Boltiq dengizi
Atlantika okeanidagi dengiz From Wikipedia, the free encyclopedia
Atlantika okeanidagi dengiz From Wikipedia, the free encyclopedia
Boltiq dengizi — Atlantika okeanining bir qismi. Maydoni 419 ming km². Materik ichkarisiga chuqur kirib borgan. Chuq. 40–100 m, eng chuqur yeri 470 m. Boltiq dengizi da suv osti balandliklari va botiqlar, Botniya, Fin, Riga kabi qoʻltiqlar, Saaremaa, Ryugen, Gotland, Eland, Bornxolm, Aland kabi katta orollar bor. Okean bilan Eresunn, Katta va Kichik Belt, Kattegat va Skagerrak boʻgʻozlari orqali tutashgan. Qirgʻoqlari asosan qumli pasttekisliklardan iborat, shim.sharqi qoyali. Dengiz tubi qum va gilli balchiqlar bilan krplangan. Botiqlar, qatortepalar va jarliklar koʻp uchraydi. Boltiq dengizi ga 250 dan ortiq dare (Neva, Daugava, Visla, Odra va boshqalar) quyiladi. Boltiq dengizi ning iqlimi moʻʼtadil. Jan.da yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 1,1°, iyulniki 17,5°, shim.da yanvarniki — 11,5°, iyulniki 17°. Oʻrtacha yillik yogʻin 500–600 mm, baʼzi joylarida 1000 mm gacha. Qishda suv yuzasining temperaturasi 1—3°, yezda 18—20°. Boltiq dengizi ning qirgʻoqqa yaqin qismlari noyabrdan aprel oyigacha muzlaydi. Boltiq dengizi yuzasida suvning shoʻrligi faqat gʻarbida 11‰, boshqa qismlarida 2—3‰ dan 6— 8‰ gacha. Boltiq dengizi da seld, chavaqbaliq, anchous, paltus, losos, olabugʻa ovlanadi. Botniya qoʻltigʻida tyulen bor. Boltiq dengizi Boltiqboʻyi mamlakatlarining eksportimportida va yoʻlovchilar tashishda katta ahamiyatga ega. Antropogen taʼsirlar natijasida ekologik ahvoli yomonlashgan. Asosiy portlari: SanktPeterburg, Tallin, Riga, Liyepaya, Ventspils, Klaypeda, Kaliningrad, Shchesin, GdanskGdinya, Rostok va boshqa Kurortlardan: Yurmala, Kolobjeg, Ustka va boshqa[1]
Boltiq dengizi[2] Shimoliy Yevropadagi dengizdir. Skandinaviya yarimoroli, Yevropa qitʼasi va Daniya orollari bilan oʻralgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.