Lozanna
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Lozanna (fransuzcha: Lausanne [loˈzan], frankoprovansalcha: [lɔˈzəna]) – Shveysariyaning janubi-gʻarbiy qismidagi shahar. Vo kantonining maʼmuriy markazi. Aholisi 114,2 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Jeneva koʻli sohilidagi xalqaro ahamiyatga ega port. Aeroport bor. Aniq mashinasozlik, metallurgiya, poligrafiya, toʻqimachilik, oziq-ovqat, tamaki sanoatlari rivojlangan. Universitet (1537), oliy texnika maktabi, muzeylar bor. Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining qarorgohi. Xalqaro turizm markazi. Lozannada xalqaro kongress va konferensiyalar oʻtkaziladi. Shaharga rimliklar manzilgohi sifatida asos solingan. Oʻrta asrlarda yepiskoplik shahri boʻlgan. Lozannada meʼmoriy yodgorliklaridan Notr-Dam sobori, gotika cherkovi, ratusha va boshqa saqlangan. Hozirgi zamon binolaridan maʼmuriy binolar bor. Kurort shahar.
Lozannaning hududi 41,37 va 41,38[1] km2 ni tashkil etadi. Dengiz sathidan oʻrtacha 495 m balandlikda joylashgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.