Buxoro qamali
From Wikipedia, the free encyclopedia
Buxoro qamali — 1220-yil mart oyida, yaʼni moʻgʻullar tomonidan Xorazmshohlar davlatinining bosib olishi davrida sodir boʻlgan harbiy bosqin. Bosqinda Moʻgʻullar imperiyasining xoni Chingizxon sulton Muhammad II boshqarayotgan Xorazmshohlar davlati bilan tutashgan chegaraning turli tomonlaridan hujum uyushtirgan. Xorazmshoh yirik shaharlarni yakka tartibda mudofaa qilishni rejalashtirgan boʻlsa, moʻgʻullar chegara shahar — Oʻtrorni qamal qilib, Xorazmshohlar davlatiga qaqshatqich zarbalar berishni maqsad qilgan edi.
Buxoro qamali | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Xorazmshohlar imperiyasiga moʻgʻul bosqinining bir qismi | |||||||
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Moʻgʻullar davlati | Xorazmshohlar davlati | ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Gür-Xon | |||||||
Harbiy birliklar | |||||||
|
Shahar garnizoni | ||||||
Kuchlar | |||||||
Zamonaviy qurollangan 30,000dan 50,000gacha askar | Zamonaviy qurollangan 2,000dan 20,000gacha askar |
Buxoro shahri Xorazmshohlar davlatining yirik savdo va madaniy markazi maqomida boʻlgan. Shahar Moʻgʻullar imperiyasi bilan chegaradan ancha uzoqda joylashganligi sababli xorazmshoh bu shahar himoyasi uchun 20 000 ga yaqin askar ajratgan. Soni 30 000 dan 50 000 gacha boʻlgan moʻgʻul askarlari katta qoʻshin uchun oʻtib boʻlmas toʻsiq sanalgan Qizilqum choʻlini kesib oʻtishga muvaffaq boʻlgan. Moʻgʻullarni koʻrgan Buxoro mudofaachilari sarosimaga tushib, muvaffaqiyatsiz kechgan jang va uch kunlik qarshlik koʻrsatishdan soʻngra, oxir-oqibat taslim boʻlgan. Xorazmshohga sodiq askarlar qal’a buzib tashlangunga qadar yana ikki haftaga yaqin vaqt mobaynida mudofaani davom ettirgan.
Moʻgʻul qoʻshini qoʻrgʻonga toʻplangan barchani oʻldirib, aholining katta qismini qul qilib olib ketgan. Hunarmandlarga tegishli mehnat mahsuli moʻgʻullar tomonidan olib qoʻyilib, baʼzilari harbiy harakatlarga jalb etilgan. Garchi oʻsha paytda Buxoro yongʻinlar oqibatida vayron boʻlgan boʻlsa-da, talafot nisbatan kamroq boʻlgan. Qisqa vaqt ichida shahar savdo-iqtisodiy hamda madaniy markazga aylanib, Pax Mongolica davrida yanada rivojlangan.