Matn
From Wikipedia, the free encyclopedia
Matn (lotincha: textus — mato; birikma) — maʼlum moddiy tashuvchiga bog‘langan inson fikri; belgilarning umumiy izchil va to‘liq ketma-ketligi.
„Matn“ tushunchasining ikkita asosiy talqini mavjud: immanent (kengaytirilgan, falsafiy qarashlarga yo‘g‘rilgan) va reprezentativ (asosan, xususiy munosabat aks etgan). Immanent yondashuv matnda voqelikka xolis munosabat bildirib, uning ichki tuzilishini uchinchi shaxs tomonidan yoritishga e‘tibor qaratishni nazarda tutadi. Reprezentativ yondoshuv esa, matnni tashqi voqelik haqidagi maʼlumotni taqdim etishning maxsus shakli sifatida ko‘rib chiqishni anglatadi.
Tilshunoslikda „matn“ atamasi keng doirada, jumladan, og‘zaki nutq namunalarida ham qo‘llaniladi. Matnni idrok etish matn lingvistikasi va psixolingvistika doirasida o‘rganiladi. I. R. Galperin matn xususiyatlari haqida to‘xtalib o‘tar ekan, unga quyidagicha taʼrif beradi: „Matn bu yozma hujjat shaklida ob’ektivlashtirilgan, turli xil leksik, grammatik va mantiqiy bog‘lanishlar bilan birlashtirilgan bir qator bayonotlardan tashkil topgan, axloqiy xarakter, pragmatik munosabat va shunga mos ravishda adabiy qayta ishlangan maʼlum bir xususiyatga ega bo‘lgan yozma xabardir“[1].