From Wikipedia, the free encyclopedia
Yangi Kaledoniya (fransuzcha: Nouvelle-Calédonie) — Tinch okeanining janubi-gʻarbiy qismidagi orollar guruhi, Melaneziyada. Fransiyaning dengiz ortidagi hududi maqomiga ega. Maydoni 19,1 ming km2. Aholisi 271 407 kishi (2019)[2], asosan, melanezlar. Maʼmuriy markazi — Numea shahri. Rasmiy tili — fransuz tili. Orollarga ilk bor 1774-yil 4-sentabrda yevropaliklardan James Cook borgan.[4] Yangi Kaledoniya 1853-yildan Fransiya mulki. 1984-yilgacha Fransiya hukumati tomonidan tayinlanadigan oliy komissar boshqargan, 1985-yilgi saylovlardan so‘ng kongress (6 yil muddatga saylanadigan 54 ta aʼzo) boshqaradi. 1987-yilda o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra, qatnashuvchilarning 98 % Yangi Kaledoniyani Fransiya tarkibida qolishi tarafdori bo‘lgan.
Yangi Kaledoniya Nouvelle-Calédonie
| |
---|---|
Shior: Terre de parole, terre de partage | |
Madhiya: Soyons unis, devenons frères[1] | |
Poytaxt |
Numea 22°16′S 166°28′E |
Rasmiy til(lar) | fransuz |
Yetakchilar | |
Emmanuel Macron | |
• Hukumat prezidenti |
Louis Mapou |
Maydon | |
• Butun |
18,576 km2 |
• Suv (%) |
1.6 |
Aholi | |
• 2019-yilgi roʻyxat |
271 407[2] (184-oʻrin) |
• Zichlik | 14.5/km2 |
YIM (nominal) | 2019-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$9.44 milliard[3] |
• Jon boshiga |
AQSh$34,780[3] |
Pul birligi | CFP franki (XPF) |
Vaqt mintaqasi | UTC+11 |
Telefon prefiksi | 687 |
Internet domeni | .nc |
Orollarning yer yuzasi vulqon jinslaridan tuzilgan yassitog‘lik. Eng baland joyi — 1628 m. G‘arbiy qismi sertepa tekislik. Iqlimi tropik iqlim, yanvarning o‘rtacha temperaturasi 24—26°C, iyulniki 20°C. Yillik yog‘in sharqida 3000mm, g‘arbida 700 mm yog‘adi. Yozda tropik dovullar bo‘ladi. Daryo ko‘p. O‘simlik dunyosi baland bo‘yli o‘tlar, siyrak igna bargli o‘rmonlardan iborat. Endemik o‘simlik turlariga boy. Temir va nikel rudalari qazib olinadi. Yangi Kaledoniya aholisi, asosan, dehqonchilik, baliq ovlash, chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Sholi, maniok va makkajo‘xori ekiladi. Yog‘ochsozlik, oziq-ovqat korxonalari bor, chetga metall, kofe, kopra chiqariladi.
Fransiyaning alohida maʼmuriy-hududiy tuzilmasi. Davlat rahbari — Fransiya prezidenti. Uning nomidan oliy komissar hududni boshqaradi. Ijroiya hokimiyatini mahalliy hukumat bajaradi. Bir palatali Kongress esa 5 yil muddatga saylanadigan 54 ta deputatdan iborat. Yangi Kaledoniya Fransiya parlamentida ikki deputatga va ikki senatorga ega. Kanak sotsialistik milliy ozodlik fronti (Mustaqillik uchun milliy ittifoq), Soʻl sotsialistlar tashkilotlari ittifoqi, Kanaklarni ozod qilish partiyasi, Melanez taraqqiyparvar ittifoqi, Kaledoniya ittifoqi, Okeaniya demokratik harakati, Xalq harakati uchun ittifoq, „Kaledoniya birgalikda“ partiyasi, Mehnat partiyasi, „Kaledoniya uchun majlis“ kabi partiyalar faoliyat yuritadi.
Yangi Kaledoniya maʼmuriy jihatdan 3 ta provinsiya va 33 ta kommunaga boʻlinadi. Davlat provinsiyalarga, provinsiyalar kommunalarga ajratilgan.
Janubiy provinsiya (zargʻaldoq) | Shimoliy provinsiya (yashil) | Luayote orollari (sariq) |
1. Thio | 14. Poya | 31. Ouvéa |
2. Yaté | 15. Pouembout | 32. Lifou |
3. LʼÎle-des-Pins | 16. Koné | 33. Maré |
4. Le Mont-Dore | 17. Voh | |
5. Nouméa | 18. Kaala-Gomen | |
6. Dumbéa | 19. Koumac | |
7. Païta | 20. Poum | |
8. Bouloupari | 21. Belep-Inseln | |
9. La Foa | 22. Ouégoa | |
10. Sarraméa | 23. Pouébo | |
11. Farino | 24. Hienghène | |
12. Moindou | 25. Touho | |
13. Bourail | 26. Poindimié | |
14. Poya | 27. Ponérihouen | |
28. Houaïlou | ||
29. Kouaoua | ||
30. Canala |
Yil | Aholi | ±% y.oʻ.s. |
---|---|---|
1956 | 68 480 | — |
1963 | 86 519 | +3.72% |
1969 | 100 579 | +2.60% |
1976 | 133 233 | +4.03% |
1983 | 145 368 | +1.26% |
1989 | 164 173 | +2.06% |
1996 | 196 836 | +2.61% |
2009 | 245 580 | +1.68% |
2014 | 268 767 | +1.79% |
2019 | 271 407 | +0.19% |
ISEE[5] |
Aholining etnik tarkibi: melanezlar (kanaklar) — 39,1 %, oq tanlilar (asosan, fransuzlar) — 27,2 %, arablar va osiyoliklar avlodlari — 21 %, uveanlar va futunanlar — 8,2 %, polinezlar — 2,1 %, indonezlar — 1,4 %, ni-vanuatular — 1 %, vyetnamlik va hindixitoyliklar — 0,9 % ni tashkil etadi. Rasmiy tili — fransuz tili. Shuningdek, bu yerlik aholi 33 melanez va polinez tillarida soʻzlashadi. Xristianlar — 90 %, musulmonlar — 5 %, qolganlar — 5 %.
Shu nomdagi yirik orolda va Tinch okeani janubi-gʻarbiy qismidagi koʻplab mayda orollar guruhida joylashgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.