From Wikipedia, the free encyclopedia
Nike, Inc. (talaffuzi: nayki) - sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Amerika xalqaro kompaniyasi. Bosh ofisi Beaverton shahri, Oregon shtatida joylashgan.
Turi | korxona va ommaviy kompaniya |
---|---|
Xizmatlari | Ommabop kompaniya |
Qachon asos solingan | 1972 |
Joylashuvi | Beaverton, Oregon, AQSH |
Asoschi(lari) | Phil Knight va Bill Bowerman |
Rahbariyat |
Phillip Knight, Co-Founder and Chairman Bill Bowerman, Co-Founder (deceased December 24, 1999) Mark Parker, CEO and president |
Daromadi | US$16.326 miliard (2007)[1] |
Aylanma daromadi | 46 710 000 000[2] |
Operatsion foydasi | 6 651 000 000[3] |
Sof foydasi | 6 046 000 000[3] |
Ishchilar soni | 26.7 ming kishi (2006) |
Vebsayti | http://www.nike.com |
Kompaniya 1972-yil Oregon Universiteti qisqa masofaga chopish boʻyicha komanda tarkibiga kiruvchi talaba Phil Knight va uning murabbiyi Bill Bowerman tomonidan asos solingan. Kompaniya shiori etib “Just Do It” (shunchaki epla) iborasini tanlashdi. Kompaniya nomi yunon xudosi Nika ismidan olingan.
Direktorlar kengashi raisi – Phil Knight. Prezident – Mark Parker.
Nike – dunyoda sport mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha eng yirik kompaniyalardan biri. Kompaniya mahsulotlari quyidagi savdo belgilar ostida ishlab chiqariladi: Nike, Air Jordan, Total 90, Nike Golf, Team Starter va boshqalar. Shuningdek Nike Bauer, Cole Haan, Converse va Hurley International brendlari ostida mahsulot ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni ham boshqaradi.
Umumiy ishchilar soni – 26,7 ming kishi (2006-yil). 2005-yil kompaniya aylanma mablagʻi Hoovers maʼlumotlariga koʻra – $14,9 milliardni, sof foydasi esa – $1,3 milliardni tashkil etgan.
Dunyoga mashhur Nike “jimjimasi” Portlend Universiteti talaba-dizayner Kerolin Devidson tomonidan 1971-yilda yaratilgan. U bu ishi uchun $35 gonorar olgan. Ushbu emblema dunyoda eng mashhur brendlardan biriga aylandi. 1983-yil Nike direktorlar kengashi raisi Fil Neyt Devidsonga minnaddorchilik tariqasida ushbu jimjimador oltin uzuk va kompaniya aksiyasi bir qismini topshirdi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.