2005-yil – „Sihat-salomatlik yili“ Xitoy taqvimida esa xoʻroz yili hisoblanadi.

Qisqa faktlar Ming yilliklar:, Asrlar: ...
Ming yilliklar: 3-mingyillik
Asrlar:
Oʻn yilliklar:
Yillar:
Yopish

Oʻzbekiston

  • 17-20-yanvar – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga saylovlar boʻlib oʻtdi.
  • 25-yanvar – „Sihat-salomatlik yili“ davlat dasturi toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
  • Mart – Toshkent viloyatida „Bursel-Toshkent tekstil“ qoʻshma korxonasi ishga tushirildi.
  • 12-13-may – Andijon shahrida bir guruh aqidaparast va ekstremistlar tomonidan qurolli ekstremistik xurujlar sodir etildi.
  • May – „ToshguzarBoysunQumqoʻrgon“ temir yoʻl magistralining ikkinchi bosqichi – „QumqoʻrgʻonBoysun“ yoʻnalishi ishga tushirildi.
  • May – Chirchiq shahrida „Barkamol avlod“ sport oʻyinlari boʻlib oʻtdi. May. Oʻzbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligiga aylantirildi.
  • 29-iyul – 1- va 2-Toshkent tibbiot akademiyasi negizida Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil etildi.
  • 1-avgust – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oʻzbekiston Respublikasida oʻlim jazosini bekor qilish toʻgʻrisida“gi farmoni eʼlon qilindi.
  • 30-avgust – Toshkent shahrining Eski shahar hududida Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi qayta ochildi. Oʻzbek liboslari galereyasi, Bolalar ijodiyoti uyi foydalanishga topshirildi.
  • Avgust – Toshkentdagi Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida „Il“ning yangi avlodi – „Ilyushin Il—76 TD90 VD“ samolyoti chiqarila boshlandi.
  • 1-sentyabr – Mustaqillik maydonidagi Ezgulik arkasi qurib bitkazildi.
  • 5-sentyabr – Toshkent – Buxoro yoʻnalishida tezyurar yoʻlovchi tashuvchi elektr-poyezdi qatnay boshladi.
  • 9-sentyabr – Oʻzbekiston Respublikasi bilan XXR oʻrtasida „Doʻstlik va hamkorlikning sherikchilik munosabatlari toʻgʻrisida“gi Shartnoma (Pekin, 2005-yil 25-may) ratifikatsiya qilindi.
  • 11-12-sentyabr – Oʻzbekiston Tuproqshunoslar va agrokimyogarlar jamiyatining 4-qurultoyi boʻlib oʻtdi.
  • 5-6-noyabr – Toshkentning „Oʻzbekiston“ sport majmuasida badiiy gimnastika boʻyicha jahon kubogi bosqichi – „Sharq goʻzali—2005“ xalqaro turniri boʻlib oʻtdi.
  • 9-noyabr – „Margʻilon shahrining 2000-yilligini nishonlash toʻgʻrisida“ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
  • 14-noyabr – Moskva shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar.
  • 26-27-noyabr – Toshkent shahridagi „Oʻzbekiston“ sport majmuasida kurash boʻyicha 5-jahon chempionati boʻlib oʻtdi.
  • 29-noyabr – Toshkent shahrida Kurash xalqaro assotsiatsiyasining 6-kongressi boʻlib oʻtdi.
  • Noyabr – Moʻynoq tumanida yangi „Sharqiy Berdaq“ gaz koni ochildi.
  • Noyabr – Fargʻona shahri aeroportidan „Fargʻona – Moskva – Fargʻona“ yoʻnalishi boʻyicha samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
  • Noyabr – Toshkent shahrida „Yugnakiy“ yoshlar sport majmuasi ochildi.
  • 28-dekabr – Toshkentning Mustaqillik maydonida Baxtiyor ona haykali ochildi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 3-fevraldagi qarori bilan Mustaqillik obidasi va Baxtiyor ona haykali Mustaqillik va ezgulik monumenti deb nomlandi).

Voqealar

  • mart – Qirg'izistonda „lola inkilobi“. Prezident Asqar Akaev isteʼfoga chikdi. Keyinchalik Qurmanbek Bakiev Qirg'iz Respublikasi prezidenti etib saylandi.
  • may – Eronda saylov boʻlib, unda Maxmud Ahmadiy Najot prezident etib saylandi.
  • 29-sentyabr – Ostona shahrida Butunjahon qozoqlarining III qurultoyi oʻtkazildi.
  • 6-7-oktyabr – Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti – MOHT Evroosiyo Iqtisodiy hamjamiyati xalqaro tashkilotiga Sankt-Peterburgdagi yigʻilishda qoʻshildi.
  • noyabr – GFR tarixida birinchi ayol kishi Angela Markel kansler etib saylandi.
  • 4-dekabr – Nursulton Nazarboev Qozogʻiston Respublikasi prezidenti etib qayta saylandi.
  • Evo Morales Boliviyada boʻlgan prezident saylovlarida gʻolib chiqdi.
  • Daniel Ortega Nikaraguada boʻlgan prezi­dent saylovlarida gʻolib boʻldi.

Tugʻilganlar

Vafot etganlar

Nobel mukofoti laureatlari



Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.