From Wikipedia, the free encyclopedia
"Uz-Dong-Ju" — Andijon shahrida joylashgan oʻzbek futbol klubi. Taʼsischisi — "Uz-Dong-Ju Paint Co" Oʻzbekiston-Koreya qoʻshma korxonasi.
Klub 2004-yilda tashkil etilgan[1] va darhol Oʻzbekiston chempionati Ikkinchi ligasida oʻynay boshlagan. 2005-yilda „Uz-Dong-Ju“ ikkinchi ligada oʻz guruhida 2-oʻrinni egalladi va shu tariqa Birinchi ligaga yoʻl oldi.[2]
2007-yilgi mavsumda klub turnirda 2-oʻrinni egalladi va Oliy ligaga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Biroq 2008-yilda u Oliy ligada soʻnggi, 16-oʻrinni egalladi va yana Birinchi ligaga tushib ketdi.
Ammo, 2009-yilgi mavsum boshlanishidan oldin moliyaviy muammolar tufayli Uz-Dong-Ju Oʻzbekiston chempionati va kubogida ishtirok etishdan bosh tortdi. 2013-yilda klub Ikkinchi ligaga qaytdi, keyin esa yana 4 mavsumni (2014—2017) Birinchi ligada oʻtkazdi.
…
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.