From Wikipedia, the free encyclopedia
Dzyudo (yaponcha:柔道; dzyu – yumshoq, do – yoʻl) – sport yakkakurashi. Dzyudoga Yaponiyada professor Dzigoro Kano (1860—1938) 1882-yilda asos solgan. U yaponlarning jiu-jitsu yakkakurashidan inson salomatligiga ziyon yetkazmaydigan usullarini olib, Dzyudoni jismoniy barkamollikka yetaklaydigan sport turi sifatida shakllantirdi. Dzyudochilar kimano (oq kalta kamzul va cholvor) kiyib, yalang oyoqda tatami (gilam) ustida bellashadilar. Asosan 7 vazn toifasida (erkaklarda 60, 66, 73, 81, 90, 100, 100+, ayollarda 48, 52, 57, 63, 70, 78, 78 + kg) musobaqa uyushtiriladi, kurash erkaklarda 4 min., ayollarda 4 min. davom etadi. Tik turib kurashilganda raqiblar (chalish, siltab tashlash, yelkadan oshirib otish va hokazo) usullar qoʻllab bir-birlarini tatamiga yiqitib baho olishga harakat qiladilar. Yotib kurashilganda qoʻl-oyoqlarni qayirish, ogʻritish va boʻgʻish usullarini qoʻllab, raqibining yelkasini tatamiga 20 sek. davomida bosib turib yengishga (yengilganini tan olishga majbur etishga) ruxsat etiladi. Usullar bajarilishiga qarab, kurashchilarga „vazari“ va „ippon“ baxrlari beriladi („ippon“ – sof gʻalaba, 2 ta „vazari“ – gʻalaba, ino-batga olinadi).
Ushbu sahifani Dzyudoga qayta nomlash taklif etiladi.
Sababi: Rasmiy manbalar va O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasi sayti, ijtimoiy tarmoqlarida ham "Dzudo" emas "Dzyudo" so'zi ishlatilib kelingan hozirgacha. Biror maqolani qayta nomlashga taklif qilishda, iltimos, andozasidan foydalaning. Havolalar: koʻchirish qaydlari • taklif etilgan nomga koʻchirish |
Dzyudo maydoni | |
---|---|
柔道 - „Yengil yoʻl“ | |
Jang sanʼati nomi (JS): | Dzyudo maydoni |
Asoschi: | Dzigoro Kano |
Asos solingan joy: | Yaponiya |
Sport turi guruhi: | Sharq yakka kurashi va Jang san'ati |
Asoslanishi JS: | Dzyudzyusu, Tenzin Sinyo ryu, Kito Ryu |
JA hosil boʻlishi: | Brazilya Jiu-Jitsu, Kavaisi Ryu, Kosen Dzyudo, Sambo |
Taniqli davomchilar: | Sunziro Tomita, Mitsue Mayida, Kyuzo Mifune, Keyko Fukuda, Masaxiko Kimura, Yasixuro Yamasita, Rishod Sobirov, Abdullo Tangriyev, Marat Azimbaev, Ramziddin Saidov |
Dzyudo boʻyicha musobaqalar 1883-yildan oʻtkaziladi. Xalqaro dzyudo federatsiyasi (FIJ) 1956-yilda tuzilgan, unga 150 ga yaqin mamlakat, shu jumladan Oʻzbekistan dzyudo federatsiyasi aʼzo (1991). 1956-yildan jahon chempionati oʻtkazib kelinadi, 1964-yildan olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan.
Oʻzbekistonda dzyudo bilan 20-asrning 80-yillaridan shugʻullaniladi. Dzyudoning ayrim jihatlari oʻzbek kurashiga oʻxshash boʻlgani uchun tez ommalashdi. Dzyudo chilarimiz, ayniqsa, mustaqillik yillarida yuqori natijalarga erishdi, ular nufuzli musobakalarda 30 dan ziyod medal bilan taqdirlanishdi. Jumladan, Armen Bagdasarov olimpiada (1996) va Osiyo oʻyinlarida (1998) – kumush, Farhod Toʻrayev jahon chempionatida (1999) – kumush va „A“ toifasidagi musobaqalarda (1998, 2001) – 2 ta oltin, Egamnazar Akbarov jahon universiadasida (2001) – oltin, „A“ toifasidagi musobaqalarda Kamol Murodov (1998) va Vladimir Shturbabin (1999) – oltin, Suzanna Ahmedova Osiyo chempionatida (1999) – bronza medallarini qoʻlga kiritishgan[1].
Xarakteristikalari | |
---|---|
Kontakt | Ha |
Aralash jins | Ha |
Turkum | Sharq yakkakurashi va jang san'ati |
Anjom | Kimono |
Oʻynaladigan joy | Tatami |
Olimpik oʻyin | Ha 1964-yildan e'tiboran |
Paralimpik oʻyin | Ha |
Mintaqa | Butunjahon |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.