From Wikipedia, the free encyclopedia
Devid Washington de Souza Eugênio (2005-yil 5-iyun) – Braziliyalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining Chelsea klubi hujumchisi[2].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Deivid Washington de Souza Eugênio | ||
Tavallud sanasi | 5-iyun 2005-yil | ||
Tavallud joyi | Itumbiara, Braziliya | ||
Boʻyi | 1.87 m[1] | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Chelsea | ||
Raqami | 36 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2013–2016 | Grêmio | ||
2016–2023 | Santos | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2023 | Santos | 9 | (2) |
2023– | Chelsea | 2 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2024-yil 15-aprel uchun) |
Braziliyaning Goyas shtatining Itumbiara munitsipalitetida tugʻilgan futbolchi[3] dastlab sakkiz yoshida Grêmio klubining akademiyasiga borib qoʻshiladi va u yerda uch yil davomida toʻp suradi. Soʻngra Braziliyaning boshqa bir klubi Santosda faoliyatini davom ettiradi[4][5][6][7][8][9][10].
16 yoshida Deivid klub bilan dastlabki professional shartnomasini imzoladi. Shartnomaga koʻra uning tovon puli 100 million dollari etib belgilandi[11][12][13][14]. 2022-yilda futbolchi Campeonato Paulista U-17 da 16 ta gol urgan holda turnir toʻpurariga aylandi. Undan tashqari Campeonato Brasileiroda oltita gol muallifiga aylangan[15].
2023-yilgi mavsumdan boshlab Deivid Odair Hellmann boshchiligidagi Santos klubining asosiy jamoasi bilan mashgʻulotlarga qoʻshildi[16]. Washington professional futboldagi debyutini 2023-yilning 11-aprelida Copa do Brasil turniri doirasidagi Borafoga-SP jamoasiga qarshi oʻyinda Marcos Leonardo oʻringa zaxiradan maydonga tushgan holda oʻtkazgan[17][18].
2023-yil 17-aprel kuni Deivid Santos bilan shartnomasini 2026-yil aprelga qadar uzaytirdi[19]. U 10-may kuni Bahia klubiga qarshi kechgan oʻyinda katta futboldagi debyut golini kiritadi[20].
2023-yil 24-avgust kuni Santos klubi Deividning Premyer liganing Chelsea jamoasiga oʻtishini rasman tasdiqladi[21]. Shartnoma yetti yil muddatga imzolangan boʻlib, qoʻshimcha yana bir yilga uzaytirish haqida bandi ham mavjud edi[22].
Klub | Mavsum | Liga | Umumiy | |||
---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Santos | 2023 | Serie A | 9 | 2 | 16 | 2 |
Chelsisi | 2023–24 | Premyer Liga | 2 | 0 | 3 | 0 |
Umumiy | 11 | 2 | 19 | 2 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.