From Wikipedia, the free encyclopedia
"Atlaschi" — Fargʻona viloyati Margʻilon shahrining oʻzbek futbol klubi.
1980-yilda Margʻilon shahrida futbol jamoasi tashkil etilgan boʻlib, 1991-yilgacha Sovet Ittifoqining viloyat boʻlimlarida oʻynagan.
1991-yil Atlaschi (futbol klubi) tashkil etilgan. 1992-yili Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasida oʻynay boshlagan. 1993-yilgi mavsumda chempionat gʻolibi boʻlgan va Oliy ligaga yoʻl olgan.
1993-yilgi Oʻzbekiston kubogining yarim finalchisi ham boʻlgan. 1994—1997-yillarda Oʻzbekiston Superligasida oʻynagan, klubning eng yuqori yutugʻi 1995-yilgi mavsumda 7-oʻrinni egallagan.
1997-yilda yana Birinchi ligaga qaytgan va keyingi mavsumda uni tark etgan. 1999-yildan Klub professional tarzda faoliyatini toʻxtatdi ammo havaskorlar tarzida davom etdi. 2010-yilda klub Birinchi ligaga qaytdi. Jamoa Birinchi liganing „Sharq“ mintaqasida ishtirok etdi ammo asosiy bosqichga yoʻl olmadi. Klub 2012-yilda mavsum soʻnggida Ikkinchi ligaga tushib ketdi.
Oliy ligada 7-oʻrin (1995).
Oʻzbekiston Birinchi ligasi gʻolibi (1993).
Oʻzbekiston kubogi 1/2 finali (1993).
Mavsum | Liga Nomi | Liga | Oʻzbekiston Kubogi | Toʻpurar | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | T-N | Ochko | Oʻrin | Ism | Gol | Murabbiy | |||
1992 | Oʻzbekiston Pro ligasi | 30 | 18 | 5 | 7 | 64-37 | 41 | 4 | 1/4 final | |||
1993 | 30 | 21 | 6 | 3 | 73-35 | 48 | 1 | 1/2 final | Igor Burov | 28 gol | ||
1994[1] | Oʻzbekiston Superligasi | 30 | 6 | 7 | 17 | 20-58 | 19 | 13 | 1/16 final | |||
1995 | 30 | 11 | 4 | 15 | 36-48 | 37 | 7 | 1/8 final | Avxat Abdulin | |||
1996 | 30 | 11 | 3 | 16 | 48-62 | 36 | 9 | Guruh bosqichi | Avxat Abdulin | |||
1997 | 34 | 6 | 2 | 26 | 37-112 | 20 | 18 | 1/8 final | Avxat AbdulinUsmonjon Asqaraliyev | |||
1998 | Oʻzbekiston Pro ligasi | 38 | 9 | 4 | 25 | 46-96 | 31 | 18 | 1/16 final | |||
2010 | 22 | 6 | 4 | 12 | 32-44 | 22 | 10 | Ishtirok etmagan | ||||
2011 | 22 | 6 | 7 | 9 | 22-33 | 25 | 9 | Ishtirok etmagan | ||||
2012[2] | 22 | 5 | 0 | 17 | 20-47 | 15 | 12 | Ishtirok etmagan |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.