From Wikipedia, the free encyclopedia
Chelsea futbol klubi (talaffuzi: Chelsi; ingl. Chelsea Football Club) – 1905-yilda tuzilgan ingliz futbol klubidir. Chelsea Football Club – Gʻarbiy Londonning Fulham shahrida joylashgan ingliz professional futbol klubi. 1905-yilda asos solingan, ular uy oʻyinlarini „Stamford Bridge“ stadionida oʻtkazishadi[4]. Klub Angliya futbolining oliy divizioni Premier Leagueda ishtirok etadi. Chelsea klubi 1955-yilda oʻzlarining birinchi yirik sovrini Angliya Liga chempionligini qoʻlga kiritishadi. Klub birinchi marta 1970-yilda Angliya kubogini, 1971-yilda birinchi marta Angliya kubogini, 1971-yilda birinchi marta UEFA kubogi egalari kubogini qoʻlga kiritishdi. 2022-yilda boʻlib oʻtgan klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida Chelsea klubi gʻolib boʻladi va ushbu musobaqada gʻolib boʻlgan uchinchi ingliz klubiga aylanadi.
Bu maqola ayni damda Javoxir Yorqulov(suhbat uchun!) tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 10:51, 6-noyabr 2024 (UTC) (3 soniya avval) da tahrir qilingan. |
Toʻliq nomi | Chelsea Football Club | ||
---|---|---|---|
Laqabi | The Blues | ||
Asos solingan | 10-mart, 1905-yil[1] | ||
Stamford Bridge | |||
Sigʻimi | 40,343[2] | ||
Joylashuv koordinatalari | 51°28′54″N 0°11′28″W | ||
Egasi | BlueCo[3] | ||
Raisi | Todd Boehly | ||
Head coach | Enzo Maresca | ||
Vebsayti | Klub sayti | ||
| |||
Chelsea 1999-yilgacha boʻlgan uchta asosiy Yevropa klublari oʻrtasidagi musobaqalarda gʻalaba qozongan beshta klubdan biri va Yevropaning uchta asosiy musobaqalarida ikki marta gʻalaba qozongan yagona klub hisoblanadi. Shuningdek,Chelsea klubi Chempionlar ligasi va klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqqan yagona London klubidir[5]. Mamlakat ichida klub oltita liga chempionligi, sakkizta Angliya kubogi, beshta Angliya Liga kubogi va toʻrtta FA Community Shieldni qoʻlga kiritdi. Xalqaro maydonda UEFA Chempionlar Ligasi, UEFA Yevropa Ligasi, UEFA Kubok egalari kubogi va UEFA Superkubogida ikki marta, FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida esa bir marta gʻalaba qozongan. Qoʻlga kiritilgan sovrinlar soni boʻyicha Chelsea Angliya futbolidagi eng sovrindor toʻrtinchi klub hisoblanadi.
Klub hamshaharlari „Arsenal“ va „Tottenham Hotspur“ hamda West Yorkshirening „Leeds United“ klublari bilan tarixiy raqobatga ega. Chelsea klubi qiymati boʻyicha dunyodagi sakkizinchi eng qimmat futbol klubidir. 2022-yil holatiga koʻra qiymati 3,10 milliard dollarni tashkil etadi va dunyodagi eng koʻp daromad oladigan sakkizinchi futbol klubidir[6][7].
Asosiy maqola: Chelsea tarixi (1905–1952)
1904-yilda Gus Mears Fulhamdagi Stamford Bridge atletika stadionini futbol maydonchasiga aylantirish maqsadida sotib oldi. U stadionni Fulham klubiga ijaraga berish taklifi rad etadi va uning oʻrniga oʻz klubini tashkil etishni afzal koʻradi. Shaharda allaqachon Fulham nomli jamoa boʻlganligi sababli, yangi klub nomi Chelsea shahriga qoʻshni tuman Kensington FC, Stamford Bridge FC va London FC kabi nomlar koʻrib chiqildi[8]. „Chelsea“ FC 1905-yil 10-martda The Rising Sun pubda (hozirgi The Butcher’s Hook)[9][10] tashkil etilgan va koʻp oʻtmay Angliya futbol ligasidan roʻyxatdan oʻtgan.
„Chelsea“ oʻzining ikkinchi mavsumida Angliya birinchi divizionga koʻtarildi. Klub 1915-yilda Angliya Kubogi finaliga qadar etib borishdi va „Old Trafford“da boʻlib oʻtgan finalda "Sheffild United" ga magʻlub boʻlishadi. 1920-yilda Angliya birinchi divizionida uchinchi oʻrinni egallashdi. Bu klubning shu paytgacha erishgan eng natijasi edi[11]. „Chelsea“ yulduz oʻyinchilarni klubga olib kelish boʻyicha katta tajribaga ega edi[12] va bu orqali klub muhlislarni stadionga jalb etardi. Klub 1907-1908[13], 1909-1910[14], 1911-1912[15], 1912-1913[16], 1913-1914[17] va 1919-1920-yilgi[18][19] mavsumlarda stadionga tashrif buyurgan muhlislar koʻrsatkichi boʻyicha eng yuqori natija qayd etishdi[20]. Chelsea klubi 1920 va 1932-yillarda Angliya Kubogining yarim finaliga chiqishdi. 1930-yillar davomida Birinchi divizionda qolishdi, ammo urushlararo yillarda klub muvaffaqiyatga erisha olmadi.
1960-yillarda „Chelsea“ tarkibida murabbiy Tommi Doherti rahbarligida yosh isteʼdodli futbolchilar paydo boʻldi. Oʻn yil davomida ular turli unvonlarga daʼvo qilishdi, ammo finalda magʻlubiyatga uchradilar. Ular 1964/65-yilgi mavsumda futbol ligasi Kubogi va boshqa mukofotlarni qoʻlga kiritishdan bir qadam narida edilar, ammo muvaffaqiyatsiz boʻlishdi. Ketma-ket uch mavsumda ular uchta muhim yarim final uchrashuvlarida magʻlubiyatga uchradilar va kubok bahslaridan chiqib ketishdi. 1970-yilda" Chelsea „finalda“Lids Yunayted" ni magʻlub etib, Angliya Kubogini qoʻlga kiritdi. Keyingi yili jamoa oʻzining birinchi Yevropa kubogini, UEFA kuboklari egalari Kubogini qoʻlga kiritdi, bu safar Afinada "Real Madrid" ni magʻlub etdi[21].
1970-yillarning oxiri va 1980 – yillarning boshlarida „Chelsi“uchun juda notinch davr boʻlgan. Stamford Bridge ni rekonstruksiya qilishning ulkan rejalari klubning moliyaviy barqarorligini xavf ostiga qoʻydi, rahbariyat stadionni 60 000 tomoshabin sigʻishi uchun qayta qurishga qaror qildi. Yangi Sharqiy tribuna – „East Stand“ bilan koʻplab muammolar yuzaga keldi va uning qurilishi bir yildan soʻng tugadi[22]. Ishlarning qiymati dastlab taxmin qilinganidan yuqori boʻlib, byudjet 1,3 million funtga oshdi. Qarzlar klubning yangi xavfli raqibiga aylandi. Yulduzli oʻyinchilar sotildi yoki ijaraga berildi va jamoa ikkinchi divizionga koʻtarildi. Keyingi muammolar oʻn yil davomida muammo boʻlib kelgan muxlislar orasida taniqli bezorilik elementlari bilan bogʻliq edi. 1982-yilda klubning mavqei juda muhim boʻlib qoldi, chunki futbolchilar maoshsiz qolishdi va bank klubning cheklarini naqd qilishdan bosh tortdi. Klubga ilgari shimolda kichik klublar bilan ishlagan biznesmen Ken Bates taklif qilindi. Bates klubni bir funt sterlingga sotib oldi. Klub bankrot boʻlganida, egalari qarzlarni toʻlash uchun „Stamford Bridge“ ni qurilish kompaniyasiga sotishga qaror qilishdi. Bu qaror jamoaning stadionini yoʻqotishiga olib keldi va Fulxem va Kvins Park Reynjers bilan birga mashq qilishga majbur boʻldi va stadion oʻrnida doʻkonlar yoki turar-joy binolari paydo boʻlishi kerak edi.
Chelsea klubiga 1952-yilda „Arsenal“ va Angliya terma jamoasining sobiq markaziy hujumchisi Ted Drake bosh murabbiy etib tayinlangan va u klubni modernizatsiya qilishni boshlagan. Ted Drake klubning nafaqaxoʻr oʻyinchilarini birin ketin jamoadan olib tashladi, tarkibni yoshlar bilan toʻldirdi va mashgʻulotlar rejimini yaxshiladi, quyi divizionlar va havaskorlar ligalarida aqlli oʻyinlari bilan oʻzini koʻrsatgan futbolchilar bilan jamoani qayta tikladi va 1954-1955-yilgi mavsumda „Chelsea“ bilan birinchi yirik sovrin – Liga chempionligiga qoʻlga kiritdi. Keyingi mavsumda UEFA Yevropa chempionlar kubogi musobaqasida qatnashish imkoniyatiga ega boʻlishdi, ammo Futbol Ligasining eʼtirozlaridan soʻng, Chelsea musobaqa boshlanishidan oldin musobaqani tark etdi[23][24]. „Chelsea“ yaxshi imkoniyatni qoʻldan boy berdi va 1950-yillarning qolgan qismini turnirning oʻrta jadvalda oʻtkazdi. Drake 1961-yilda ishdan boʻshatildi va uning oʻrniga futbolchi-murabbiy Tommy Docherty keldi.
2022-yil 12-fevral kuni BAAning Abu Dabi shahrida boʻlib oʻtgan Futbol boʻyicha Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatining final bahsida „Chelsi“ Braziliyaning „Palmeyras“ futbol klubi bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning birinchi taymida darvozalarga toʻp urilmadi va jamoalar tanaffusga 0:0 hisobida yoʻl oldi. Ikkinchi taymning 55-daqiqasida Romelu Lukaku chap qanotdan oshirilgan toʻpni boshi bilan darvozaga joylab, hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa oʻtib, London klubi darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Penaltini Rafael Veyga aniq amalga oshirdi – 1:1. Ushbu hisob uchrashuvning asosiy vaqti yakunlanguniga qadar saqlanib qoldi.
Shundan soʻng jamoalar qoʻshimcha boʻlimlarga murojaat qildi. 117-daqiqada „Chelsi“ penalti tepish imkoniyatiga ega boʻldi va uni Kay Haverts muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
Shu tariqa Yevropa Chempionlar Ligasi gʻolibi „Chelsi“ Janubiy Amerikasida tengsiz boʻlgan „Palmeyras“ni yengib, klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati gʻolibiga aylandi.[25]
Muddat | Forma ishlab chiqaruvchisi | Libos homiysi (old tomoni) | Libos homiysi (yeng qismida) |
---|---|---|---|
1975–1981 | Umbro | — | — |
1981–1983 | Le Coq Sportif | ||
1983–1984 | Gulf Air | ||
1984–1986 | — | ||
1986–1987 | — | Bai Lin Tea / Simod | |
1987–1993 | Umbro | Commodore | |
1993–1994 | Amiga | ||
1994–1997 | Coors | ||
1997–2001 | Autoglass | ||
2001–2005 | Emirates | ||
2005–2006 | Samsung | ||
2006–2015 | Adidas | ||
2015–2017 | Yokohama Tyres | ||
2017–2018 | Nike | Alliance Tire Company | |
2018–2020 | Hyundai | ||
2020–2022 | Three | ||
2022–2023 | WhaleFin | ||
2023–2024 | Infinite Athlete | BingX | |
2024– | Fever |
|
|
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.