Milliy Olimpiya qoʻmitasi (MOQ) – butunjahon olimpiya harakatining milliy tarkibiy qismi. Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi nazorati ostida mamlakat sportchilarining Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini tashkil etish uchun javobgar. Shuningdek, Milliy olimpiya qoʻmitalari oʻz mamlakatlaridagi shaharlarni boʻlajak Olimpiada oʻyinlariga nomzod shahar sifatida koʻrsatishlari mumkin. Bundan tashqari, oʻz geografik hududlari doirasida sportchilar faoliyatini rivojlantirish hamda milliy darajada murabbiylar va rasmiy vakillarni tayyorlash uchun ham yordam beradi.
Milliy Olimpiya qoʻmitalari
2023-yil holatiga koʻra, jami 206 ta Milliy Olimpiya qoʻmitalari mavjud[1]. Bularga Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo 193 davlatning har biri, 1 ta BMT Bosh Assambleyasi kuzatuvchi davlati (Falastin[2]), BMT tomonidan tan olinmagan 2 ta davlat (Kosovo[3] va Tayvan[4]) va Yangi Zelandiya kiradi (Kuk orollari[5]).
Shuningdek, Milliy Olimpiya qoʻmitalari tan olingan 9 ta qaram hududlar ham mavjud. Ular Amerika Qoʻshma Shtatlarning 4 ta hududi (Amerika Samoasi[6], Guam[7], Puerto-Riko[8] va Amerikaning Virgin orollari[9], Britaniyaning 3 ta xorijdagi hududi (Bermuda[10], Britaniyaning Virgin orollari[11] va Kayman orollari[12]), Niderlandiya Qirolligining (Aruba[13]) va Xitoyning 1 ta maxsus maʼmuriy hududi (Hong Kong[14]).
1996-yilga qadar qaram hududlarni yoki taʼsischi mamlakatlarni XOQ tarkibidagi alohida davlatlar sifatida tan olish qoidalari Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi kabi qatʼiy emas edi. Bu esa ushbu hududlarga oʻzlarining suveren davlatlaridan alohida jamoalarni maydonga tushirishga imkon berdi. 1996-yilda Olimpiya xartiyasiga kiritilgan tuzatishdan soʻng, MOQ faqatgina oʻzi tegishli boʻlgan mamlakat xalqaro hamjamiyat tomonidan mustaqil davlat sifatida tan olinganidan keyingina XOQ tarkibiga kiritilishi belgilab qoʻyildi[15]. Yangi qabul qilingan ushbu qoidaning bundan oldingisiga taʼsiri boʻlmaganligi sababli oʻzgarishdan oldin tan olingan qaram hududlar va taʼsis mamlakatlar Olimpiada oʻyinlariga alohida jamoalarni joʻnatishda davom etishlari mumkin[15]. Farer orollari[16] va Makao[17] esa Olimpiadaga oʻz Paralimpiya terma jamoalarini yuboradi.
Ushbu qoidalar asosida kelajakdagi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan yagona davlat Vatikan boʻlib, u BMTning kuzatuvchi davlatlaridan biridir. Garchi ushbu maʼlumot aniq boʻlmasa-da[18], Yangi Zelandiya bilan erkin assotsiatsiyalashgan Niue davlati ham oʻz tashqi aloqalarini olib boradi hamda BMTning ixtisoslashgan agentliklari va shartnomalarida mustaqil ravishda ishtirok etishi huquqiga ega deb hisoblaniladi[19]. Hozirgi vaqtda qolgan barcha tan olinmagan va qisman tan olingan davlatlar XOQga aʼzo boʻlish huquqiga ega emas, chunki ular Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo mamlakatlarning aksariyati tomonidan tan olinmaydi[20]. Kyurasao, Farer orollari, Gibraltar, Grenlandiya, Makao, Yangi Kaledoniya va Taiti kabi tarkibiy davlatlar va qaram hududlar ham endilikda BMT davlatlari tomonidan tan olinmaydi, shuning uchun ushbu hududlardan kelgan sportchilar Olimpiadada faqatgina oʻzlari tarkibiga kiritilgan davlat milliy terma jamoalari hisobidan oʻyinlarda ishtirok etishlari mumkin. Bu qoida maqomi oʻzgargan hududlarga ham taalluqlidir. Niderlandiyaning Antil orollari Olimpiya qoʻmitasi 2010-yilda oʻz faoliyatini toʻxtatganligi sababli XOQning 2011-yil iyul oyida boʻlib oʻtgan 123-sessiyasida tarqatib yuborilgan[21][22].
Millatlar hamdoʻstligiga kiruvchi mamlakatlar va hududlarning Milliy Olimpiya qoʻmitalari, odatda, Hamdoʻstlik oʻyinlari assotsiatsiyasining aʼzolari hisoblanadi, ammo bu qoida Buyuk Britaniyaning taʼsis mamlakatlariga (Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiya), shuningdek, hamdoʻstlik va Olimpiya sporti uchun alohida tashkilotlarni yuritadigan Kanada yoki Avstraliya uchun ham taalluqli emas. Millatlar hamdoʻstligining boshqa aʼzolari uchun ularning MOQlari Hamdoʻstlik oʻyinlarida oʻz milliy jamoalarini tashkil etish va nazorat qilish uchun javobgardir[23][24].
Roʻyxatga olingan Milliy Olimpiya qoʻmitalari
Quyida joriy MOQlar roʻyxati keltirilgan:
- Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tomonidan tan olingan 206 ta Milliy Olimpiya qoʻmitalari va Milliy Olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi (ANOC) aʼzolari.
- 7 ta Milliy Olimpiya qoʻmitalari oʻzlarining qitʼa Olimpiya assotsiatsiyalari tomonidan tan olingan, ammo Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tomonidan tan olinmagan.
ANOC aʼzolari Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish huquqiga ega. Qitʼa Olimpiya assotsiatsiyasiga aʼzo boʻlgan, ammo ANOC aʼzosi boʻlmagan baʼzi Milliy Olimpiya qoʻmitalari qitʼa miqyosidagi va submintaqaviy darajadagi turnirlarda qatnashadi. Biroq bu qoʻmitalar Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishlari mumkin emas.
Jami 5 ta qitʼa Olimpiya assotsiatsiyalari mavjud:
- Afrika – Afrika Milliy Olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi (ANOCA)
- Amerika – Pan-Amerika sport tashkiloti (PASO)
- Osiyo – Osiyo Olimpiya Kengashi (OCA)
- Yevropa – Yevropa Olimpiya qoʻmitalari (EOC)
- Okeaniya – Okeaniya Milliy Olimpiya qoʻmitalari (ONOC)
Yozgi va Qishki Olimpiada oʻyinlari XOQ tomonidan tan olingan barcha MOQlar ishtirok etishi mumkin boʻlgan musobaqalar sifatida aynan XOQning oʻzi tomonidan boshqariladi. Har bir qitʼa oʻz aʼzolari uchun chempionatlar oʻtkazadi:
- ANOCA – Afrika oʻyinlari
- PASO – Pan-Amerika oʻyinlari va Pan-Amerika qishki oʻyinlari
- OCA – Osiyo oʻyinlari va Qishki Osiyo oʻyinlari
- EOC – Yevropa oʻyinlari
- ONOC – Tinch okeani oʻyinlari
Garchi oʻz-oʻzlari bilan kontinetal ittifoq boʻlmasa-da, Arab Milliy Olimpiya qoʻmitalari ittifoqi (UANOC) va Oʻrta yer dengizi oʻyinlari xalqaro qoʻmitalari (CIJM) qitʼa ittifoqlari boʻlmasa-da, arab tilida soʻzlashuvchi davlatlar va Oʻrta yer dengizi mamlakatlari oʻrtasida koʻplab sport musobaqalarini tashkil qilinadi. UANOCni tashkil etuvchi 22 ta Milliy Olimpiya qoʻmitalari, CIJMga kiruvchi 26 ta qoʻmitalarning barchasi ANOCA, EOC yoki OCA aʼzolari boʻlib, ular oʻz sportchilarini Afrika, Yevropa yoki Osiyo oʻyinlariga yuborish huquqiga ega. UANOC va CIJM Milliy Olimpiya qoʻmitalari quyidagi roʻyxatda qayd etilgan.
Afrika (ANOCA)
1: Milliy Olimpiya qoʻmitasi UANOC aʼzosi.
2: Milliy Olimpiya qoʻmitasi CIJM aʼzosi.
3: Milliy Olimpiya qoʻmitasi, shuningdek, Milliy Hamdoʻstlik oʻyinlari assotsiatsiyasi hamdir.
Amerika (Pan-Amerika sport tashkilotlari)
1: Milliy Olimpiya qoʻmitasi, shuningdek, Hamdoʻstlik oʻyinlari federatsiyasi aʼzosi.
Osiyo (OCA)
|
1: Milliy Olimpiya qoʻmitasi UANOC aʼzosi.
2: Milliy Olimpiya qoʻmitasi OCA aʼzosi, ammo ANOC aʼzosi emas.
3: XOQ, ANOC va OCA tomonidan qoʻllaniladigan rasmiy nom Xitoy Respublikasi ( Tayvan).
4: Milliy Olimpiya qoʻmitasi CIJM aʼzosi.
5: Milliy Olimpiya qoʻmitasi, shuningdek, Hamdoʻstlik oʻyinlari milliy assotsiatsiyasi.
Yevropa (EOC)
|
1: Isroil OCA aʼzosi boʻlgan, ammo 1952-yildan 1981-yilgacha tashkilotdan chiqarib yuborilgan. 1994-yilda EOKga qoʻshilgan.
2: Milliy Olimpiya qoʻmitasi CIJM aʼzosi.
3: Milliy Olimpiya qoʻmitasi, shuningdek, Hamdoʻstlik oʻyinlari milliy assotsiatsiyasi.
4: Milliy olimpiya qoʻmitasi XOQ tomonidan toʻxtatilgan[27].
Okeaniya (ONOC)
|
1: Milliy Olimpiya qoʻmitasi ONOCning assotsiatsiyalangan aʼzosi, ammo ANOC aʼzosi emas.
Boʻlimlar
MOQ barcha beshta qitʼa assotsiatsiyasiga boʻlingan Milliy Olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasining (ANOC) aʼzolaridir:
Qitʼa | Assotsiatsiya | MOQlar | Eng qadimgi MOQ | Eng yangi MOQ | |
---|---|---|---|---|---|
![]() |
Afrika Milliy Olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi | 54 | ![]() |
![]() | |
Pan-Amerika sport tashkiloti | 41 | ![]() |
![]() | ||
Osiyo Olimpiya Kengashi | 44[28] | ![]() |
![]() | ||
Yevropa Olimpiya qoʻmitalari | 50 | ![]() |
![]() | ||
Okeaniya Milliy Olimpiya qoʻmitalari | 17 | ![]() |
![]() |
Tan olinmagan Milliy olimpiya qoʻmitalari
Farer orollari va Makao Milliy Paralimpiya qoʻmitalari sifatida tan olingan va Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish huquqiga ega. Biroq hech bir hududning Milliy Olimpiya qoʻmitasi XOQ tomonidan tan olinmagan, shuning uchun ular Olimpiadada qatnasha olmaydi[29]. Makao Osiyo Olimpiya Kengashi tomonidan tan olingan va Osiyo oʻyinlarida ishtirok etadi.
Olimpiya qoʻmitalari tan olinmagan boshqa mavjud mamlakatlar va mintaqalarga Kataloniya[30], Gibraltar[31], Fransiya Polineziyasi, Niue[32], Yangi Kaledoniya[33], Kyurasao[34][35][36], Gvadelupa[34][36], Fransuz Gvianasi[34][36], Martinika[34][36], Sint Marten[34], Shimoliy Mariana orollari, Anguilla[36], Montserrat[36], Terks va Kaykos orollari[36][34], Dnestrboʻyi Moldova Respublikasi, Kurdiston[37][38], Shimoliy Kipr[39], Somaliland[40], Abxaziya[41] va tubjoy amerikaliklar[42][43] kiradi.
2014-yilda Janubiy Osetiya Milliy Olimpiya qoʻmitasini tashkil etish niyatida ekani maʼlum qilingan[44].
Olimpiya sporti
Tashkilot nomi | Sport | XOQ aʼzosi boʻlmagan tashkilotlar jahon darajasidagi aʼzo tashkilot hisoblanadi | XOQ aʼzosi boʻlmagan faqat qitʼa darajasidagi aʼzo hisoblanadi | Buyuk Britaniya misolida |
---|---|---|---|---|
FIFA | Futbol | ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
![]()
|
FINA | Suzish | ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Buyuk Britaniya | |
IAAF | Yengil atletika | ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Buyuk Britaniya |
WAF | Kamondan otish | ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Buyuk Britaniya | |
BWF | Badminton | ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() | |
FIBA | Basketbol | ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Buyuk Britaniya | |
AIBA | Havaskor boks | ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() | |
ICF | Kanoeda eshkak eshish | ![]() ![]() ![]() |
Buyuk Britaniya | |
ICU | Velosport | ![]() ![]() ![]() ![]() |
Buyuk Britaniya | |
WDSF | Raqs sporti | ![]() |
![]() ![]() ![]() | |
FEI | Ot sporti | ![]() ![]() ![]() | ||
IFSC | Toqqa chiqish sporti | ![]() |
![]() |
Buyuk Britaniya |
FIE | Qilichbozlik | ![]() |
Buyuk Britaniya | |
IGF | Golf | ![]() ![]() ![]() | ||
FIG | Gimnastika | ![]() ![]() ![]() | ||
IHF | Gandbol | ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Buyuk Britaniya, biroq ![]() ![]() | |
FIH | Chim ustida xokkey | ![]() ![]() |
![]() ![]() | |
IJF | Dzyudo | ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Buyuk Britaniya | |
UIPM | Zamonaviy beshkurash | Buyuk Britaniya | ||
Xalqaro eshkak eshish federasiyasi | Akademik eshkak eshish | ![]() |
Buyuk Britaniya | |
Xalqaro regbi kengashi | Regbi | ![]() |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
![]() |
WS | Yelkanli kema sporti | ![]() ![]() |
Buyuk Britaniya | |
ISSF | Oʻq otish | ![]() ![]() |
Buyuk Britaniya | |
ISA | Syorfing | ![]() ![]() |
![]() | |
ITTF | Stol tennisi | ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
![]() | |
WT | Taekvondo | ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Buyuk Britaniya | |
ITF | Tennis | ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Buyuk Britaniya |
ITU | Uchkurash | ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Buyuk Britaniya | |
FIVB | Voleybol | ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
![]() | |
IWF | Ogʻir atletika | ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() | |
UWW | Havaskor kurash | ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Buyuk Britaniya | |
IBSF | Bobsley vaSkeleton | Buyuk Britaniya | ||
IBU | Biatlon | ![]() |
Buyuk Britaniya |
XOQ tan olgan xalqaro sport federatsiyalari assotsiatsiyasi
Name of organization | Sport | Non-IOC member is member in world level | Non-IOC member is only member in continental level | Case of Great Britain |
---|---|---|---|---|
WPA | Pool (bilyard) | ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Buyuk Britaniya | |
IBSF | Snuker va Inglizcha bilyard (havaskor) | ![]() |
Hech qaysi | |
UMB | Karam bilyard | ![]() ![]() ![]() |
Hech qaysi | |
TWIF | Arqon tortish oʻyini | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() ![]() | |
IWUF | Wushu | ![]() ![]() |
Buyuk Britaniya | |
CMAS | Suv osti sporti | ![]() ![]() |
Buyuk Britaniya | |
WSF | Skoush | ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() | |
UIM | Motorli qayiqda suzish | ![]() |
Buyuk Britaniya | |
FIP | Polo | ![]() | ||
IOF | Moʻljal olish sporti | ![]() |
Buyuk Britaniya | |
ILS | Hayotni saqlab qolish sporti | ![]() ![]() |
Buyuk Britaniya | |
WS | Rolikli konkida uchish | ![]() |
Buyuk Britaniya | |
IFMA | Muaytay | ![]() ![]() |
Buyuk Britaniya | |
WL | Lakros | ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() | |
IFF | Florbol | ![]() |
Buyuk Britaniya | |
WFDF | Disk uloqtirish | ![]() |
Buyuk Britaniya | |
IBF | Bouling | ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() ![]() | |
WKF | Karate | ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Buyuk Britaniya toʻliq aʼzo, lekin ![]() ![]() ![]() ![]() | |
WBF | Contract bridge | ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() | |
IFI | ice stock sport | Buyuk Britaniya | ||
IWWF | (3-Event Waterskiing), Wakeboard, Barefoot, Show Skiing, Cable Wakeboard, Cableski, Ski Racing, and Disabled Skiing | Buyuk Britaniya | ||
WAKO | Kikboksing | ![]() |
Buyuk Britaniya | |
FIM | Motopoyga | ![]() |
Buyuk Britaniya | |
FIDE | Shaxmat | ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() | |
IRF | Raketbol | ![]() ![]() |
![]() | |
FIAS | Sambo | Buyuk Britaniya | ||
ISMF | Changʻida alpinizm | Buyuk Britaniya | ||
UIAA | Tirmashib chiqish and alpinizm | Buyuk Britaniya | ||
ISF | Sumo | Buyuk Britaniya | ||
ICC | Kriket | ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() ![]() |
![]() ![]() |
Yana qarang
- Milliy Paralimpiya qoʻmitasi
- XOQ mamlakat kodlari roʻyxati
- Kolumbiya okrugi Olimpiya qoʻmitasi
- Hamdoʻstlik oʻyinlari assotsiatsiyasi
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.