Jaʼfar Irismetov
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Jaʼfar Tursumboyevich Irismetov (ruscha: Ирисметов, Жафар Турсумбаевич; 1976-yil 23-avgust[1], Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbekistonlik futbolchi, hujumchi ampulasida oʻynagan[2]. Oʻzbekiston terma jamoasi sobiq aʼzosi. Hozirda futbol murabbiyi va funksioner[3]. 2025-yildan Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bosh menejeri.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Jaʼfar Irismetov Tursumboyevich | ||
Tavallud sanasi | 23-avgust 1976-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent viloyati | ||
Boʻyi | 1.73 m (5 ft 8 in) | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Neftchi (Bosh menejer) | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1993—1997 | Doʻstlik | 125 | (81) |
1997—1998 | Panatinaikos | 1 | (0) |
1998 | Doʻstlik | 10 | (8) |
1998 | Chernomorets | 7 | (1) |
1999 | Dinamo (Samarqand) | 27 | (19) |
2000 | Doʻstlik | 37 | (45) |
2001 | Spartak (Moskva) | 8 | (0) |
2001 | Slaviya (Mozir) | 9 | (3) |
2002 | Anji | 11 | (0) |
2003 | Paxtakor | 5 | (3) |
2003—2004 | Krivbass | 11 | (1) |
2003—2004 | Krivbass-2 | 1 | (1) |
2004—2005 | Qayrat | 49 | (22) |
2006—2007 | Olma-Ota | 52 | (34) |
2008 | Aktobe | 15 | (2) |
2008 | Olma-Ota | 12 | (4) |
2009 | Liaoning Xungyong | 2 | (0) |
2010 | Dinamo (Samarqand) | 24 | (11) |
2011 | Shoʻrtan | 11 | (3) |
2011 | Qizilqum | 12 | (3) |
2012—2013 | Navbahor | 14 | (1) |
Total | 445 | (242) | |
Milliy terma jamoa | |||
1997—2007 | Oʻzbekiston | 36 | (15) |
Boshqargan klublari | |||
2014 | NBU-Osiyo | ||
2016—2017 | Obod | ||
2017—2022 | Paxtakor (Bosh menejer) | ||
2025— | Neftchi (Bosh menejer) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Moskvaning „Spartak“ jamoasi bilan birgalikda 2001-yilda „Hamdoʻstlik kubogi“ gʻolibi va Rossiya chempioni boʻlgan. Oʻzining takidlashicha, Jafar faoliyatidagi eng yaxshi yillarini Qozogʻiston chempionatida oʻtkazgan[4].
2012-yil 5-yanvar kuni „Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi“ (IFFHS) oʻz faoliyatini davom ettirayotgan va milliy chempionatlarda eng koʻp gol urgan hujumchilar roʻyxatini eʼlon qilgan. Jafar Irismetov 441 oʻyinda 240 ta gol urib, reytingda 8-oʻrinni egallagan (2012-yil 29-dekabr holatiga koʻra)[5][6].
Qozogʻistondagi faoliyati davomida Irismetov yuqori koʻrsatkichlari bilan ajralib turgan. Futbolchi umumiy hisobda Qozogʻiston jamoalari safida 149 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 75 ta gol urgan. Bu koʻrsatkich har bir oʻyinda oʻrtacha 0,5 tadan golga toʻgʻri keladi.
2017-yil 26-oktabrda sport jurnalisti Viktor Xoxlyuk Qozogʻiston jamoalari toʻpurar-legionerlari klubini tuzgan. Klub nomi Qozogʻiston futbol klublari legionerlari orasida birinchi boʻlib 100 ta gol urgan braziliyalik hujumchi Nilton Mendez sharafiga qoʻyilgan[7]. Irismetov Qozogʻiston jamoalari safida 75 ta gol urishga muvoffaq boʻlgan.
2012 yilgi mavsumdan soʻng Namanganning „Navbahor“ jamoasida oʻynaganidan soʻng futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.
2013-yil boshida u sohil futbolida oʻynashini eʼlon qilgan va 2013-yilgi FIFA plyaj futboli boʻyicha Jahon chempionati (OFK)ning saralash bosqichida Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan. U turnirda 5 ta gol urgan. 2015-yil 23-mart kuni Qatarda boʻlib oʻtgan plyaj futboli boʻyicha 2015-yilgi Osiyo chempionatida Irismetov guruh bosqichidan oʻrin olgan BAAga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etgan[8].
U 1997-yildan 2007-yilgacha Oʻzbekiston terma jamoasi safida 36 ta oʻyin oʻtkazib, 15 ta gol urgan[9].
2024-yil murabbiylik faoliyatini boshlagan va Toshkentning „NBU-Osiyo“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[10]. 2014-yil 31-mayda klubni tark etgan[11][12]. 2016-yilgi mavsumda „Obod“ jamoasida qisqa muddat davomida ishlagan[13]. 2017—2024-yillar oraligʻida Paxtakor jamoasining bosh menejeri sifatida faoliyat olib borgan. 2018—2019-yillarda OFKning murabbiylik Pro litsenziyasiga oʻqigan[14][15]. 2024-yil 17-dekabrda „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzolagan va jamoa bosh menejeri boʻlgan[16].
2019-yil futbolchi Azizbek Turgʻunboyevni „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnoma imzolashi vaqtida belgilan reglament qoidalarini buzgaligi uchun Irismetov olti oy muddatga futboldan chetlatilgan[17].
Klublardagi yutuqlari
Doʻstlik
Spartak (Moskva)
Paxtakor
Qayrat
Olma-Ota
Liaoning FC
Terma jamoa | Yillar | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Oʻzbekiston | 1997 | 8 | 1 |
1998 | 2 | 0 | |
1999 | 6 | 2 | |
2000 | 4 | 2 | |
2001 | 13 | 10 | |
2007 | 3 | 0 | |
Jami | 36 | 15 |
№ | Sana | Joy, stadion | Raqib | Hisob | Natija | Turnir | Man. |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | 1997-yil 25-may | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | ![]() |
5–0 | 6–0 | 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi | [21] |
2 | 1999-yil 23-noyabr | Tahnoun bin Muhammad stadioni, Al Ayn, BAA | ![]() |
1–0 | 6–0 | 2000-yilgi Osiyo kubogi saralashi | [22] |
3 | 2–0 | ||||||
4 | 2000-yil 29-fevral | NBU stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | ![]() |
4–1 | 8–1 | Oʻrtoqlik | [23] |
5 | 2000-yil 3-sentyabr | Shanxay stadioni, Shanxay, Xitoy | ![]() |
1–4 | 2–4 | Oʻrtoqlik | [24] |
6 | 2001-yil 23-aprel | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | ![]() |
1–0 | 7–0 | 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi | [25] |
7 | 3–0 | ||||||
8 | 6–0 | ||||||
9 | 7–0 | ||||||
10 | 2001-yil 3-may | Amman xalqaro stadioni, Amman, Iordaniya | ![]() |
2–0 | 5–2 | 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi | [26] |
11 | 2001-yil 5-may | Amman International Stadium, Amman, Jordan | ![]() |
1–0 | 4–0 | 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi | [27] |
12 | 4–0 | ||||||
13 | 2001-yil 26-avgust | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | ![]() |
1–0 | 2–1 | 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi | [28] |
14 | 2001-yil 8-sentyabr | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | ![]() |
1–0 | 5–0 | 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi | [29] |
15 | 5–0 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.