COVID-19 koronavirus infeksiyasi kasalligi pandemiyasi From Wikipedia, the free encyclopedia
COVID-19 pandemiyasi – SARS-CoV-2, yaʼni ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi keltirib chiqaradigan COVID-19 koronavirus infeksiyasi kasalligi pandemiyasi.[2] Ilk marotaba 2019-yilning dekabrida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan kasallik 2020-yilning 11-martida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya deb belgilandi.[3] Koronavirus kelib chiqishini tekshirayotgan mutaxassislari xastalikning laboratoriyadan chiqqani haqidagi taxminni rad etdi. Tadqiqot jarayoni uchun asos boʻlib xizmat qilgan maʼlumotlar esa xitoylik hamda xorijlik olimlarning birgalikdagi izlanishlari natijasida toʻplangan. Yakuniy xulosalar eʼlon qilinishining kechikishiga esa ekspertlar oʻrtasidagi taxminiy kelishmovchiliklar sabab emasligi qayd etilgan[4]. 9-may 2022-yilga qadar virusni 192 dan oshiq mamlakat va hududda yashovchi 517 milliondan oshiq odam yuqtirdi; 6 250 000 dan oshiq odam kasallik tufayli halok boʻldi, 472 milliondan oshiq odam esa tuzaldi.[5] Xitoy, Yevropa, Eron, Janubiy Koreya va AQShda pandemiya oʻchoqlari yuzaga keldi.[5]
COVID-19 pandemiyasi | |
---|---|
har 1 000 kishiga >1 holat
har 10 000 kishiga 1–10 holat
har 100 000 kishiga 1–10 holat
har 1 million kishiga 1–10 holat
har 10 million kishiga 1–10 holat
har 100 million kishiga 1–10 holat | |
Map of total confirmed cases as of Q95963597
Andoza:Collapsed infobox section end Andoza:Collapsed infobox section begin | |
Kasallik | COVID-19 koronavirus infeksiyasi (COVID-19) |
Virus shtammlari | Ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi 2 (SARS-CoV-2) |
Joylashuv | Jahon miqyosida (hududlar roʻyxati) |
Birinchi holati |
Uxan, Xubey, Xitoy 30°37′11″N 114°15′28″E |
Sana | 1-dekabr 2019 – 5-may 2023 |
Tasdiqlangan holatlar | 517 371 131[1] |
Faol holatlar | 38 958 629[1] |
Tuzalish | 472 161 018[1] |
Oʻlimlar |
6 251 484[1] |
Territoriya |
192[1] |
Virus grippga oʻxshash tarzda yoʻtalganda hamda aksa berganda chiqariladigan tomchilar orqali shaxsdan-shaxsga yuqadigan kasallikning bir turi hisoblanadi.[6][7][8] Virus bemorda kasallik alomatlari yuzaga kelganda eng yuqumli boʻlsa-da, kasallik belgilari paydo boʻlishidan oldin ham boshqalarga yuqishi mumkin.[9] Kasallik alomatlari odatda besh kunda paydo boʻladi, ammo bu davr 2 kundan 14 kungacha davom etishi mumkin.[8][10] Kasallikning asosiy alomatlari isitma, yoʻtal va nafas qisishidir.[8][10] Kasallik bemorda pnevmoniya hamda oʻtkir nafas olish distress-sindromi keltirib chiqarishi mumkin. Ayni damda COVID-19 ga qarshi vaksina yoki preparat yoʻq. Kasallikni boshqarish simptomlarni davolash hamda yordam terapiyasidan iborat. Kasallik tarqalishi oldini olish uchun qoʻllarni yuvish, yoʻtalganda ogʻizni toʻsish, boshqalardan (ayniqsa, oʻzini yaxshi his qilmayotganlardan) uzoqroq masofada boʻlish tavsiya qilinadi. Virusni yuqtirganini taxmin qilayotgan shaxslarga 14 kun davomida oʻzlarini izolyatsiya qilish tavsiya qilinadi.[7][8][11]
Kasallik tarqalishi oldini olish maqsadida sayohat qilishni cheklash, karantin, komendantlik soati, tadbirlarni keyinga qoldirish va bekor qilish hamda muassasalarni yopish kabi chora tadbirlar koʻrildi. Xususan, virus tarqala boshlagan Xubey provinsiyasi karantinga olindi, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Chexiya va Germaniyada mamlakat boʻylab karantin joriy qilindi,[12][13] Xitoy va Janubiy Koreyada komendantlik soati joriy qilindi,[14][15][16] turli mamlakatlarda chegaralar yoppasiga yopildi yoki sayyohlarga qarshi cheklovlar joriy qilindi,[17][18] aeroport va poyezd stansiyalarida nazorat choralari yoʻlga qoʻyildi,[19] virus keng tarqalayotgan hududlarda sayohat qilishga qarshi tavsiyalar eʼlon qilindi.[20][21][22] Kamida 115 davlatda universitet va maktablar yoppasiga yoki ayrim hududlarda yopildi, bu choralar 950 milliondan oshiq talaba faoliyatiga taʼsir koʻrsatdi.[23] Oʻzbekistonda virusni yuqtirish holati ilk marotaba 15-mart kuni qayd etildi.
Pandemiya global miqyosda qator ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni keltirib chiqardi,[24] sport va madaniy tadbirlar keyinga qoldirilishi yoki bekor qilinishiga sababchi boʻldi,[25] dori-darmon, elektronika mollari hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi yuzaga kelishi haqida xavotirlarga sabab boʻldi.[26][27] Shuningdek, Internetda virus va pandemiya haqida notoʻgʻri maʼlumotlar hamda fitna nazariyalari urchidi,[28][29] turli mamlakatlarda ksenofobiya va irqchilik holatlari kuzatildi, vahimaga tushgan xaridorlar tualet qogʻozi kabi mollarni koʻp miqdorda sotib olishi kuzatildi.[30] 2021-yil iyul oyida JSST raisi Tedros Adhanom Ghebreyesus vaksinatsiyalar oqibatida koronavirusning vaksinalarga chidamli shtammi paydo boʻlishi mumkinligini aytdi[31].
2021-yil aperl oyida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanom dunyo rahbarlarini zudlik bilan emlashni boshlamagan mamlakatlarga 10 million doza koronavirus vaksinasini ajratishga chaqirdi.
"Koronavirusga qarshi vaksinaga ega boʻlgan mamlakatlarga ushbu preparatga ehtiyoji bor davlatlar uchun 10 million doza vaksina ajratishini soʻrab murojaat qilganman. Ammo davlat rahbarlaridan hamon javob kutyapman", – deya taʼkidlagan Tedros Adhanom.[32]
Koronavirusga qarshi emlash boshlanganidan beri 2021-yil iyul oyi holatiga koʻra dunyo boʻyicha 3 milliard 436 million doza vaksina ishlatilgan[33].
Pandemiya JSST maʼlumotiga koʻra 2023-yil 5-may kuni bekor qilindi[34]. COVID-19 pandemiyasi roppa-rosa 3 yil, 1 oy, 24 kun davom etdi. Mana shu vaqt oraligʻida koronavirus sabab dunyo boʻyicha 7 millionga yaqin inson halok boʻldi, 765 milliondan ortiq kasallanish holatlari aniqlandi[35]. Bundan avval aprel oyi boshlarida Germaniyada COVID-19 pandemiyasi butunlay tugaganini maʼlum qilgan, hamda, 7-apreldan niqob taqishga oid barcha cheklovlar olib tashlangan[36].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.