From Wikipedia, the free encyclopedia
Lixtenshteyn (Liechtenstein), Lixtenshteyn Knyazligi (Fürstentum Liechtenstein)— Markaziy Yevropadagi davlat (knyazlik). Reyn daryosining oʻng sohilida, Avstriya bilan Shveysariya orasida joylashgan. Maydoni 160 km², aholisi 32,5 ming kishi (2001); koʻpchiligi lixtenshteynliklar (asli avstriyaliklar va shveysariyalik nemislar). Davlat tili — nemis tili. Hukmron dini — katolitsizm. Poytaxti — Vaduts shahri Yirik shaharlari: Shan, Balsers, Trizen. Lixtenshteyn hududi maʼmuriy jihatdan 11 jamoaga boʻlinadi.
Lixtenshteyn Qirolligi Fürstentum Liechtenstein
| |
---|---|
Shior: Y'o`q | |
Madhiya: Oben am jungen Rhein (Baland yosh Reyn ustida) | |
Poytaxt | Vaduts |
Rasmiy til(lar) | Nemischa |
Hukumat | Semi-Konstitutsion Rohiblik |
• Rohib |
Prins Gans-Adam II |
• Hukumat boshlig`i |
Otmar Hasler |
Mustaqillik | |
• Assoslangan |
23-yanvar 1719 |
12-iyul 1806 | |
Maydon | |
• Butun |
160 km2 (218-oʻrin) |
• Suv (%) |
2.7 |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
33,717 (214-oʻrin) |
• Zichlik | 210/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$825 mil. (197-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$24,468 |
Pul birligi | Shveitsar Frank (CHF) |
Vaqt mintaqasi | UTC+1 CET |
UTC+2 (CEST) | |
Qisqartma | LS |
Telefon prefiksi | 423 |
Internet domeni | .li |
|
Lixtenshteyn — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1921-yil 5-oktabrda kuchga kirgan (1938, 1939, 1965 va 1990-yilda oʻzgartirishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — knyaz (1990-yildan knyaz Xans Adam II fon Lixtenshteyn). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni knyaz va bir palatali parlament (landtag), ijroiya hokimiyatni hukumat — bosh vazir, uning oʻrinbosari va 3 aʼzo amalga oshiradi.
Lixtenshteyn hududining koʻp qismini Alp togʻlarining tarmoqlari egallagan. Gʻarbida Reyn vodiysi joylashgan. Iqlimi moʻʼtadil, yillik yogʻin — 700–1200 mm. Hududining 1/4 qismi oʻrmon, asosan, qoraqaragʻay, qora qayin, eman oʻsadi. Togʻlarda subalp va alp oʻtlokdari bor.
Lixtenshteyn hududi rimliklar davrida Retsiya viloyatiga kirgan (miloddan avvalgi 15-yildan). Ilk oʻrta asrda Shvabiya gersogligining bir qismi. Keyinchalik bu yerda Vaduts grafligi (1342) va "Muqaddas Rim imperiyasi" tarkibidagi Shellenburg oʻlkasi tashkil topdi. 1699—1712-yillarda bu oʻlkani Avstriya knyazi Lixtenshteyn sotib oldi. 1719-yil Vaduts bilan Shellenberg birlashib, Lixtenshteyn knyazligi vujudga keldi. 1806-yil Lixtenshteyn Reyn ittifoqi, 1815— 66 yillarda Germaniya ittifoqi tarkibida. 1921-yildan Lixtenshteyn rasmiy jihatdan mustaqil davlat, amalda esa 1923-yilda tuzilgan bojxona ittifoqiga koʻra, Shveysariya ichki iqtisodiy mintaqasi hisoblanadi. Lixtenshteynning chet ellardagi diplomatiya va konsullik manfaatlarini Shveysariya himoya qiladi.
Lixtenshteyn — 1990-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 14-fevral — knyaz tugʻilgan kun (1945).
Taraqqiyparvar byurgerlar partiyasi, 1918-yil tashkil topgan; Vatandoshlar ittifoqi, 1936-yilda tuzilgan; Erkin roʻyxat, ekologiya partiyasi, 1985-yilda asos solingan. Mehnat-kashlar ittifoqi kasaba uyushmasi, 1936-yilda tuzilgan.
Lixtenshteyn — industrial-agrar mamlakat. Mehnatga yaroqli aholining 45,2% sanoatda, 45% xizmat koʻrsatish tarmogʻida band. Metallsozlik, priborsozlik, mashinasozlik (press va shtamplash uskunalari, hisoblash va aniq mashinalar, yuksak vakuumli texnika), kimyo-farmatsevtika, toʻqimachilik, oziqovqat, yogʻochsozlik, kulolchilik korxonalari, chinnidan yasama tosh tayyorlash fabrikasi, elektr stansiyalari bor. Yiliga oʻrtacha 153 mln. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Elektron texnika, mikroprotsessorlar ishlab chiqarish, ay-niqsa, rivojlangan. Sanoat mahsulotining koʻp qismi eksport qilinadi. Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining atigi 2% band. Chorvachilik, ayniqsa, sut-goʻsht yetishtirish (qishloq xoʻjaligi mahsulotining 75%) ustun. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, tokchilikdan yuqori hosil olinadi. Avstriyadan Shveysariyaga boradigan temir yoʻl va avtomobil yoʻllari Lixtenshteyn orqali oʻtadi. Lixtenshteyn — xalqaro moliya markazlaridan biri. Xorijiy sayyohlik rivojlangan. Pul birligi — Shveysariya franki.
6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻqishi majburiy. Oʻqish muddati — boshlangʻich maktabda 5, toʻliq-siz oʻrta maktabda 3, toʻliq oʻrta maktab (gimnaziya)da 5 yil Gimnaziyada oʻqishni davom ettirmaydigan bolalar 8 yillik xalq maktabida oʻqishga majbur. Davlat maktablari bilan birga xususiy maktablar ham bor. Oliy maʼlumot olmoqchi boʻlganlar chet ellarga, asosan, Avstriya, Germaniya va Shveysariyaga borib oʻqiydi. Vaduts shahrida kechki texnikum, musiqa maktabi, Davlat muzeyi bor. "Lixtenshteyner faterland" ("Lixtenshteyn vatani", 1913-yildan) va "Lixtenshteyner folsblat" ("Lixtenshteyn xalq varaqasi", 1878-yildan) gaz.lari nashr etiladi. Press-und informationsamt hukumat matbuot va axborot agentligi (1962) va Lixtenshteyn radiosi (1995) faoliyat koʻrsatadi. Lixtenshteyn hududida bir qancha meʼmoriy yodgorliklar: Vaduts, Balsers va Nendeln atroflarida Rim istehkomlarining qoldiqlari, oʻrta asr qasrlarining vayronalari saqlanib qolgan. Vaduts va Gutenberg qasrlari, Eshendagi cherkov, Trizen va Trizenbergdagi ibodatxonachalar qayta tiklangan.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.