From Wikipedia, the free encyclopedia
Italiyaning Milan klubi (Associazione Calcio Milan[6]) – Italiyaning Lombardia viloyatida joylashgan professional klubi. 1899-yilda tashkil etilgan klub, Italiya futbolining eng yuqori pogʻonasi boʻlgan A Seriyada ikki mavsumdab tashqari (1980/1981 va 1982/1983-yilgi mavsumlarni B seriada oʻtkazgan) butun tarixini yuqori ligada oʻtkazgan[7][8].
Toʻliq nomi | Associazione Calcio Milan S.p. A.[1] | |||
---|---|---|---|---|
Laqabi |
I Rossoneri (Qizil va qoralar) Il Diavolo (Iblislar) | |||
Asos solingan | 13-dekabr, 1899-yil[2] Milan futbol va kriket klubi sifatida | ,|||
San Siro | ||||
Sigʻimi |
75,817 (cheklangan sigʻimi) 80,018 (maksimal) | |||
Egasi |
RedBird Capital Partners (99.93%)[3][4] | |||
Raisi | Paolo Scaroni | |||
Bosh murabbiy | Paulo Fonseca | |||
Vebsayti | Klub sayti | |||
| ||||
Mahalliy miqyosda „Milan“ 19 ta chempionlikni qoʻlga kiritgan va A Seriyada „Yuventus“ va hamshahar raqibi „Inter“ jamoasidan keyin, uchinchi eng muvaffaqiyatli klub hisoblanadi[9]. Klub shuningdek, 5 marta Italiya kubogi va 7 marta Italiya Superkubogi gʻolibi boʻlgan[10]. Xalqaro musobaqalarda Milanning 18 ta FIFA va UEFA kuboklari qoʻlga kiritgan xolda dunyodagi barcha klublar orasida uchinchi (Boka Xuniors va Independiente bilan birgalikda) va italyan klublari orasida eng koʻp sovrindor jamoadir[nb 1][nb 2]. Milan 7 marta Yevropa kubogi/Chempionlar ligasi gʻolibi, besh marta UEFA Superkubogi, ikki marta UEFA kubogi gʻoliblari kubogi, uchta Qitʼalararo kubok va bir FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionidir[11][12][13][14]. „Milan“ jamoasining Yevropadagi asosiy sovrinlari qatoriga ikkita Lotin kubogi ham kiradi[15].
Oʻzining dastlabki tarixida Milan 1926-yilda San-Sirostadioniga koʻchib oʻtishidan oldin, oʻzining uy oʻyinlarini shaharning turli maydonlarida oʻtkazgan[16]. 1947-yildan beri „Inter“ bilan Italiya futbolidagi eng katta stadioni hisoblanadigan, umumiy sigʻimi 75,817 ega San Siro stadionidan foydalanib kelmoqda[17]. „Milan“ „Inter“ klubi bilan azaliy raqobatga ega. Ikki jamoa futboldagi eng koʻp kuzatilgan derbilardan biri boʻlgan della Madonnina Derbisida bahslashadi[18].
Klub Italiya va jahon futbolidagi eng badavlat klublardan biri hisoblanadi[19]. Jamoa Yevropaning yetakchi futbol klublarining hozirda tugatilgan G-14 guruhi va uning oʻrnini bosuvchi Yevropa klublari assotsiatsiyasining taʼsischi aʼzosi edi[20].
„Milan“ futbol klubiga (Milan Cricket and Foot-Ball Club) 1899 yilda Britaniyaliklar Alfred Edvards (klubning birinchi prezidenti) va Gerbert Kilpin (klubning birinchi sardori) tomonidan asos solingan. Qora-qizil rangli libos gʻoyasi aynan Kilpinga tegishli. Unga koʻra qizil rang shaytonni, qora rang esa (jamoa raqiblariga) havfni anglatadi.
„Milan“ futbol klubi 1981 yilda yangitdan qayta tashkil qilingan boʻlib bu jamoaning B seriyadan qaytgan yiliga toʻgʻri keladi. Muhlislar orasida jamoa tashkil etilgan yil boʻyicha turli baxslar boʻlishiga qaramasdan jamoa logosi oʻzgarishsiz qoldirilgan.
„Milan“ oʻzining birinchi norasmiy oʻyinini 1900-yilning 11-martida „Mediolanum“ jamoasiga qarshi oʻtkazib 3:0 hisobida gʻalaba qozongan. Jamoa tarkibi: Xuud, Kanyani, Toretto, Lis, Kilpin, Valerio, Dubini, Devis, Nevill, Ellison, Formenti. Bu gʻalabadan ruhlangan jamoa vakillari Italiya Futbol Federatsiyasiga kirishga, yaʼni mamlakat chempionatida qatnashishga qaror qilishadi.
Birinchi rasmiy oʻyinda „Milan“ yirik hisobda „Torinoze“ga (0:3) magʻlub boʻlgan. Shunga qaramay 1901-yiliyoq „Milan“ oʻzining birinchi chempionlik unvoniga erishadi (final bahsida Djenoa magʻlub etilgan – 3:0). 1906 va 1907-yillarda klub 2-chi va 3-chi marotaba chempionlikni nishonlaydi. 1908-yil, mahalliy va legioner futbolchilar oʻrtasida futbol qoidalarini tafsil qilishdagi kelishmovchilar yuzasida, „Milan“ chet ellik futbolchilaridan voz kechadi. Bu hodisa Milan shahrida yana bir klub – Inter futbol klubining paydo boʻlishiga olib keladi. 1919-yili klub oʻz nomini Milan Football Clubga oʻzgartiradi.
1920-chi, 1930-chi yillar davomida Italiya futbolida Torino gegemonlik qilgan. Bu paytlarda „Milan“ Italiyaning old jamoalaridan hisoblanmagan. 1939-yilda klub hozirgi kundagi Associazione Calcio Milan nomini olgan.
Dastlab „San-Siro“nomi bilan atalgan shahar atrofi u joylashgan joyda, 1899-yilda ingliz Alfred Edvards tomonidan tashkil etilgan „Milan“ ning uy stadioni boʻlgan. 1920-yillarning oʻrtalariga kelib „rossoneri“ oʻzining eski stadionida tor boʻlib qoldi va „Milan“ prezidenti Pyero Pirelli, juda boy odam, yangi Arena qurilishi uchun yer sotib oldi. 35 000 dan ortiq tomoshabin sigʻadigan San-Siro futbol stadioni 1926 yil sentyabr oyida ochilgan. Bir necha yil oʻtgach, mahalliy munitsipalitet stadionni „Milan“dan sotib oldi. Shahar va klub uni asta – sekin kengaytirdi va 1940-yilda Italiyaning Germaniyaga qarshi oʻyinida 65 000 tomoshabin ishtirok etdi[21].
1947-ilda eski „Inter Milan“ stadioni bunday katta klub uchun kichik boʻlgani aniq boʻldi. Ikkala jamoaning bitta stadionni baham koʻrish taklifi „Milan“tomonidan maʼqullandi. Ammo qarorni amalga oshirish uchun arenani kengaytirish kerak edi. „San-Siro“ rekonstruksiya qilish uchun yopildi va 1955-yilda qayta ochildi. U deyarli 82 000 tomoshabinni sigʻdira boshladi. 1979-yilda" San-Siro "" Juzeppe Meazza " deb nomlandi Italiya futbol tarixidagi ikki futbolchidan biri sharafiga, ular 1934 va 1938-yillarda jahon chempionatlarida gʻalaba qozongan ikkala Italiya terma jamoasi tarkibiga kirgan. Muxlislar Milanning ikkala klubida oʻynagan Meazza – forvardga tom maʼnoda taʼzim qilishdi.
Endi Italiyada stadionning ikkala nomi ham soʻzlashuvda ishlatiladi. Tarixiy nomi „San – Siro“dunyoda yanada mashhur va taniqli boʻlib qolmoqda.
1990-yilgi jahon chempionatiga kelib, stadionda taxminan 50 million funt sterlingga teng boʻlgan yana bir global rekonstruksiya amalga oshirildi-bu yangi qoʻllab-quvvatlovchi tuzilmalar tufayli maydonni soya qilish bilan bogʻliq muammolarni hal qilish uchun sarflangan mablagʻni hisobga olmaganda.
Italiyaning „La Repubblica“ gazetasi tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, „Milan“ Italiyadagi eng mashhur futbol klublaridan biri hisoblanadi. Tarixiy jihatdan „Milan“ uchun ishchi sinfi va shahar kasaba uyushmalari ildiz otgan. Boshqa tomondan, asosiy raqib „Internacional“ asosan gullab-yashnayotgan Milan oʻrta sinfining qoʻllab-quvvatlashiga ega edi. Italiya futbolining eng qadimgi ultras guruhlaridan biri „Fossa dei Leoni“ Milanda paydo boʻlgan. 1999-yil 20-dekabrda „Brigate Rossonere“klubini tashkil etdi. „Milan“ ultraslari hech qachon oʻziga xos siyosiy imtiyozlarga ega boʻlmagan, ammo ommaviy axborot vositalari ularni yaqin vaqtgacha anʼanaviy ravishda chap qanot bilan bogʻlashgan. Silvio Berluskoni prezidentligi boshlanishi bilan bu stereotip ahamiyatsiz boʻlib qoldi.
2010-yildan beri „Milan“ Yevropadagi eng mashhur italyan jamoasi boʻlib, dunyodagi yettinchi jamoa boʻlib, klubni 18,5 milliondan ortiq muxlislar qoʻllab-quvvatlamoqda. „Milan“ Evropaning eng koʻp tashrif buyuradigan futbol jamoalari oʻntaligiga kiradi, shuningdek, Xitoy va Janubi-Sharqiy Osiyoning aksariyat mamlakatlarida juda mashhur[22].
Note: Flags indicate national team as defined under FIFA eligibility rules. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.
|
|
Note: Flags indicate national team as defined under FIFA eligibility rules. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.
|
|
Note: Flags indicate national team as defined under FIFA eligibility rules. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.
|
|
Note: Flags indicate national team as defined under FIFA eligibility rules. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.
|
|
№ | Futbolchi | Millat | Pozitsiyasi | Milan debyuti | Oxirgi oʻyini | Esl |
---|---|---|---|---|---|---|
3 | Paolo Maldini | Italy | Markaziy himoyachi / Chap qanot himoyachisi | 20 Yanvar 1985 | 31 May 2009 | [34] |
6 | Franco Baresi | Italy | Tozalovchi | 23 Aprel 1978 | 1 Iyun 1997 | [34] |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.