From Wikipedia, the free encyclopedia
Malo Artur Gusto (2003-yil 19-mayda tugʻilgan) – Fransiyalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining Chelsea klubi va Fransiya terma jamoasining oʻng himoyachisi[1].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Malo Arthur Gusto | ||
Tavallud sanasi | 19-may 2003-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Décines-Charpieu, Fransiya | ||
Boʻyi | 1.78 m[2] | ||
Ampluasi | O`ng qanot himoyachisi[2] | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Chelsea | ||
Raqami | 27 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2012–2015 | AS Villefontaine | ||
2015–2016 | Bourgoin-Jallieu | ||
2016–2021 | Lyon | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2020–2021 | Lyon II | 8 | (1) |
2021–2023 | Lyon | 53 | (0) |
2023– | Chelsea | 27 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2018 | Fransiya U-16 | 2 | (0) |
2019 | Fransiya U-17 | 1 | (0) |
2021 | Fransiya U-19 | 3 | (0) |
2021– | Fransiya U-21 | 9 | (1) |
2023– | Fransiya | 1 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2024-yil 19-may uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2023-yil 6-noyabr uchun) |
Malo Arthur Gusto[3] 2003-yil 19-may[4] kuni Lion shahrining Décines-Charpieu kommunasida tugʻilgan[5]. Isere shahridagi Vilfontaine kommunsida ulgʻaygan futbolchining otasi dastlab oʻgʻlini regbi sporti mashgʻulotlariga beradi. Ammo yosh Gustoning oʻzi tez orada futbolni tanladi va professional futbolchi boʻlish orzusi amalga oshdi[6][7].
Malo Gusto dastlab ASVF akademiyasida oʻynashni boshlaydi[8] va biroz vaqt oʻtgach Bourgoin-Jallieu bilan bir yillik shartnoma imzoladi[9]. Keyinchalik esa 14 yoshida Olympique Lyon jamoasining akademiyasida faoliyatini davom ettiradi[10][11][12][13][14].
U 2020-yilda Florent da Silva, Yaya Soumare va Rayan Cherki kabi oʻz tengdoshlari qatorida fransuz klubi bilan ilk professinal shartnomasini imzoladi[15][16]. Oʻsha vaqtlarda u Rudi Garcia boshchilgidagi jamoaning Liga 1 oʻyinlari qaydnomasiga kirtildi, ammo unga asosiy oʻyin amaliyoti UEFA Yoshlar ligasi va National 2 turnirlarida berilgan[15][17].
Malo Gusto 2021-yilning 24-yanvarida Olympique Lyonnais safida professional debyutini oʻtkazdi. Liga 1 doirasida kechgan Derbi du Rhone deb nomlangan Saint-Étienne klubiga qarshi kechgan derbining 90-daqiqasida Bruno Guimarãesning oʻrniga maydonga tushirildi[18][19]. Mavsum oxirida Liga 1 da yana bir oʻyinda qisqa vaqt davomida toʻp surgan yosh himoyachi iyun oyida Lyon bilan yangi 2024-yilgacha moʻljallangan shartnoma imzoladi[20][21].
Gusto 7-avgust kuni Brest klubiga qarshi kechgan mavsumning ochilish oʻyinida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushirildi[22][23]. Bu orqali u Samuel Umtitidan keyin Lyon safida Liga 1 oʻyinida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi[24][25].
Oʻng qanot himoyasida ancha tajribali futbolchi Dubois boʻlshiga qaramsdan murabbiy Bosz uni bir necha muhim oʻyinlarda ham maydonga tushirdi. Bular qatoriga UEFA Yevropa Ligasida Rangersjamoasiga qarshi 2-0 hisobida gʻalaba qozonilgan bahs va Liga 1 dagi Paris Saint-Germainga 2-1 hisobida uchralgan magʻlubiyatlarni ham kiritishimiz mumkin[22][26][27][28].
2023-yil 29-yanvar kuni Malo Gusto Premyer-liganing Chelsea klubi bilan 2030-yilgacha shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[29]. Transfer qiymati 30 million yevro va qoʻshimcha 5 million yevrolik bonuslarni tashkil qiladi[30]. Soʻngra 2022-2023-yilgi mavsum yakuniga qadar Lyon klubiga ijara asosida qaytarildi[29]. Shu yilning 13-avgustida u Premyer-liga doirasidagi Liverpoolga qarshi bahsda futbolchi londonliklar safidagi debyutini oʻtkazdi[31]. 24-sentyabr kuni Aston Villa jamoasiga qarshi bahsdaJarred Gilletga nisbatan ishlatgan qoʻpolligi uchu VAR tekshiruvidan keyin karyerasidagi dastlabki qizil kartochkaga loyiq koʻrildi[32].
Fransiyada tugʻilgan Gustoning otasining kelib chiqishi portugal[33], onasi esa mavritaniyalik boʻlgan[34]. U Fransiyaning turli yosh toifasidagi jamoalar safida turli ampulalarda: Fransiya U-16 terma jamoasida yarim himoyachi, keyinchalik Fransiya U-17 va U-18 jamoalarida markaziy himoyachi sifatida oʻynagan. Biroq COVID-19 pandemiyasi tufayli 2020-2021-yillarda moʻljallangan koʻplab xalqaro turnirlar bekor qilinganligi sababli Gusto ham yoshlar jamoalarida deyarli oʻyin amaliyotiga ega boʻlmagan[14][35][36].
2023-yilning 9-oktyabrida Gusto jarohatlangan Jules Koundé oʻrniga Gollandiya va Shotlandiya terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarda terma jamoadagi ilk chaqiruvini olgan[37][38]. 2023-yil 13-oktabr kuni u Yevropa chempionati saralash bosqichi doirasida Gollandiyaga qarshi oʻyinda terma jamoa safidagi debyutini oʻtkazdi, futbochi 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi. Yakunda Fransiya 2:1 hisobida gʻalaba qozongan holda UEFA Yevro 2024 turniriga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi[39].
Klub | Mavsum |
|
Umumiy | |||
---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Lyon II | 2020–21 | Championnat National 2 | 7 | 0 | 7 | 0 |
2021–22 | Championnat National 2 | 1 | 1 | 1 | 1 | |
Umumiy | 8 | 1 | 8 | 1 | ||
Lyon | 2020–21 | Liga 1 | 2 | 0 | 2 | 0 |
2021–22 | Liga 1 | 30 | 0 | 37 | 0 | |
2022–23 | Liga 1 | 21 | 0 | 22 | 0 | |
Umumiy | 53 | 0 | 61 | 0 | ||
Chelsea | 2023–24 | Premyer Liga | 27 | 0 | 37 | 0 |
Umumiy | 88 | 1 | 106 | 1 |
Chelsea
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.