From Wikipedia, the free encyclopedia
Noʻmon Hasanov (oʻzbekcha: Нўмон Нурматович Хасанов yoki No'mon Nurmatovich Hasanov) — oʻzbekistonlik sobiq futbolchi va murabbiy.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Noʻmon Nurmatovich Hasanov | ||
Tavallud sanasi | 2-oktyabr 1971-yil | ||
Tavallud joyi | Paxtakor Oʻzbekiston SSR SSSR | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Istaravshan | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
SSSR | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1989—1990 | Avtomobilist | 34 | (6) |
1990 | Sohibkor | 7 | (0) |
1990—1993 | Paxtakor | 85 | (25) |
1995—1997 | MHSK | 101 | (54) |
1998 | FC Rubin | 8 | (0) |
1998 | Avtomobilist | 16 | (2) |
1998—2000 | Doʻstlik | 47 | (15) |
2001—2002 | Nasaf | 36 | (11) |
2002—2003 | Doʻstlik | 21 | (0) |
2003 | Qoʻqon 1912 | 12 | (3) |
2004—2005 | Traktor | 43 | (13) |
2006—2007 | Shoʻrtan | 42 | (5) |
2007 | Traktor | 12 | (2) |
2008 | Soʻgʻdiyona | 17 | (1) |
2009 | Lokomotiv Toshkent | 14 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
1992-2007 | Oʻzbekiston | 23 | (4) |
Boshqargan klublari | |||
2002—2003 | Doʻstlik | ||
2012 | Paxtakor-2 | ||
2012—2013 | Paxtakor yoshlar jamoasi | ||
2014—2015 | Paxtakor (assistant) | ||
2015—2016 | Paxtakor | ||
2016—2019 | Qoʻqon 1912 | ||
2020—2021 | Navbahor (assistant) | ||
2022—2023 | Istaravshan | ||
2023 | Xoʻjand | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Futbolchilik faoliyatini 1989-yilda „Avtomobilchi Qoʻqon“ jamoasida boshlagan. 1990-yilning yozida „Soxibkor Xalqobod“ jamoasiga kelib qoʻshilgan, ammo 7 oʻyindan soʻng Toshkentning „Paxtakor“ klubiga oʻtgan. Soʻngra Toshkentning MHSK, Qozonning „Rubin“, „Avtomobilist“, „Doʻstlik Yangibozor“, „Nasaf Qarshi“, „Qoʻqon 1912“, „Traktor Toshkent“, „Shoʻrtan Gʻuzor“, „Soʻgʻdiyona“ klublarida toʻp surgan. 2009-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ klubi futbolchisiga aylandi va shu yerda futbolchilik faoliyatini yakunladi.[1]
1992—1997-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasi safini himoya qilgan, u yerda jamoa sardori boʻlgan.[2]
Murabbiy sifatida ilk ishini 2003-yilda ham „Doʻstlik Yangibozor“ klubida futbolchisi boʻlsa-da, u jamoani boshqargan, biroq yozda jamoani tark etgan.
2012-yilda Chilonzorning „Paxtakor-2“ farm klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan. 2012-yilning 24-iyulida Noʻmon Xasanov oʻz lavozimini tark etib, „Paxtakor“ yoshlar jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.[3] 2012-yilda „Paxtakor“ yoshlari bilan Oʻzbekiston yoshlar ligasi, Oʻzbekiston ligasi jamoalari yoshlar terma jamoasi chempionatida gʻalaba qozongan. 2014-yil yanvar oyida u „Paxtakor“ ga yangi murabbiy etib tayinlangan Samvel Babayanga yordamchi murabbiy etib tayinlandi.
2015-yilning 7-iyulida Samvel Babayan oʻz lavozimini tark etib, Oʻzbekiston milliy terma jamoasini boshqarishi uchun „Paxtakor“ bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.[4][5] 2016-yilgi mavsum ikkinchi yarmida „Qoʻqon 1912“ jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Qoʻqon jamoasini 3 yildan ziyod boshqargan Hasanov 2019-yilgi mavsumda isteʼfoga chiqarildi. 2020-yilgi mavsumda Namanganning „Navbahor“ jamoasining klub tizimiga taklif etildi va bir muddat bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi lavozimda ham faoliyat olib bordi.
2022-yil Tojikiston Oliy ligasi vakili „Istaravshan“ klubi bosh murabbiyiga aylandi. 2023-yil OFK kubogi ishtirokchisiga aylangan Tojikistonning boshqa bir jamoasi Xoʻjandning „Xoʻjand“ klubi bosh murabbiyiga aylandi.[6][7]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.