From Wikipedia, the free encyclopedia
Petropavl (qozoqcha: Петропавл) — Qozogʻistondagi shahar (1807-yildan). Shimoliy Qozogʻiston viloyatining maʼmuriy markazi. Gʻarbiy Sibir tekisligining janubi-gʻarbiy qismida va Ishim daryosi oʻng sohilida joylashgan. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 204,8 ming kishi (2011-yil 1-iyun).Shaharda Pedagogika instituti, drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. Petropavlga 1752-yilda asos solingan.[4]
Petropavl qozoqcha: Петропавл | |
---|---|
shahar | |
54°51′44″N 69°08′27″E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Shimoliy Qozog'iston viloyati |
Hukumat | |
• Akim | Zakaryanov Toʻlegen Qabiqenovich |
Asos solingan | 1752 |
Avvalgi nomlari | Petropavlovsk |
Qachondan beri shahar | 1807 |
Maydon | 4,516 km2 (1,744 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | qozoqcha |
Aholisi (2012) |
208 362[1] |
Milliy tarkib |
ruslar 66,27 % qozoqlar 21,42 % tatarlar 3,75 % olmonlar 1,59 % |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 7152[2] |
Pochta indeks(lar)i | 150000[3] |
Avtomobil kodi | T, 15 |
|
Shaharning aholisi 204,8 ming kishi (2011-yilgi 1-iyun). Shahar aholisining yarmidan koʻpisini ruslar tashkil etadi. Milliy tarkibi esa quyidagi jadvalda keltirilgan. (1-yanvar 2010-yilgi)[5][6]:
Hozirgi kunda Petropavl Qozogʻistondagi yirik ishlab chiqarish markazlarining biriga aylandi. Shaharda 174 korxonalar faoliyat yuritmoqda. Shuningdek yirik korxonalarga „Evraziya“, „Vita“, „Molochniy soyuz“ AL-lari, non kombinati, liker-araq zavodi, „Sultan“, „Tonus“ v.b. kiradi. Shahar iqtisodining 10 % kichik biznes tashkil qiladi.
Mashinasozlik va metallsozlik rivojlangan. Kichik litrajli dvigatellar, mashinasozlik, turli mexanizmlar, izolyasiya materiallari zavodlari, goʻsht kombinati bor. Tikuvchilik buyumlari, poyabzal, qurilish materiallari ishlab chiqariladi.
Shahar iqlimi keskin kontinental. Qishi qahraton sovuq va uzoq (5 oy davomida), yomgʻir kam yogʻadi, yozi issiq, yomgʻir kam yogʻadi.
Petropavl iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Oʻrtacha harorat, °C | −18,6 | −14,9 | −8,0 | 3,6 | 12,7 | 18,4 | 24,8 | 16,7 | 10,6 | 3,5 | −8,0 | −13,6 | 2,2 |
Manba: NASA. База данных RETScreen |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.