From Wikipedia, the free encyclopedia
Xalqaro sambo federatsiyasi (FIAS fransuzcha: Fédération Internationale Amateur de Sambo, Xalqaro havaskorlar sambo federasiyasi) — milliy sambo federasiyalarini birlashtirgan nodavlat notijorat jamoat tashkiloti. SportAccord, TAFISA (Barcha uchun xalqaro sport assosiasiyasi) va WADA (Butunjahon antidoping agentligi) kabi xalqaro tashkilotlarning haqiqiy aʼzosi. Tashkilotning shtab-kvartirasi Lozannada (Shveysariya) joylashgan.
Turi | sambo |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 13.6.1984 |
Prezident | Vasiliy Shestakov |
Federasiya 1984-yilda Fernando Kompte tomonidan tashkil etilgan. U federasiyaning birinchi prezidenti bo‘lgan. 2011-yilda „havaskor“ so‘zi olib tashlangan bo‘lsa-da, ammo qisqartma nomi o‘zgarishsiz saqlashga qaror qilindi.
Samboni rivojlantiruvchi aksariyat mamlakatlarda FIAS tarkibiga kiruvchi milliy federasiyalar mavjud. FIAS egidligi ostida 30 dan ortiq yirik xalqaro sambo musobaqalari muntazam ravishda o‘tkazib kelinadi, ulardan eng muhimi, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatidir. Sambo olimpiya sport turlari bilan bir qatorda SportAccord Butunjahon jang sanʼatlari o‘yinlari va 2013-yilgi yozgi Universiada rasmiy dasturiga kiritilgan.
2018-yilning 30-noyabr kuni Tokioda (Yaponiya) o‘tkazilgan Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida Xalqaro sambo federasiyasi (FIAS) Olimpiya Xartiyasining 25-bandiga muvofiq vaqtinchalik eʼtirofga sazovor bo‘ldi.
2021-yil 20-iyul sanasida Xalqaro sambo federasiyasi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining (XOQ) doimiy eʼtirofiga sazovor bo‘ldi. Bu qaror 2020-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari boshlanishi arafasida Tokiodagi (Yaponiya) XOQ sessiyasida qabul qilindi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.