Aktrisa From Wikipedia, the free encyclopedia
Malika Qayumova (1-fevral 1954-yil, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR – 13-iyun 2024-yil, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston) – aktrisa[1]. „Oʻzbekiston xalq artisti“ faxriy unvoni sohibasi (2011-yil).
Malika Qayumova | |
---|---|
Tavalludi |
1-fevral 1954-yil |
Vafoti |
13-iyun 2024-yil Toshkent viloyati, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Kasbi | Aktrisa |
Mukofotlari |
Malika Qayumova 1954-yil 1-fevralda Toshkent viloyatida tavallud topgan. 1976-yili Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tamomlagan. Institutni tamomlagach, oʻzbek drama teatrida oʻz faoliyatini boshlagan[2]. 1993-yildan Muqimiy nomidagi musiqali teatrda faoliyat koʻrsatib kelgan. 2011-yili „Oʻzbekiston xalq artisti“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Malika Qayumova 2024-yil 13-iyun kuni 70 yoshida vafot etgan[3][4].
Malika Qayumova oʻzining ijodiy faoliyati davrida teatrda sahnalashtirilgan 30 dan ziyod spektakllarda bosh rollarni hamda xarakterli obrazlarni gavdalantirgan. „Taqdir“da amma, „Devona“da ona, „Alpomish“da Kuntugʻmish, „Fotima va Zuhra“da ona, „Pari qishloq“da ona, „Xonuma“da Tekle, „Oʻlding, aziz boʻlding“da ona, „Toshkentning nozanin malikasi“da Xayri, „Oy onam-qaynonam“da Qumri, „Superqaynona-2“da Hojar, „Qizi borning-nozi bor“da quda singari obrazlarni yaratgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.