![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/uz/thumb/b/bd/UEFA_Euro_2024_Logo.svg.webp/640px-UEFA_Euro_2024_Logo.svg.webp.png&w=640&q=50)
UEFA Yevro 2024
futbol boʻyicha 17-UEFA turniri / From Wikipedia, the free encyclopedia
UEFA, Yevro-2024 chempionati yoki Yevro-2024, 2024-yilgi futbol boʻyicha Yevropa chempionatining 17-turniri. Ushbu turnir UEFA tomonidan unga aʼzo davlatlarning erkaklar terma jamoalari uchun toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladigan futbol chempionati hisoblanadi. Ushbu turnir 2024-yilning 14-iyundan 14-iyuliga qadar Germaniyada oʻtkaziladi[1].
Fußball-Europameisterschaft 2024 (olmoncha) | |
---|---|
![]() United by Football. Vereint im Herzen Europas. (Yevropaning yuragida birlashgan.) | |
Umumiy maʼlumotlar | |
Mezbon davlat | Germaniya |
Sana | 14-iyun–14-iyul |
Jamoalar | 24 |
Bellashuv joylari | 10 (10 ta shaharda) |
Statistika | |
Oʻyinlar soni | 36 |
Gollar soni | 81 (har oʻyinda oʻrtacha 2.25 ta) |
Muxlislar soni | 1 857 969 (har oʻyinda oʻrtacha 51 610 ta) |
Toʻpurar(lar) |
![]() (3 goals) |
← 2020 2028 → |
Bu safar uchinchi marta Yevropa chempionati oʻyinlari Germaniya hududida va ikkinchi marta qayta birlashtirilgan Germaniyada oʻtkaziladi. Bunga sabab sobiq Gʻarbiy Germaniya 1988-yilda turnirga mezbonlik qilgan va koʻp millatli Yevro-2020ning toʻrtta oʻyini Myunxenda oʻtkazilgan. Yevro-2020 COVID-19 pandemiyasi sababli 2021-yilga qoldirilganidan soʻng turnir odatdagi toʻrt yillik tsikliga qaytadi.
Italiya finalda penaltilar seriyasida Angliya ustidan gʻalaba qozonib, 2020-yilgi turnirda gʻalaba qozongan amaldagi chempion[2].