From Wikipedia, the free encyclopedia
Toshmurod Shamakovich Ogʻamurodov (turkmancha: Täçmyrat Shamakowiç Agamyradow, ruscha: Ташмурад Шамакович Агамурадов; 1952-yil 18-avgustda tugʻilgan) – turkman futboli murabbiyi. Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy, 2004-yilda Oʻzbekistonning eng yaxshi murabbiyi, 2004-yilda Osiyoning eng yaxshi murabbiylari uchligiga kirgan. Toshmurod Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi bilan katta muvaffaqiyatlarga erishgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Toshmurod Shamakovich Ogʻamurodov | ||
Tavallud sanasi | 18-avgust 1952-yil | ||
Tavallud joyi | Ashxobod, Turkmaniston SSR | ||
Boʻyi | 174 cm (5 ft 8 1⁄2 in) | ||
Boshqargan klublari | |||
Yillar | Jamoalar | ||
1990—1993 | Nebitchi | ||
1994—1995 | Nisa | ||
1994 | Turkmaniston | ||
1996—1998 | Kopetdag | ||
2000—2001 | Kopetdag | ||
2001—2005 | Paxtakor | ||
2002—2004 | Oʻzbekiston (assistant) | ||
2005—2006 | Qayrat | ||
2007—2009 | Dinamo | ||
2010 | Lokomotiv | ||
2011 | Shoʻrtan | ||
2012 | Paxtakor (assistant) | ||
2012—2013 | Buxoro | ||
2014—2015 | Dinamo | ||
2015—2017 | Buxoro | ||
2019 | Dinamo | ||
2020 | Qizilqum |
Turkmaniston sport qoʻmitasi maktab-internati bitiruvchisi. Keyinchalik, 1974-yilda Turkman davlat universiteti jismoniy tarbiya fakulteti murabbiylik boʻlimini tamomlagan. Toshmurodning „Kolxozchi“ qishloq sport jamiyatida ishlagan. Keyingi yetti yil davomida Ashxobod viloyati va Ashxobod shahridagi turli bolalar va oʻsmirlar maktablarida ishlagan.
1990—1993-yillarda „Nebitchi“ jamoasida murabbiylik qilgan. 1991-yilda Nebitchi Balkanabat klubini boshqargan. 1994—1996-yillarda „Nisa Ashxobod“ klubini boshqargan. 1994-yili Xirosima shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarining futbol turnirida Turkmaniston terma jamoasi murabbiyi boʻlgan[1]. 1995-yilda esa Turkmaniston olimpiya futbol jamoasiga ustozlik qilgan[2]. 1997-yil iyun oyida Turkmaniston terma jamoasiga murabbiy etib tayinlangan. Shuningdek, 1997-yilning iyul oyida Nisa Ashxobod jamoasiga qaytib kelgan va 1998-yilda Köpetdog Ashxobod jamoasini boshqargan. 1999-yilda Moskvadagi Rossiya Federatsiyasi futbol murabbiylari oliy maktabiga oʻqishga kirgan. Bir yil oʻtgach oʻqishni tugatgan. 2000-yil fevral oyida Italiyaning „Milan“ futbol klubi bazasida amaliyot oʻtagan.
2000-yilning martidan 2001-yilning iyunigacha yana „Kopetdog Ashxobod“ va Turkmaniston terma jamoasini boshqargan. 2001—2005-yillarda Toshkentning „Paxtakor“ klubini boshqargan va 2004-yilda „Yil murabbiyi“ deb topilgan. 2002-yildan 2004-yil boshiga qadar Oʻzbekiston terma jamoasida murabbiy-maslahatchi lavozimida ishlagan. Shu bilan birga, 2003-yildan 2005-yil avgustigacha Toshkentning „Paxtakor“ klubi bosh murabbiyi boʻlgan. 2006-yil 1-iyundan 21-avgustgacha u Qozogʻistonning „Qayrat Olmaota“ klubini boshqargan[3]. Soʻngra Oʻzbekistonga qaytib, 2007—2008-yillar davomida Samarqandning „Dinamo“ jamoasiga, 2009—2010-yillarda esa Toshkentning „Paxtakor“ klubining seleksionerlik boʻlimiga rahbarlik qilgan. 2010-yil iyulidan 2011-yilgacha Toshkentning „Lokomotiv“ klubini boshqargan, keyinchalik esa „Paxtakor“ jamoasidagi avvalgi lavozimiga qaytgan. 2011-yil iyulidan 2011-yil oktyabrigacha „Shoʻrtan Gʻuzor“ jamoasiga murabbiylik qilgan. 2011-yilning sentyabrida yana „Paxtakor“ murabbiylar shtabiga taklif qilingan va u yerda klub bosh murabbiyi maslahatchisi sifatida faoliyat olib borgan.
2011-yilning 28-sentyabrida Ravshan Xaydarov ishdan boʻshatilgach, uning oʻrniga Murod Ismoilov vaqtincha klub bosh murabbiyi etib tayinlangach, Agamurodov Ismoilovning yordamchi murabbiyi boʻlib, yana klubga qaytgan[4][5].
2012-yil iyun oyida Jamshid Saidov oʻrniga Agamurodov Buxoro FK bosh murabbiyi etib tayinlangan[6][7]. 2013-yil 10-noyabrda Buxoro jamoasidagi oʻrnini tark etgan va 2014-yilda Samarqandning „Dinamo“ jamoasiga murabbiy etib tayinlangan. 2015-yilning 2-iyulida Dinamodagi lavozimini tark etishini eʼlon qilgan. „Dinamo“ jamoasini tark etgach, 2015-yilning 10-iyulida „Buxoro“ FKda maslahatchi murabbiy sifatida ishlagan[8][9][10].
Toshmurod Ogʻamurodovning oʻgʻli Ahmad ham turkmanistonlik futbol murabbiy.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.