![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c1/Wikipedia-logo-v2-uz.svg/languz-640px-Wikipedia-logo-v2-uz.svg.png&w=640&q=50)
Oʻzbekcha Vikipediya
Vikipediyaning oʻzbek tilidagi boʻlimi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Oʻzbekcha Vikipediya — Vikipediya ochiq ensiklopediyasining oʻzbek tilidagi boʻlimi. Oʻzbekcha Vikipediya 2003-yil dekabrda oʻz faoliyatini boshlagan. Ayni damda oʻzbekcha Vikipediyaning 300 526 ta maqolasi mavjud.
![]() | |
Web-manzil | uz.wikipedia.org |
---|---|
Interwiki | uz: |
Asosiy boʻlim | oʻzbekcha |
Asos solingan sana | 21-dekabr, 2003 |
Maqolalar soni | 300 526 |
Egasi | Wikimedia Foundation |
Litsenziya | erkin |
Reklama | yoʻq |
Dunyo boʻylab 37 millionga yaqin odam oʻzbek tilida soʻzlashishi hamda Oʻzbekistonda 17 milliondan ortiq Internet foydalanuvchi borligiga qaramasdan,[1] oʻzbekcha Vikipediyada faol tahrirchilar soni oz va mavjud maqolalarning aksarida yetarlicha manba koʻrsatilmagan.[2] Ammo 2012-yilning boshidan faol foydalanuvchilar soni ham, yaxshi yozilgan maqolalar soni ham sezilarli darajada oʻsa boshladi. 2013-yil boshida Vikipediyaning oʻzbek tilidagi versiyasi boshqa tillardagi Vikipediyalar ichida yillik koʻrishlar soni oʻsishi boʻyicha birinchi oʻrinni egalladi[3]. 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan „WikiStipendiya“ loyihasi taʼsirida oʻzbekcha Vikipediyaga umumiy tashriflar hamda loyihadagi maqolalar va tahrirlar soni keskin oshdi.
Oʻzbek tilidagi Vikipediyada maqolalar lotin yozuvida yoziladi. 2012-yil avgust oyida foydalanuvchilar qomus sahifalarini ham kirill, ham lotin yozuvida oʻqiy olishlari uchun oʻzbekcha Vikipediyaga maxsus yozuv konverteri ishga tushgan.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/19/Full_screenshot_of_Uzbek_Wikipedia%27s_main_page.png/640px-Full_screenshot_of_Uzbek_Wikipedia%27s_main_page.png)