From Wikipedia, the free encyclopedia
Samvel Vyacheslavovich Babayan (1971-yil 19-may) — arman millatiga mansub sovet va oʻzbek futbolchisi. Sobiq Olimpiya va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi (2015—2017).
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Samvel Vyacheslavovich Babayan | ||
Tavallud sanasi | 19-may 1971-yil | ||
Tavallud joyi |
Sovet Ittifoqi Oʻzbekiston SSR Uzbekistan Oʻzbekiston | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1993—1996 1996—2001 2002—2014 2014—2015 |
Uzbekistan Politotdel (Toshkent v.)-Boshliq Uzbekistan Navbahor- murabbiy Uzbekistan Paxtakor — Vitse-prezident Uzbekistan Paxtakor — bosh murabbiy | ||
Milliy terma jamoa | |||
2001—2015 2015—2016 2015—2017 |
Uzbekistan Oʻzbekiston — boshqaruvchi Uzbekistan Oʻzbekiston (olimp.) — murabbiy Uzbekistan Oʻzbekiston — bosh murabbiy | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Samvel Babayan 1971-yil 19-mayda Toshkent shahrida tavallud topgan. Mavjud ayrim maʼlumotlarga koʻra, u Toshkent davlat jismoniy tarbiya institutini murabbiylik ixtisosligi boʻyicha tamomlagan[1].
Samvel Babayan Oʻzbekiston SSRda turli jamoalar uchun toʻp surgan.
1993-yili Toshkent viloyatidagi „Siyosiy boshqarma“ futbol jamoasi rahbari etib tayinlanadi. 1996-yili „Navbahor“ futbol klubi bosh murabbiyi Viktor Jalilov yordamchisi sifatida faoliyat olib boradi va oʻsha yilda jamoa Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritadi. Shundan keyin 2001-yilda Babayanni Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi boshqaruvchisi sifatida ishga taklif etishadi va keyingi yili murabbiy Toshkentning „Paxtakor“ futbol klubi vitse-prezidenti etib tayinlanadi.
2014-yilda „Paxtakor“ Oʻzbekiston Oliy ligasi chempionligini qoʻlga kiritadi va Babayan yil oxirida Oʻzbekistonning eng yaxshi murabbiyi deb topiladi.
2015-yil 23-iyunda Mirjalol Qosimov isteʼfoga chiqqanidan soʻng, Babayan Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi murabbiyi etib tayinlanadi. 2015-yil 27-noyabrda esa Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi boʻladi. Uning murabbiyligi ostida maydonga tushuvchi yoshlar terma jamoasining Osiyo chempionatidagi ishtiroki muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanadi va jamoa 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmaydi.
Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining final bosqichiga chiqa olmaydi. So‘nggi uchinchi saralash bosqichi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston „A“ guruhida Eron, Janubiy Koreya va Suriya terma jamoalarini o‘tkazib yuborgan holda guruhda to‘rtinchi (oltita o‘rindan) o‘rinni egallaydi. 2017-yil 7-sentyabrda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ozod etiladi[2].
2018-yilning 15-yanvar kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasi Babayanni Toshkentning „Paxtakor“ klubidagi faoliyati davomida futbolchilar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha firibgarlik qilgani uchun umrbod futbol sohasida faoliyat yuritishdan chetlatadi. Shuningdek, murabbiy Oʻzbekiston milliy terma jamoasining 2018-yilgi Jahon chempionati saralash turniridagi omadsizligida ham ayblangan. Babayan nufuzli murabbiy va mutaxassislarning tavsiya va maslahatlariga eʼtibor bermagan holda terma jamoaga oʻyinchilarni tanlashda saviyasi va oʻyini past boʻlgan, oʻziga tanish futbolchilarni jalb etgan, bundan koʻzlangan asosiy maqsad esa oʻzining moddiy manfaatlarini boʻlgan[3][4].
2018-yil aprel oyida Babayan Latviyaning „Spartak-Yurmala“ futbol klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi[5][6][7][8][9][10][11][12][13]. 2018-yilning 13-aprelida unga Latviya chempionati oliy ligasida[14] ishlash uchun zarur bo‘lgan Yevropada murabbiylik faoliyatini olib borish uchun litsenziya berilmaganligi bois murabbiy klubni boshqara olmasligi maʼlum bo‘ladi. 23-aprel kuni Babayan „Spartak-Yurmala“ klubi bosh murabbiyi lavozimini tark etadi va klubning texnik direktori lavozimiga oʻtkaziladi[15].
2019-yil yakunida Babayan Xitoyning „Chanchun Yatay“ futbol jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydi. Oradan maʼlum vaqt oʻtgach, klub oʻzbekistonlik murabbiyni isteʼfoga chiqarganligini rasman eʼlon qiladi[16].
2019-yilning 26-fevral kuni OAVda Samvel Babayan Toshkentning „Lokomotiv“ futbol klubi prezidentining maslahatchisi etib tayinlangani haqida maʼlumotlar paydo boʻladi[17][18][19][20][21]. Bu maʼlumot Toshkentning „Lokomotiv“ klubi[22] rasmiy saytida ham eʼlon qilinadi. Xabar muxlislarning keskin noroziligiga sabab boʻladi, bunga javoban keyinchalik Samvel Babayan oʻzining qisqa intervyusida diskvalifikatsiya undan 2018-yilning 1-fevralida, yaʼni diskvalifikatsiyadan ikki haftadan sal koʻproq vaqt oʻtgach, olib tashlangani haqida xabar beradi[23].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.