From Wikipedia, the free encyclopedia
Shirinboy Abdullayev (inglizcha: Shirinboy Abdullaev; 1992-yil 4-avgustda tugʻilgan[1]) – oʻzbekistonlik futbolchi, darvozabon pozitsiyasida oʻynaydi. 2024-yildan Buxoroning „Buxoro“ klubi futbolchisi[2].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Shirinboy Abdullayev | ||
Tavallud sanasi | 4-avgust 1992-yil | ||
Tavallud joyi | Jizzax Oʻzbekiston | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Buxoro | ||
Raqami | 1 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011—2016 | Soʻgʻdiyona | 11 | (0) |
2017 | → Obod | 12 | (0) |
2017—2023 | Soʻgʻdiyona | 31 | (0) |
2024— | Buxoro | 3 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2024-yil 29-mart uchun) |
Shirinboy Jizzax futbol maktabida taʼlim olgan. Professional faoliyatini 2011-yil Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubida tarkibida boshlagan. Jizzax jamoasida asosan ikkinchi darvozabon sifatida foaliyat olib borgan. 2012-yilgi mavsumda Oʻzbekiston birinchi ligasida klubning asosiy darvozabonlaridan biri sifatida ishtirok etgan. 2017-yilgi mavsumda Toshkentning „Obod“ klubiga ijaraga berilgan. Obod jamoasi tarkibida asosiy darvozabon sifatida oʻynagan va 12 oʻyinda darvozani qoʻriqlagan. ikkinchi davra oldidan „Soʻgʻdiyona“ jamoasi Shirinboyni jamoa tarkibiga qaytargan. 2022-yilgi mavsumda Jizzax klubi tarkibida AFC Kubogida oʻynagan[3][4][5].
2023-yil 8-dekabrda „Soʻgʻdiyona“ jamoasi bilan shartnomasi uzaytirilmasligini eʼlon qildi va Shirinboy jamoani tark etgan[6][7]. 2024-yil yanvar oyida sobiq ustozi Ulugʻbek Baqoyev taklifiga koʻra „Buxoro“ jamoasi mashgʻulotlarida ishtirok etgan[8] va fevral oyida Buxoro klubi bilan shartnoma imzolagan[9][10].
Shirinboy taniqli futbolchi Izzatilla Abdullayevni akasidir.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.