Gdansk (nem. Danzig)— Polsha shimoliy qismining Boltiq dengizi sohilida joylashgan mamlakatning toʻrtinchi eng katta shahridir. Boltiq dengizi boʻyida, Visla daryosi sohilidagi yirik port. Xalqaro aeroport bor. Sopot va Gdinya sh.lari bilan Truymyasto sh. aglomeratsiyasini tashkil etadi. Gdansk voyevodaligining maʼmuriy markazi. Aholisi 465 ming kishi (1990-yillar oʻrtasi). Shahar ilk bor 997 yilda tilga olingan. 10—13-asrlarda Sharqiy Pomor knyazligining markazi. 1793—1918 yillarda Prussiya qoʻl ostida, soʻngra Germaniya hukmronligida boʻldi. 1919 yilda "Erkin shahar" deb eʼlon qilindi. 1939 yilda nemis-fashist qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. 1945 yilda shaharni ozod qilishda oʻzbek generali Sobir Rahimov qatnashgan.
Gdansk portida yillik yuk ortib-tushirish qariyb 20 mln. t. Gdansk orqali chetga kumir, yogʻoch-taxta va boshqa chiqariladi; chetdan ruda, fosfatlar va boshqa keltiriladi. Sanoatida mashinasozlik, ayniqsa kemasozlik, elektrotexnika yetakchi urinda. Kime (lak, boʻeq), oziq-ovqat, neftni qayta ishlash, tikuvchilik sanoati ham rivojlangan. Gdansk— muhim madaniyat markazi. Universitet, politexnika, pedagogika, med., dengizchilik intlari, ilmiy muassasa va tashkilotlar, opera va drama teatrlari bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan ratusha (14— 15-asrlar), Bibi Maryam kostyoli (14—16-asrlar), Katta arsenal (17-asr boshlari) va boshqa saqlangan. Shahar Ikkinchi jahon urushi vaqtida katta zarar koʻrdi. Urushdan keyin qayta qurilib, yangi turar joy va jamoat binolari bunyod etildi. [1]
Wikimedia Commonsda Category:Gdańsk mavzusiga oid fayllar bor. |
Manbalar
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.