Foydalanuvchi:Jamshid Nurkulov/qumloq/Bosh sahifa/TR test
From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni: 299 766
Tanlangan maqola
Buxoro qamali — 1220-yil mart oyida, yaʼni moʻgʻullar tomonidan Xorazmshohlar davlatinining bosib olishi davrida sodir boʻlgan harbiy bosqin. Bosqinda Moʻgʻullar imperiyasining xoni Chingizxon sulton Muhammad II tomonidan boshqarilayotgan Xorazmshohlar davlati bilan tutashgan chegaraning turli tomonlaridan hujum uyushtirgan. Xorazmshoh yirik shaharlarni yakka tartibda mudofaa qilishni rejalashtirgan boʻlsa, moʻgʻullar chegara shahar — Oʻtrorni qamal qilib, Xorazmshohlar davlatiga qaqshatqich zarbalar berishni maqsad qilgandi. Buxoro shahri Xorazmshohlar davlatining yirik savdo va madaniy markazi boʻlgan. Shahar Moʻgʻullar imperiyasi bilan chegaradan ancha uzoqda joylashganligi sababli xorazmshoh bu shaharni himoya qilish uchun 20 000 dan kamroq askar ajratgan. Soni 30 000 dan 50 000 gacha boʻlgan moʻgʻul qoʻshinlari katta qoʻshin uchun oʻtib boʻlmas toʻsiq deb hisoblangan Qizilqum choʻlini kesib oʻtishga muvaffaq boʻlganlar. Buxoro mudofaachilari butunlay sarosimaga tushgan va muvaffaqiyatsiz jangdan soʻng tashqi shahar uch kun ichida taslim boʻlgan. Xorazmlik hukmdorga sodiq askarlar qal’a buzib tashlangunga qadar ikki haftadan kamroq vaqt davomida mudofaani davom ettirganlar. Moʻgʻul qoʻshini qoʻrgʻondagi barchani oʻldirib, aholining katta qismini qul qilib olgan. Mohir hunarmandlar mehnat mahsuli moʻgʻullar tomonidan oʻzlashtirilgan, boshqalar esa harbiylikka jalb etilgan. Garchi oʻsha paytda Buxoro yongʻinlar oqibatida vayron boʻlgan boʻlsa-da, talafot nisbatan kamroq boʻlgan. Qisqa vaqt ichida shahar yana savdo va madaniy markazga aylanib, Pax Mongolica davrida yanada rivojlangan. (Davomi...) Yaxshi maqola
Daniya operatsiyasi (dancha: , nemischa: ) — Uchinchi reyxning Daniya qirolligiga qarshi harbiy operatsiyasi. U 1940-yil 9-aprelda boshlanib, atigi 6 soat davom etgan. Vermaxtning birinchi zarbasi Daniya aviatsiyasiga qaratilishi natijasida Daniya harbiy-havo kuchlari jiddiy yoʻqotishlarga uchragan va keyingi jangovar harakatlarda ishtirok etmagan. Tonggi soat 5:15 da Vermaxtning 170-piyoda diviziyasi va 11-oʻqchi brigadasi Daniya–Germaniya chegarasini kesib oʻtib, hujum boshlagan. Shuningdek, ayni shu vaqtda nemis qoʻshinlari Kopengagenga kirgan. Daniya harbiy-dengiz floti dushmanga qarshilik koʻrsatmagan. Soat 7:20 da Daniya qiroli Christian X Daniya qurolli kuchlariga qarshilikni toʻxtatishni buyurgan. 7:30 da Norvegiya operatsiyasi uchun strategik jihatdan muhim boʻlgan Olborg aeroporti qoʻlga kiritilgan. Taxminan ertalabki 10:00 da Daniya armiyasining demobilizatsiyasi boshlangan. (Davomi...) Xushsifat maqola
Acquacotta — italyan oshxonasida asosan issiq bulyon asosida tayyorlanadigan nonli shoʻrva. U dastlab dehqonlarning taomi sifatida tayyorlangan. Italyanlar bu ovqatni tayyorlash va isteʼmol qilishni qadim zamonlarda boshlagan. Bu taom ilk bora janubiy Toskana va Latsio shimolidagi Maremma deb nomlanuvchi qirgʻoq hududida tayyorlanganligi aytiladi. Mazkur yegulik turi qotgan va eskirgan nonni isteʼmol qilish uchun bir vosita sifatida oʻylab topilgan. Zamonaviy davrda taom uchun foydalaniladigan masalliqlar turi koʻpayib, baʼzan qoʻshimcha mahsulotlardan ham keng foydalanila boshlangan. Shoʻrvaning „acquacotta con funghi“ va „acquacotta con peperoni“ kabi turlari mavjud. (Davomi...) Tanlangan roʻyxat
Soʻnggi tanlangan roʻyxat Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari roʻyxati Bitta oldingi tanlangan roʻyxat Yaponiyaga qarashli shaharlar roʻyxati |
|
![]() Yangiliklar
![]() Bilasizmi…
Tarixda bugun
![]()
Tavallud topganlar • Vafot etganlar |
MediaWiki Viki dasturlash
Meta-Viki Vikimedia loyihalari koordinatsiyasi
Vikigid Sayohat haqida maʼlumotlar
Vikiiqtibos Iqtiboslar toʻplami
Vikikitob Bepul kitoblar va qoʻllanmalar
Vikilugʻat Lugʻat va tezaurus
Vikimanba Ochiq kutubxona
Vikimaʼlumotlar Bepul bilimlar ombori
Vikiombor Erkin mediafayllar ombori
Vikiturlar Biologik turlar katalogi
Vikiversitet Ochiq oʻqitish asboblari
Vikiyangiliklar Ochiq matnli yangiliklar