh murabbiyi Ishtvan Sekechning nazariga tushgan va jamoaga taklif etilgan[4][3]. Igor dastlab „Paxtakor“ jamoasi oʻrinbosarlar tarkibidagi oʻyinlarda ishtirok eta boshlagan. Toshkent klubining oʻrinbosarlar jamoasidagi muvaffaqiyatli ishtirokidan soʻng, asosiy tarkibga oʻtkazilgan[2]. Paxtakor jamoasidagi debyut oʻyindayoq Ukrainaning „Dnepr“ jamoasiga qarshi oʻyindayoq raqib darvozasini ishgʻol qilishga muvaffaq boʻlgan, ammo gol qoidaga zid ravishda urilgan deb topilgani uchun hisoblanmagan[3]. Asta-sekin yosh hujumchi „Paxtakor“ klubining birinchi tarkibidan doimiy joy egallagan va 1984-yilgi mavsumda jamoaning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan[2].
Shkvirin 1985-yilning oxirigacha „Paxtakor“ jamoasida oʻynagan. Sovet Armiyasida xizmat qilishi kerak boʻlgani sababli, Shkvirinning sobiq murabbiyi, oʻsha davrda Lvovning „Karpati SKA“ armiya klubi rahbari boʻlgan Ishtvan Sekech uni oʻz jamoasiga taklif qilgan[3]. 1988-yilgi mavsumda Dnepropetrovskning „Dnepr“ jamoasi tarkibiga oʻtishga qaror qilgan. „Dnepr“ klubi tarkibida Shkvirin Sovet Ittifoqi chempioni, SSSR kubogi, SSSR futbol federatsiyasi kubogini qoʻlga kiritdi[5]. Ammo bu davrda Shkvirin SSSR chempionatida bor-yoʻgʻi 14 ta oʻyin va kubok oʻyinlarida esa 4 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1988-yilgi mavsum soʻngida „Paxtakor“ klubiga qaytishga qaror qilgan[3][2].
Igor Paxtakor jamoasiga qaytganidan soʻng, ikkinchi mavsumini faoliyatidagi eng yaxshisi deb hisoblaydi. Mavsum davomida hujumchi raqiblar darvozasiga 37 ta gol urgan[2][3] va „Paxtakor“ jamoasining oliy ligaga qaytishida eng katta hissasini qoʻshgan[6]. 1991-yilgi mavsumda „Paxtakor“ jamoasi oliy ligaga qaytgan va Shkvirin mavsum davomida 14 marta raqiblar darvozasini ishgʻol qilgan. Bu Sovet Ittifoqining soʻnggi chempionati edi va chet el klublari vakillari eng yaxshi sovet futbolchilariga qiziqish bildirishgan. Fransiyaning „Sent-Eten“ vakillari Igor Shkvirinning oʻyinini tomosha qilish uchun Toshkentga tashrif buyurishgan. Oʻyin yakunida Fransiya klubi vakillari „Paxtakor“ jamoasiga futbolchi uchun 400 ming yrvro tovon puli taklif qilishgan, ammo Paxtakor jamoasi 800 000 dollar talab qilgan. Sent-Eten jamoasi vakillari esa 800 000 dollar toʻlashni istamagan va transfer amalga oshmay qolgan[3][2][7].
Shkirin Oʻzbekiston terma jamoasi safidagi ilk debyut oʻyinini 1992-yilning 17-iyunida Tojikistonga qarshi oʻyinda (2:2) oʻtkazgan va dastlabki oʻyinida ilk golini kiritgan[8].
1992—2000-yillarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 31 ta oʻyin oʻtkazib, 20 ta gol kiritgan[9]. 1994-yili Yaponiyaning Xirosima shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlari futbol turnirida ishtirok etgan (Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Sovet Ittifoqidan mustaqillikka erishganidan soʻng birinchi marta rasmiy futbol turnirida ishtirok etgan. Ilk musobaqada jamoa oltin medalni qoʻlga kiritgan).
Igor 2002-yilgi mavsumda murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2003—2004-yillarda „Krilya Sovetov Samara“ jamoasida Aleksandr Tarxanovning yordamchi murabbiyi boʻlgan[10][11]. 2005—2007-yillarda Oʻzbekiston Oliy ligasining „Qizilqum Zarafshon“ klubida bosh murabbiy boʻlgan.
2007-yilgi mavsumda Oʻzbekiston U23 terma jamoasiga bosh murabbiylik qilgan Vadim Abramovga yordamchi murabbiy, 2008—2010-yillarda esa Oʻzbekiston terma jamoasida bosh murabbiylik qilgan Rauf Inileyev, keyinroq Mirjalol Qosimovga ham yordamchilik qilgan.
2008-yilgi mavsumdan Olmaliqning „OKMK“ klubi bilan shartnoma imzolagan va jamoa bosh murabbiyi boʻlgan. 2009-yilgi mavsumda Olmaliq jamoasi Oʻzbekiston Oliy ligasida toʻrtinchi oʻrinni egallagan va bu muvaffaqiyat Shkvirinni yilning eng yaxshi futbol murabbiyi deb topilishiga sabab boʻlgan[12][11]. „OKMK“ jamoasida 8 mavsum davomida bosh murabbiy lavozimida ishlagan.
Igor Shkvirin oila qurgan, ikki oʻgʻil farzandi bor. Kichik oʻgʻli Nikita Shkvirin ham futbolchi boʻlib[13], Rossiyaning „Chertanovo“ va Oʻzbekistonning „Olmaliq“ klublarida toʻp surgan[14].
1994-yilda Osiyo oʻyinlarida terma jamoa safida erishgan gʻalabadan soʻng Shkvirin, boshqa gʻolib jamoadoshlari va murabbiylari qatori Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti – „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan[15].
2015-yilda oʻzbek futbol tarixchisi va statistik olimi Vladimir Safarov Igor Shkvirin haqida „Одиссея форварда“ (Hujumchi Odisseyi) biografik kitobini chop etgan edi[16].
Yil | Klub | Daraja | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|---|
2001 | Paxtakor Toshkent | I | 26 | 7 |
2000—2001 | Cherchill Brothers | I | ? | 12 |
2000 | Paxtakor Toshkent | I | 33 | 20 |
1999—2000 | Mohun Bagan | I | ? | 11 |
1998 | Paxtakor Toshkent | I | 29 | 17 |
1999 | I | 14 | 22 | |
1997—1998 | Makkabi Jaffa | II | ? | 3 |
1996—1997 | Makkabi Petah Tikba | I | 18 | 5 |
1996—1997 | Makkabi Gerzliya | I | 21 | 1 |
1995—1996 | Pahang FA | I | 18 | 15 |
1994—1995 | Makkabi Netanya | I | 21 | 9 |
1993—1994 | Hapoel Tel-Aviv | I | 21 | 9 |
1992—1993 | Hapoel Tel-Aviv | I | 31 | 15 |
1992 | Spartak Vladikavkaz | I | 10 | 5 |
1991 | Paxtakor Toshkent | I | 30 | 14 |
1990 | II | 37 | 37 | |
1989 | II | 27 | 6 | |
1989 | Dnepr | I | 4 | 0 |
1988 | I | 10 | 2 | |
1987 | Karpati Lvov | II | 38 | 11 |
1986 | II | 8 | 0 | |
1985 | Paxtakor Toshkent | II | 26 | 2 |
1984 | I | 25 | 9 | |
1983 | I | 15 | 2 | |
1983 | Yangiyer | III | 11 | 4 |
1982 | III | 34 | 5 | |
1981 | III | 33 | 2 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.