2004-yil — „Mehr va muruvvat yili“. 1-yanvar — Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT)ning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qoʻmitasi faoliyat koʻrsata boshladi.
Qisqa faktlar Ming yilliklar:, Asrlar: ...
Yopish
- 27-yanvar — „Mehr va muruvvat yili“ davlat dasturi toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
- 12-mart — Xorazm viloyati Hazorasp tumanida Amudaryo ustida bunyod etilgan koʻprik foydalanishga topshirildi.
- 18-mart — Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahrida Oʻzbekiston —Turkiya „YADEM tekstil“ qoʻshma korxonasining tantanali ochilish marosimi boʻldi.
- 23-mart — Toshkentda buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy haykalining ochilish marosimi boʻldi.
- 25-mart — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Xoʻja Ahror tavalludining 600 yilligini nishonlash haqida“ qaror qabul qildi.
- 26-mart — Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi tashkil topdi.
- 27-mart — Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tashkil etildi.
- 30-mart — Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti asosida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti tashkil etildi.
- 3-aprel — Orolboʻyi genofondini muhofaza qilish xayriya jamgʻarmasini tashkil etishga qaror qilindi.
- 5-aprel — Toshkentda „Taʼlim — kelajakka yoʻnaltirilgan sarmoya“ mavzusida mintaqaviy konferensiya boʻlib oʻtdi. Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan mazkur anjumanda Markaziy Osiyo mamlakatlari taʼlim vazirliklari rahbarlari ishtirok etdilar.
- 29-30-aprel — 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 14-sessiyasida "Oʻzbekiston Respublikasining „Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida“, „Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida“gi qonunlar qabul qilindi.
- 21-may — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „2004—2009-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi toʻgʻrisida“gi farmoni eʼlon qilindi.
- 17-iyun — Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlarining sammiti boʻlib oʻtdi.
- 7-iyul — Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi tashkil etildi.
- 13-iyul — Liviya poytaxti Tripoli shahrida yakunlangan shaxmat boʻyicha jahon chempionatida oʻzbek shaxmatchisi, xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov jahon chempioni unvoniga sazovor boʻldi.
- Avgust — Xorazm viloyatida „Bogʻottekstil“ va „Shovotteks“ qoʻshma korxonasi ishga tushirildi.
- 26-avgust — Afinadagi Olimpiada musobaqalarida oʻzbekistonlik kurashchi Aleksandr Dokturishvili yunon-rum kurashi boʻyicha, Artur Taymazov esa (28-avgustda) erkin kurash boʻyicha 28-Olimpiada oʻyinlari chempioni boʻldi, Magomed Ibragimov (29-avgustda) kumush medal bilan taqdirlandi.
- 31-avgust — Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi foydalanishga topshirildi.
- 27-sentyabr — Madaniyat ishlari vazirligi va Davlat sport qoʻmitasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashkil etildi.
- 11-oktyabr — Oʻzbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi tashkil etildi.
- 15-oktyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, xaritagrafiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tashkil qilindi.
- 25-oktyabr — Samarqand shahrida Jahon sayyohlik tashkilotining „Buyuk ipak yoʻli“ deb nomlanuvchi vakolatxonasi ochildi.
- 28-oktyabr — Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
- 26-dekabr (va 2005-yil 9-yanvar) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovlar boʻlib oʻtdi.
- 2004 — „Sen yolgʻiz emassan“ jamgʻarmasi tashkil etildi.