Eyjafjallajökull
From Wikipedia, the free encyclopedia
Eyjafjallajökull[1][2][3] (talaffuzi: Eyyafyadllayyokudll, islandcha talaffuzi: ˈeiːjaˌfjatlaˌjœːkʏtl̥) — Islandiyadagi oltinchi eng katta muzlikdir. Islandiya janubida, Reykyavikdan 125 km sharqda joylashgan. Bu muzlik ostida (va qisman qoʻshni Mirdalsjokull muzligi ostida) xuddi shu nomdagi[4] konussimon[5] vulqon bor. Choʻqqining balandligi 1666 m, muzlik maydoni taxminan 100 km². Vulqon krateri 3-4 km diametrni tashkil qiladi (2010-yilgacha muzliklar bilan qoplangan)[6]. Muzlikning janubiy uchida unga eng yaqin boʻlgan Skógar qishlogʻi joylashgan. Muzlikdan Skougau koʻlining (isl. ) mashhur Skogafoss sharsharasi oqadi[7].
Qisqa faktlar Eyjafjallajökull(Guðnasteinn Hámundur), Turi ...
Eyjafjallajökull (Guðnasteinn Hámundur) | |
---|---|
Gígjökull, Eyjafjallajökullning eng katta muzligi vulqon kuli bilan qoplangan | |
Turi | Stratovulqon |
Joylashuvi | 63°37′12″N 19°36′48″W |
Islandiya |
Yopish
Ushbu maqolani tinglang (0 daqiqa)
Bu audiofayl ushbu maqolaning 12-dekabr, 2022-yil(2022-12-12) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.