From Wikipedia, the free encyclopedia
Futbolda jamoa sardori jamoa aʼzolari uchun rasmiy yetakchi hisoblanadi. Odatda sardor jamoadagi yoshi katta yoki tajribali, shuningdek, oʻyin natijasiga katta taʼsir koʻrsata oladigan futbolchilardan tanlanadi. Oʻyin qoidalariga koʻra jamoa sardori chap qoʻlidagi sardorlik bogʻichi bilan boshqa oʻyinchilardan ajralib turadi.[1]
Oʻyin qoidalariga koʻra, sardorning rasmiy vazifalari oʻyin boshlanishidan (tomonlar va futbol toʻpini oʻyinga kiritadigan jamoaning maqsadini aniqlash maqsadida) va oʻyindagi penaltilar seriyasidan oldin qur’a tashlashda ishtirok etishdan iborat. Oʻyin vaqtida jamoa sardori hakamning qarorlariga eʼtiroz bildirishga imkon beruvchi maxsus huquq va imtiyozlarga ega emas, biroq ayni paytda, oʻz jamoadoshlarining xatti-harakatlari uchun javobgardir. Aynan shu holat hakamga sardor bilan jamoa futbolchilarining xatti-harakati xususida suhbatlashish imkonini beradi.
Yoshlar yoki havaskor futbolda jamoa sardori koʻpincha professional futboldagi jamoa murabbiyiga yuklatilgan vazifalarni bajaradi. Sardor jamoadagi ruhiy holat uchun javob beradi. Agar jamoada ruhiy holat past boʻlsa, u oʻyinchilarni har tomonlama ragʻbatlantirib, guruh ruhiyatini oshirishi talab etiladi.
Jamoa sardori odatda rahbariyat tomonidan tayinlanadi yoki mavsum boshida jamoa futbolchilari tomonidan tanlanadi. Jamoa sardorini tayinlash murabbiy uchun juda muhim tanlovdir, chunki sardor maydondagi yordamchi murabbiy hisoblanadi. Baʼzi jamoalarda jamoa uchun eng koʻp oʻyin oʻtkazgan oʻyinchi avtomatik ravishda sardorga aylanadi. Agar biron sababga koʻra u maʼlum bir uchrashuvda ishtirok eta olmasa, sardorlik vazifasi tayinlangan vitse-sardorga yoki jamoaning boshqa oʻyinchisiga yuklanadi. Sardor koʻpincha jamoaning ommaviy axborot vositalari bilan muloqotida alohida rol oʻynaydi va jamoa tomonidan qoʻlga kiritilgan sovrinni koʻtaruvchi birinchi futbolchi hisoblanadi. Sardor koʻngilochar va ruhiyatni koʻtaruvchi tadbirlarni tashkil etish, yosh futbolchilarga yordam berish kabi muayyan mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishi mumkin.[2]
Vitse-sardor — baʼzi sabablarga koʻra asosiy tarkibga kiritilmagan yoki jamoa sardorini almashtiradigan oʻyinchi. Umuman olganda, vitse-sardor jamoa sardori vazifalarini toʻliq oʻz zimmasiga oladi. Vitse-sardor haqiqiy jamoa sardori maydonda boʻlmagan vaqtdagina kerak boʻlib qolmasdan, u ham jamoa sardori kabi futbolchilarni boshqarish va yosh futbolchilarga tajriba orttirishga yordam berish huquqiga ega.
Odatda tajribali yoki nomdor futbolchilar ham vitse-sardor etib tayinlanadi. Murabbiy mavsum boshlanishidan oldin vitse-sardor va sardorni tayinlaydi, baʼzi jamoalarda ular oʻyinchilar tomonidan tanlanadi.
Futbol tarixida faqat 3 nafar futbolchi oʻz jamoasi sardori boʻlgan davrda Jahon kubogi va Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan. Bular: Frans Bekkenbauer 1974-yilgi Jahon kubogi va 1972-yilgi Yevropa chempioni; Dide Desham 1998-yilgi Jahon kubogi va 2000-yilgi Yevropa chempioni; Iker Kasilyas 2010-yilgi jahon chempionati va ketma-ket 2 marta, 2008- va 2012-yilgi Yevropa chempionati gʻolibi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.