Ostona
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ostona (qozoqcha: Астана)[2]; eski nomi: Nur-Sulton (qozoqcha: Нұр-Сұлтан) — Qozogʻiston poytaxti(1997 yil 10 dekabrdan beri). Hozirgi kunda shaharning hududi 200 km2. Ishim daryosining oʻng sohilida joylashgan. Temir yoʻl tuguni. Aeroport bor. Aholisi 1 136 008 kishi (2020).
Ostona qozoqcha: Астана | |
---|---|
Poytaxt | |
51°11′0″N 71°24′0″E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
Hukumat | |
• Akim | Altay Kulginov |
Asos solingan | 1830 |
Ilk eslatilishi | 1830 |
Avvalgi nomlari | Akmolinsk, Tselinogarad, Akmola, Astana, Nur-Sulton |
Maydon | 79,733 km2 (30,785 kv mi) |
Markazi balandligi | 506 m |
Rasmiy til(lar)i | qozoqcha,ruscha |
Aholisi | 1 078 384[1] |
Zichligi | 1299 kishi/km2 |
Milliy tarkib |
qozoqlar 81 % ruslar 10 % ukrainlar 1,81 % tatarlar 1,34 % oʻzbeklar 1,10 % va boshqalar 5,63 % |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 7172 |
Pochta indeks(lar)i | 010000 |
Avtomobil kodi | Z eskisi, 01 yangisi |
Mashinasozlik va metallni qayta ishlash (qishloq xoʻjalik mashinalari, nasos, vagon remonta, gaz apparaturasi, choʻyan kuyish va boshqa zavodlar), oziq-ovqat (goʻsht, sut, non mahsulotlari, pivo zavodi), yengil (chinni zavodi, tikuvchilik fabrikasi va boshqa) sanoatlari rivojlangan. Gʻisht, temir-beton materiallari, uy-joy qurilish qismlari, asfalt, keramika mahsulotlari ishlab chiqariladi. TETS ishlab turibdi. Elektr uzatkich liniyalari Ostonani Qaragʻandi, Pavlodar, Petropavl, Rudniy bilan bogʻlagan.
Shahar eski qismining koʻchalari toʻgʻri burchak shaklida tuzilgan. Ostonada 1960-yildan katta qurilish ishlari boshlandi. 1961—92 yillar bosh plani boʻyicha shaharning janubi-sharqiy qismidagi boʻsh yerlarda tipovoy loyiha asosida koʻp qavatli binolar qurilgan, yangi turar joy mikrorayonlari va jamoat binolari (Madaniyat saroyi, 1960—64, meʼmorlar O. Kratsklis, D. Danneberg, P. Fogel), Yoshlar uyi (1974, meʼmor A. T. Polyanskiy va boshqa), „Ishim“ mehmonxonasi, telemarkaz va boshqalar barpo etilgan. Ostonada 4 oliy oʻquv yurti, teatr, oʻlkashunoslik va tasviriy sanʼat muzeylari bor. Ostona 1830-yilda Oqmoʻla qalʼasi sifatida barpo qilingan.
Shaharning nomi 1961-yilgacha Akmolinsk, 1992-yilgacha Tzelinograd, 1998-yilgacha Oqmola boʻlgan. U 2022 yilda Nur-Sulton deb atalgan. Ostona shahri 1997-yildan beri Qozogʻiston Respublikasining poytaxti boʻlib kelmoqda. Undan avval Olmaota shahri mamlakatning poytaxti boʻlgan.
Ostona Sariarqa tumani, Alma-Ata tumani va Yesil tumani boʻlib boʻlinadi
Ostona shahrida 10 tadan ziyod oliy oʻquv yurtlati bor, shulardan:
Ostona shahrining aholisi 2000-yil bilan solishtirganda 169,2-ming kishiga koʻpayib, 2006-yilning boshida 550,2 ming kishiga yetdi. Aholi soni boʻyicha Ostona Qozogʻistondagi Almati shahridan keyin 2-oʻrinda.
1989-yilgi aholi soni | % | 1999-yilgi aholi soni | % | 2012-yilgi aholi soni | % | |
---|---|---|---|---|---|---|
umumiy | 281252 | 100,00 % | 319324 | 100,00 % | 742918 | 100,00 % |
Qozoqlar | 49798 | 17,71 % | 133585 | 41,83 % | 480815 | 66,80 % |
Ruslar | 152147 | 54,10 % | 129480 | 40,55 % | 188928 | 23,35 % |
Ukrainlar | 26054 | 9,26 % | 18070 | 5,66 % | 13453 | 1,81 % |
Tatarlar | 9339 | 3,32 % | 8286 | 2,59 % | 9937 | 1,34 % |
Olmonlar | 18913 | 6,72 % | 9591 | 3,00 % | 7930 | 1,07 % |
Beloruslar | 8220 | 2,92 % | 5761 | 1,80 % | 3834 | 0,52 % |
Koreyslar | 1329 | 0,47 % | 2028 | 0,64 % | 4981 | 0,67 % |
Oʻzbeklar | 640 | 0,23 % | 429 | 0,13 % | 8166 | 1,10 % |
Polyaklar | 2762 | 0,98 % | 2537 | 0,79 % | 2412 | 0,32 % |
Ingushlar | 1889 | 0,67 % | 1822 | 0,57 % | 2732 | 0,30 % |
Ozarbayjonlar | 997 | 0,35 % | 902 | 0,28 % | 2978 | 0,40 % |
Qirg'izlar | 94 | 0,03 % | 196 | 0,06 % | 1808 | 0,20 % |
Chechenlar | 514 | 0,18 % | 752 | 0,24 % | 1063 | 0,14 % |
Boshqirdlar | 1187 | 0,42 % | 870 | 0,27 % | 1009 | 0,14 % |
Armanlar | 814 | 0,29 % | 576 | 0,18 % | 790 | 0,10 % |
Moldavanlar | 1004 | 0,36 % | 629 | 0,20 % | 7 | 0,9 % |
Uyg'urlar | 53 | 0,02 % | 161 | 0,05 % | 881 | 0,12 % |
boshqalar | 5498 | 1,64 % | 3649 | 0,83 % | 8711 | 0,90 % |
Shahar | Yil | Davlat |
---|---|---|
Anqara | - | Turkiya |
Istanbul | - | Turkiya |
Izmir | - | Turkiya |
Moskva | - | Rossiya |
Sankt-Peterburg | - | Rossiya |
Qozon | 2004 | Rossiya |
Pittsburg | - | AQSh |
Ammon | - | Iordaniya |
Riga | - | Latviya |
Toshkent | - | Oʻzbekiston[6] |
Gdansk | 1996 | Polsha |
Varshava | 2002 | Polsha |
Kiyev | 1998 | Ukraina |
Seul | 2004 | |
Dubay | - | Birlashgan Arab Amirliklari |
Pekin | - | Xitoy |
Manila | - | Filippin |
Tbilisi | 2005 | Gruziya [7] |
Bishkek | 2011 | Qirgʻiziston[8] |
Xanoy | - | Vyetnam |
Nice | 2013 | Fransiya |
Boyterak | Mustaqillik saroyi | Qozogʻiston sport kompleksi | Nur-Sulton masjidi | Qozoq eli monumenti |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.